Aloqa korxonalarda yoritish tizimlari



Download 166,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi166,93 Kb.
#707972
  1   2
Bog'liq
Aloqa-korxonalarda-yoritish-tizimlari



Aloqa korxonalarda yoritish tizimlari.
 
Reja: 
1.
Sanoat korxonalarini yoritish usullari. 
2.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritishga qo‘yilgan umumiy talablar. 
3.
YOrug‘lik manbalari va yoritish uskunalari. 
4.
Ultrabinafsha va infraqizil nurlar va ularning inson organizmiga salbiy tasiri. 
Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mexnat 
gigienasining muxim ko‘rsatkichlaridan biri xisoblanib, mexnatni ilmiy asosda 
tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas qismi xisoblanadi. 
YOritilganlik insonning tashki muxit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va 
ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. To‘g‘ri va 
normal miqdordagi yoritganlik ish kurollari va jixozlarning rangini, o‘lchamlarini 
tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzoq muddatgacha 
saqlanib qolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chiqilgan maxsulotning 
sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi. SHikastlanishlarning 
5 foizi kasbiy kasallik - ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, sun’iy va 
uyg‘unlashgan. 
Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi: 
Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali 
teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali); 
Yonboshlama (derazalar orqali); 
Uyg‘unlashtirilgan. 
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq xolda ish 
vaqti davomida o‘zgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy 
yoritganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi. Sanoat korxonalari ishlab 
chiqarish xonalarini yoritilganligini baholash uchun tabiiy yoritilish koeffitsienti 
kattaligiga qarab belgilash qabul qilingan. Tabiiy yoritganlik koeffitsienti deb xona 
ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga 
nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi. Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan 
belgilanadi: tabiiy yoritilish koeffitsienti va derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik 
maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan. Korxonalardagi tabiiy yoritilganlik sharoiti 
SNiP-2-4-79, SNiP- 2.0.1.0.5.98 talablariga muvofiqligi bo‘lishi kerak. Oynali yuza 
pol yuzasiga nisbatan 1/5 qismni tashkil etishi kerak. 
Ishlab chiqarish binolarida barcha ishlar farqlash ob’ektlarining muayyanlik 


darajada va xajmlariga qarab 6 razryadga ajratiladi. Ko‘rishni (diqqatni) jalb 
etadigan ishlar shartlariga ko‘ra, jadvalida keltirilgan sanitariya me’yorlari 
tomonidan 6 razryad uchun SN-245-63 tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilangan. 
Tabiiy yoritganlik koeffitsienti yoruglikning iklimiy koeffitsientiga boglik bulib
uning miqdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob’ektining eng kichik 
ulchamiga xamda iklimning yoruglik poyasiga boglik xolda maxsus jadvallardan 
tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda 
fonarlar (yukori tomonlama yoritganliqda) soni aniklanadi va loyixalashtiriladi. 
QMQ 2.01.05-98 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab 
qilinadigan tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi 
Binodan foydalanish jarayonida sexdagi yoritilganlik darajasi ancha pasayishi 
mumkin, chunki oynalangan yuzalarning ifloslanishi oqibatida ularning yorug‘likni 
o‘tkazish koeffitsienti kamayadi; devorlar va shiftlarning ifloslanishi ham ularning 
nur qaytarish koeffitsientini kamaytiradi. SHuning uchun ham sanitariya normalari 
yorug‘lik tuynuklari oynalarini tozalab turish zarurligini qayd qiladi. Kam chang 
ajraladigan xonalarni yiliga kamida 2 marta, tutunli va isli xonalarni kamida 4 marta 
tozalash zarur. SHift va devorlarni yiliga kamida bir marta oqlash va bo‘yash lozim.


Ko‘p maydoni oynalangan ba’zi bir ishlab chiqarish xonalarining ish 
joylarida quyosh nurlarining to‘g‘ri yoki aks etib tashishidan ko‘zni 
oladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin, xavo xaroratini oshishi
asboblarni qizishi kuzatiladi. Ular bilan kurashish uchun quyoshdan 
himoya qiladigan soyabonlar, ekranlar, jalyuzlar va shunga 
o‘xshashlardan foydalaniladi. 
Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda 
yoritish, umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda 
ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan 
yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Umumiy yoritish va 
ish jixozi va ish joyining joylashishiga boglik xolda tekis yoki lokal 
kurinishda buladi. Mahalliy yoritish statsionar va ko‘chma bo‘lishi 
mumkin. Umumiy yoritishdan ish joylari yuqori yorug‘lik talab 
qilmaydigan va shuningdek, ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra 
(mexanik tebranishlar) mahalliy yoritish mumkin bo‘lmagan joylarda 
me’yoriy yoritilishning uncha katta bo‘lmagan darajalarida 

Download 166,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish