Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Tayyorlangan urug‘lik paxta xomashyosiga ustamalar to‘lash tartibi



Download 75,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana18.02.2022
Hajmi75,44 Kb.
#455323
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Paxtachilik instituti - Vikipediya

3-bob. Tayyorlangan urug‘lik paxta xomashyosiga ustamalar to‘lash tartibi
14. Urug‘lik paxta xomashyosiga qonun hujjatlariga asosan yetishtirilgan urug‘lik paxta
xomashyosidan tayyorlangan urug‘lik chigit O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O’zDSt-663-
2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, paxta xomashyosi qiymatiga
nisbatan super elita va elita urug‘lik chigit uchun 100 foiz, I avlod (R1) uchun 75 foiz, II avlod (R2)
uchun 50 foiz va III avlod (R3) uchun 25 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
15. Ustamalar xarajati tayyorlangan urug‘lik chigit narxiga kiritiladi.
16. Ustamalar yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi
tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
a) paxta-to‘qimachilik klasterlarida:
birinchi bosqichda — urug‘lik paxta xomashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan
urug‘lik paxta xomashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari
ixtiyorida qoldiriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi
100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan
50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish
markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y.,
09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy
boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga
— 30 foiz.
b) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarida:
birinchi bosqichda — topshirilgan urug‘lik paxta xomashyosi uchun hisoblangan ustamaning
50 foizi miqdorida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urug‘chilik xo‘jaliklariga
paxta xomashyosini topshirgan vaqtda;
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50
foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida
qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urug‘chilik fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni
rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha
taqsimlanadi:
(16-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy
boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga
— 30 foiz.


17. O‘tkaziladigan mablag‘ning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli
qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urug‘ligidagi ulushi e’tiborga olinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa
subyektlarga ustama mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan
shartnomalarga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”
davlat unitar korxonasining maxsus hisobvarag‘idan o‘tkazib beriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
19. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari o‘z ehtiyojlari uchun g‘o‘zaning xorijiy nav
va duragay urug‘larini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.

Download 75,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish