Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet3/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

ZIYORAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

O‘zbek xalqi maʼnaviy qadriyatlarining tayanch ustunlaridan biri bo‘lgan muqaddas qadamjo va va ziyoratgohlar aziz-avliyolar, buyuk insonlar hayotidan ibrat olishga, odamlarni yaxshilik qilishga, insofli-diyonatli, mehrli, sabrli va sahovatli bo‘lishga undab, asrlar mobaniyda o‘ziga xos maʼnaviy tarbiya vazifasini bajarib kelgan.

Yurtimiz zaminida azaldan fan va ma’rifat, diniy va dunyoviy ilm rivojlangan. Ulug‘ allomalar, olimu fuzalolar nomi yetti iqlimga mashhur bo‘lgan. Shu bois ham jahonning ne-ne mamlakatlardan tolibi ilmlar ilm va ziyo istab doimiy ravishda shu diyorga intilishgan va ularning aksari Vatanimiz tuprog‘ida mangu qo‘nim topganlar. Bu ulug’ insonlarning ruhlarini shod qilish maqsadida yotgan qabrni muqaddas qadamjo qilib, mo’min-musulmonlar uchun tabarruk ziyoratgohga aylantirilgan. Bugungi kunda bunday ziyoratgohlar yurtimizda juda ham ko’p bo’lib, nafaqat xalqimiz balki butun musulmon davlatlarining muqaddas ziyoratgohiga aylangan.

Ziyorat (arabcha - biror yerga yoki shaxs huzuriga borish) - muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib, muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Ziyorat marosimi odatda qabr tepasida Qur’onning ayrim suralarini o‘qib, marhum haqqiga duo qilish, shuningdek xayr-ehson, sadaqa berish kabilardan iborat. Islom dini aqidasiga ko‘ra, aziz-avliyolarning maqbaralariga ziyorat uchun borilganda ularning ruhlaridan madad so‘rashlik, hojatlar ravo qilinishi, dardlarga shifo berilishi, farzand ato etilishi kabi iltijolar nojoizdir. Chunki, bu kabi amallarni ro‘yobga chiqarish faqat Allohning ixtiyoridadir. Ziyorat qilinuvchilar payg‘ambar bo‘ladimi, avliyo yoki tariqat shayxi bo‘ladimi, ulardan najot so‘rash o‘rniga haqlariga duoi xayr qilish, sadaqa-ehson savoblarini ularning ruhlariga hadya etish o‘rinlidir. Islomda shaxsga sig‘inish shirk sanaladi.

Muhammad (s.a.v) o‘zlarining bir hadisi shariflarida aytganlar: “Qabristonlarni ziyorat qilib turingazlar, zero u oxiratni eslatadi”. Oxiratni eslash esa, kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi.1

Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar Ona Vatanimiz ko‘rki, milliy ma’naviyat, madaniyat va qadriyatlarimizning noyob durdonalaridir. Shuning uchun bunday tabarruk maskanlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har bir fuqaroning burchi va vazifasidir.



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish