Aloqasi reja: Agrokimyo fani nimani


AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA RUS OLIMLARINING QO’SHGAN XISSALARI



Download 35,45 Kb.
bet7/8
Sana28.01.2023
Hajmi35,45 Kb.
#904272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aloqasi reja Agrokimyo fani nimani

AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA RUS OLIMLARINING QO’SHGAN XISSALARI
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlari ham nihoyatda katta rol o’ynaydilar.
Rossiyada o’simliklarning oziqlanish masaalarini ishlab chiqish va o’g’itlar ishlatishning boshlanishi 19-asrning 60-70-yillariga to’g’ri keladi. Bu sohada A.A.Engelgardt, D.I. Mendeleev, P.A.Kostichev, timiryazev, I.M. Komov, A.Bolotov, M.G.Pavlov va boshqalarning olib borgan ishlari,ayniqsa diqqatga sazovordir.
O’sha darning ilg’or agronom-olimlari I.M.Komov, A.T. Bolotov , M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go’ng, kompostlar, kul, ohak va boshqa mahalliy o’g’itlar ishlatishga katta eotibor berdilar. olimlarning ancha ilgari, 19-asrning boshlaridayoq o’simliklarning oziqlanishi uchun go’ng parchalanganda tuproqda hosil bo’ladigan mineral tuzlarning o’simliklarning oziqlanishidagi ahamiyatini ko’rsatib bergan edilar.
Professor A.N.Engeldardt (1832-1893) o’z zamonasining buyuk demokratik arboblaridan biri bo’lib, dehqonchilikning kimyoviy asoslari, qiloqdan xatlar kabi qator asarlarida dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanishni targ’ibot qilgan edi.
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o’g’it sifatida fosforit unidan foydalanib, qator tajribalar olib borilgan. A.N.Engeldardt yashil o’g’itlarga, yani sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.
A.N.Engeldardt fosforit uni va sideratsiya juda katta maydondagi shimol yerlarini madaniy holga kelishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, degan edi. U yerlarni kimyoviy melioratsiyalash, yani ohaklash va gipslash ilarini go’ng bilan birga qo’shib olib borishni qizg’in tarafdorlaridan biri edi.
D.I. Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib borgan ulug’ russ kimyogari. U tomonidan o’g’itlarning taosirini o’rganish bo’yicha Peterburg, Moskva, Smolensk va Simbirsk guberniyalarida tajriba stantsiyalari tashkil etilgan va bu tajriba stantsiyalarida suniy mineral o’g’itlardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ilariolib borilgan.
D.I.Mendeleev dehqonchilikdan olinadigan mahsuldorlikni har tomondlama ko’paytirish sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirgan va bu ishlarga raxbarlik qilgan.
D.Mendeleev tomonidan o’g’itlar samaradorligini oshirish bo’yicha Rossiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dala tajribalari olib borilgan va turli tuproq -iqlim sharoitlarida o’g’itlarning qanday taosir etish xususiyatlari ochib berilgan va dala tajribalarining geografik to’rini tashkil bo’lishiga asos solgan. Ilmiy- tadqiqotlarning natijasi asosida shunday xulosaga kelindiki, Rossiyaning Yevrova qismida go’ng hamma joyda samarali taosir etgan, fosfor qora tuproqlarda, azot va ohak chimli -podzol tuproqlarda yaxshi taosir qilgan, kaliy esa dukkakli jkinlarga va idiz mevalilarga samarali taosir ko’rsatganligi ko’rsatib berilgan.
P.A. Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning
«O’g’it to’g’risida talimot» nomli kitobi chop etildi. U o’zining ushbu asarida Yu.Libixning «To’la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi.
P.A. Kostichev shunday deydi: «Tuproqning unumdorligi uning tarkibijagi ozuqa elementlariing miqdorigagina bog’liq bo’lmasdan, balki uning strukturasiga va boshqa fizik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Tuproqning strukturasi esa uning tarkibidagi chirindiga bog’liqdir». Kostichev tomonidan tuproqning fosfat rejimiga oid ilmiy-tadqiqotlari amalga oshirilgan.
Professor G.G.Gustavson (1834-1908) o’zining «Agrokimyodan 20 talabalar MA’RUZA» degan kitobida tuproq va o’g’itlar kimyosi, tuproq, o’g’it va yem- xashaklar analizlari to’g’risida masalalarni yoritgan edi.
Agrokimyoning ilmiy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning (1843-1920) mumtoz ilmiy-tadqiqotlari katta o’rin tutadi. Uning ilmiy amaliyotga vegetatsion tajribalar olib borish uslubiyoti tadbiq etilgan. K.Timiryazev tajriba ishlarini olib borishni juda yuqori baholagan edi. 1872 yilda Rossiyada birinchi bo’lib vegetatsion tajribalar olib boriladigan uy, pavilon qurdirgan va bu pavilon hozirgi kungacha faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
K.A.Timiryazev dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan vazifalarini izohlab, shunaday yozadi: dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan asosiy ilmiy vazifasi - bu yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, madaniy o’simliklarni tashqi muhit sharoitiga bo’lgan talabini aniq hisobga olishdir. Timiryazev o’simliklar fiziologisining nazariy masalalarini chuqurlashtirgan holda asimilyatsiya sohasidagi ishlarni olib bora turib, dehqonchilik va agrokimyoning bir-biri bilan chambarchas bog’liq sohalar ekanligini ko’rsatib berdi.
Agrokimyo fanining keyingi rivojlanishi ulug’ olim D.N.Pryanishnikov (1865- 1948) ning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir. D.N.Pryanishnikov ilmiy izlanishlarining masshtabining kattaligi, o’zining qamrab olgan vazifalarining kengligi va kattaligi bilan boshqalardan farq qiladi. Uning rahbarligi ostida o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi masalalari o’rganilgan. Xususan o’simliklarning fosforitlardan fosforni qanday o’zlashtirishi va fosforit unining o’g’it sifatida ishlatilishi batafsil o’rganilgan. Solikamsk kaliy konining ishga tushirilishi munosabati bilan olim va uning shogirdlari tomonidan o’simliklarning kali tuzlaridan foydalanishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
D.N.Pryanishnikov har doim dehqonchilikda biologik azotning rolini o’rganishga alohida eotibor berib kelgan, organik o’g’itlardan foydalanish zarurligini har doim taokidlar edi.
D.N.Pryanishnikov o’simliklarga mikroelementlarning taosirini o’ganish bo’yicha ilmiy ishlarni tashkil etgan edi. o’simliklarning azot bilan oziqlanishida ammoniyli tuzlar ham azot kislota tuzlari bilan teng qimmatga, xususiyatga ega ekanligini isbotlab berdi.
Ammoniy tuzlari bilan o’simliklar oziqlantirilganda ularda hech qaysi noxush holatlar ro’y bermagan. Bu ishning ahamiyati shundan iboratki, ammoniyli tuzlarni azotli o’g’it sifatida ishlatish to’g’risida qaror tayyorlanayotgan edi.
Mineral o’g’itlarning ishlatilishi va azotli o’itlar ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi D.N.Pryanishnikovning klassik ishlari bilan bog’liqdir. Uning redaktorligi ostida 17 tomlik «Vegetatsion tajribalar va laboratoriya ishlarining natijalari» nomli asarlar to’plami chop etildi.
Uning rahbarligi va faol ishtirokida o’g’itlar bo’yicha ilmiy institut, Butunittifoq o’g’itlar, agrotexnika va tuproqshunoslik instituti, markaziy ilmiy- tadqiqot institutlari tashkil etilgan. D.N.Pryanishnikovning «Agrokimy,
«Dehqonchilik va o’simlik hayotida azotning roli» kabi fundamental asarlari hozirgi kunda ham agrokimyogar mutaxassislar tayyorlashda dastur sifatida foydalanib kelinadi.
K.K.Gedroyts (1872-1932) tomonidan tuproqning singdirish qobiliyati va singdirish turlari aniqlandi. Tuproqda bo’ladigan almashinish hodisasida chirindi, tuproqning organik qoldiqlari, tuproqning mineral qismi va mikroorganizmlari itirok etishini tushuntirib berdi. Gedroyts ishlari natijasida tuproqning potentsial kislotaligi aniqlandi va bu tuproqlarni ohaklash va gipslash ishlari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
A.N. Lebedyantsev (1878-1941) Qora tuproq zonasining shimoliy qismida fosforit unidan samarali foydalanish imkoniyatini birinchi bo’lib aniqlagan.
Olim tomonidan Rossiyaning turli tuproq-iqlim zonalarida o’g’itlardan foydalanishning solishtirma samaradorligini aniqlash bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borgan.
V.M.Klechkovskiy (1900-1972) o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi masalalarini, o’g’itlar taosirning miqdoriy qonuniyatlarini, o’simliklar oziqlanishida oziq elementlarining optimal nisbatlarini o’rgangan.
V.M.Klechkovskiy - suniy radionukleidlar agrokimyosining asoschilaridan biridir. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibidagi radionukleidlarning miqdorini kamaytirishning usullaridan biri - mineral va organik o’g’itlarni birga qo’shib foydalanishdir.
Ya.V.Peyve (1906-1976) o’simlikshunoslikda mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib ishlatish nazariyasining asoschisidir. Bu nazariga asosan tuproq tarkibidagi o’zlasha oladigan mikroelementlarni va o’simliklarning fiziologik xususiyatlarini xisobga olish lozim.
Ya.Peyve metall mikroelementlarining fermentlar va fermentlar sistemasiga taosiri nazariyasini ishlab chiqishda o’zining bebaho xissasini qo’shdi.
L.V.Peyve tomonidan kaliy, alyuminiy, kaltsiy va fosforning agrokimyosini o’rganishga oid ilmiy-tadqiqotlar qilindi, tuproq tarkibidagi xarakatchan mikroelementlarning miqdori va tarqalish qonuniyatlarito’g’risida izlanishlar olib borildi.
N.S.Avdonin (1903-1980) o’simliklarning har hil o’suv davridagi oziqlanish xususiyatlarini va o’simliklarni oziqlantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
A.V.Sokolov (1898-1980) tomonidan oldingi ittifoqdagi tuproq turlariga agrokimyoviy xarakteristika berish va ularning o’g’itlarga bo’lgan talabini o’rganish bo’yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borgan.
A.Sokolov tomonidan tuproqning almashinuvchi kislotaligini, tuproq tarkibidagi fosfatlarning shakllarini aniqlash bo’yicha va o’simliklar tarkibidagi fosforli birikmalarni miqdorini aniqlash usullari ishlab chiqildi. A.V.Sokolov tomonidan donador superfosfat ishlab chiqarish usuli taklif etilgan.

Download 35,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish