Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon"



Download 11,47 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi11,47 Kb.
#776165
Bog'liq
31-mavzu Navo-WPS Office


31-mavzu Navoiyning "Mezon ul avzon" asari
Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492-1493-yillarda yaratilgan29. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari bilan tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta’kidlaydi, xususan “g 'a ra z bu maqolotdin va maqsud bu muqaddim otdin bu erdikim , chun turk alfozi bilakimnazrn voq i’ bo'lubdur, anga zobitaye va qonune yo ‘q erkondur...”deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi.“Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat. Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning 18 ming baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav Dehlaviy she’rlarining ко‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni aniqlashda hatto ba’zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn Boy-qaroning topshirig‘i bilan aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir she’ri ustiga shu she’rning vaznini yozib chiqadilar. Shundan so‘ng devon tuzishda har bir she’rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu yo‘sinda tartib beriladi.
Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn” , Shams Qays Roziyning “Al-Mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” , Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib, ularda mavjud bo‘lmagan ba’zi qoida, doira va vaznlarni o‘z asarida keltirib o‘tishini aytadi. Ya’ni: “ ...necha qoida-u doira va vaznk im , hech aruzda , m isli fan vozii X a l i l ibni A hm a d va ilm ustod i Sham s Qa ys kutubida va X o ja N a s ir Tu s iyn in g “M e ’yo r u-l-a sh ’o r "id a , balki H a z ra t i M a x d u m iy na vva ra marqadahu nu ran “A r u z ” larida yo 'q erd ikim , bu fa q ir bu fan usu lid in istix ro j qilib erdikim ,bu kitobg ‘a izofa q ild im ” .
So‘ngra Navoiy aruzning “sharif” fan ekanligiga to‘xtalar ekan, Qur’oni karimdagi ba’zi oyatlar va payg‘ambarimiz hadislaridagi ayrim jumlalarning aruz vaznlari bilan mos kelishi, Amir ul-mo‘minin Hazrat Ali devonidagi she’rlar ko‘plab mashoyix va avliyolarning nazmlari, masnaviylari aruz vaznida ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Aruzning sharif fan ekanligini shu tariqa asoslagach, ushbu fanning kashfiyotchisi Xalil ibn Ahmad va “aruz” istilohi haqida ma’lumot beradi. Navoiyning yozishicha, Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida “Aruz” degan vodiy bo‘lgan va bu vodiyda arablar chodirdan uylar tikib, ularni bezatib sotgan ekanlar. Uyni “bayt” deb atashar ekan. Baytning mavzun-nomavzun (vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o‘lchoviga solib ko‘rishganidek, bezatilgan uylar ham bahoga solib, o‘lchab ko‘rilar ekan. Shu tariqa mazkur ilm ushbu vodiy nomi bilan “A ru z” deb atala boshlangan.Shundan so‘ng aruzning nazariy qoidalari bayoniga o‘tiladi. Dastlab aruzdagi eng kichik birlik - juzvlar haqida ma’lumot berilar ekan, asarda ular “rukn” istilohi ostida keltiriladi. Juzvlar soni 6 ta bo‘lib, ular quyidagilardir: sababi xa fif va sababi saqil (yengil va og‘ir sabab), vatadi m a jm u ’ va vatadi mafruq(birikkan va ajralgan vatad) hamda fosilai sug 'ro va fosilai kubroAsarda ushbu juzvlarning barchasi ishtirok etgan quyidagi misra keltiriladi:
U l ko‘zi qaro dard-u g ‘am idin chidamadim .
Juzvlardan so‘ng asl ruknlar ta’rifi keladi, ular “asllar” yoki “usul” nomi bilan beriladi. Navoiy ularning soni sakkizta ekanligini aytib, juzvlardan hosil bo‘lish tarkibini quyidagicha keltiradi:
1) Fauvlun - bir vatadi majmu’ va bir sababi xafifdan iborat bo‘ladi;
2) Foilun - bir sababi xafif va bir vatadi majmu’dan tarkib topadi;
3) Mafoiylun - bir vatadi majmu’ va ikki sababi xafifdan tashkil topadi;
4) Mustaf’ilun - ikki sababi xafif va bir vatadi majmu’dan tashkil topadi;
5) Foilotun - bir sababi xafif, bir vatadi majmu’ va yana bir sababi xafifdan iborat bo'ladi;
6) Mafoilatun - bir vatadi majmu’ va fosilai sug‘rodan tashkil topadi;
7) Mutafoilun - bir fosilai sug'ro hamda bir vatadi majmu’dan iboratdir;
8) M af’ulotu - ikki sababi xafif va bir vatadi mafruqdan tarkib topadi.
Navoiy ushbu asl ruknlardan beshtasi fors-tojik va turkiy she’riyatda qo'llanilishini ta’kidlaydi va zihofot (asl ruknlarni turlicha o'zgartirish) va furu’ (tarmoq ruknlar)ga bag'ishlangan faslda shu besh aslni tahlil qiladi.Asllar ta’rifidan keyin ulardan hosil bo‘luvchi zihof va furu’ (tarmoq ruknlar)ga to‘xtalib o'tiladi. Bunda Alisher Navoiy mafoiylun aslidan 11 zihof va 11 furu’ , foilotun aslidan 10 zihof va 15 furu’, m u sta f’ilun aslidan 9 zihof va 14 furu’, m a f’ulotu aslidan 9 zihof va 14 furu’, fau vlun aslidan 6 zihof va 6 furu’ - jami 45 zihof va 60 furu’ni keltiradi. Keyinroq doiralar - tuzilish jihatidan o'xshash bo‘lgan bahrlar guruhi ta’rifiga o'tilib, jami 7 ta doir a keltirilgan. Ulardan to‘rttasi Navoiygacha yaratilgan fors-tojik risolalarida mavjud edi: “Doirai m o ‘ta lifa " (ramal, hazaj va rajaz bahrlaridan tuzilgan), “Doirai muxta lifa ” (muqtazab, mujtass, munsarih va muzore’bahrlaridan tuzilgan), “Doirai muntazia” (mushokil, sari’, jadid, qarib va xafif bahrlaridan tuzilgan), “Doirai m utta fiqa ”(mutaqorib va mutadorik bahrlaridan tuzilgan).Navoiy ushbu doiralarga qo‘shimcha tarzda yana uchta doira haqida ma’lumot beradi. Asardagi 5-doirani bevosita Alisher Navoiyning o‘zi tartib bergan bo‘lib, bunda Navoiy “Doirai muxtalifa”dagi 4 bahr va “Doirai muntazia”dagi 5 bahr - jami 9 bahrning solim (ya’ni zihof kirmagan, o‘zgarishga uchramagan) ruknlarini jamlab, ularni bir doiraga kiritadi va bu doirani “Doira i m u jtam ia ” deb ataydi. 6-doira “Doirai muxta lita” deb atalib, bu doiraga Navoiy komil va vofir bahrlarini kiritadi va mazkur bahrlarning matbu’ (yoqimli) bahrlar ekanligini, lekin negadir ularda kam she’r yozilganligini ta’kidlab o‘tadi. 7-doira “Doirai mushtabiha” esa uch - tavil, madid va basit bahrlaridan tuzilgan. Navoiyning yozishicha, bu bahrlar arab adabiyotiga xos bo‘lib, ajam she’riyatida deyarli qo'llanilmagan va maxsus doiraga kiritilmagan.
Asarning she’r taqti’iga bag‘ishlangan fasli turkiy aruzning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy bunda bevosita turkiy til xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taqti’ qoidalarini bayon qiladi hamda bahr va vaznlarni aniqlash usullarini tushuntiradi.Risolaning keyingi faslida bahrlar va ulardan hosil bo'luvchi vaznlar bayoniga o‘tiladi. Bunda Navoiy bahrlar tartibini yuqorida keltirilgan doiralar asosida berib boradi. Shu ma’noda Navoiy dastawal “Doirai mu’talifa” tarkibiga kiruvchi hazaj bahri vaznlarini keltirib o‘tadi. Asarda hazaj bahrining 11 ta musamman ruknli, 10 ta musaddas ruknli va bitta murabba’ ruknli vaznlari, agar unga 24 ta ruboiy vaznlari ham qo‘shiladigan bo‘lsa, jami 46 vazni keltirilgan.“Mezon ul-avzon”ning turkiy aruzni shakllantirish va rivojlantirishdagi yana bir muhim ahamiyati unda ruboiy vaznlarining ishlab chiqilganligidir. Navoiy turkiy adabiyotga endigina kirib kelayotgan ruboiy janrining o‘ziga xos qonuniyatlariga to‘xtalib o‘tib, risolada hazaj bahrining axrab va axram shajaralariga mansub jami 24 vaznning ruknlari va furu’larini keltiradi, har bir vaznga bir misradan she’r keltiradi, shu tariqa 24 vaznni 6 ruboiyda aks ettiradi.Navoiy vaznlarga ta’rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi.
Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta’riflashda:
Z ih i mu lkungn ing o 'n sehiz m ingidin bir kelib olam,
B u olam ichra bir uyluk qu lung H a v v o bilan Odam .
Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda:
Ga r alam im g ‘a chora yo ‘q, bo'lmasa bo'lmasun netay,
Vah, g 'am im a shumora yo ‘q, bo'lmasa bo'lm asun netay.
Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida:
Ochildi chaman, gu l'u zo rim qani?
Sihi sarv bo'yluq nigorim qani?
kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini ko‘rsatadi.“Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma’lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo'qlarini esa aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o 'n olti ruknli ramali maxbun , tuyuq, qo'sh iq (1 ) , qo'shiq (2 ) , chinga,muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy.“Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori baho berib, Navoiyning iste’dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib beruvchi asar ekanligini, awalgi risolalarda keltirilmagan doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta xizmati sifatida e’tirof etadi.
Download 11,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish