Amaldagi versiyaga o‘tish


-§. Auksionni o‘tkazilmagan deb topish va takroriy auksionni o‘tkazish tartibi



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

3-§. Auksionni o‘tkazilmagan deb topish va takroriy auksionni o‘tkazish tartibi
37. Auksion quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:
a) auksionda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
b) auksionda qatnashish uchun faqat bir nafar ishtirokchidan ariza kelib tushgan bo‘lsa;
v) auksion kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa (ushbu Nizomning
24-bandida 
nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);


g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda auksion g‘olibi va salohiyatli g‘olibi tomonidan
tasdiqlangan obyekt bahosi belgilangan muddatda to‘liq to‘lanmasa yoki oldi-sotdi (ijara)
shartnomasi rasmiylashtirilmasa.
Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, obyekt mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroriy
auksionga chiqariladi.
38. Auksion o‘tkazilmagan deb topilganda, savdo platformasida bu haqda xabarnoma e’lon
qilinadi. Xabarnomada auksionni o‘tkazilmagan deb hisoblash sabablari hamda lotga oid axborot
ko‘rsatiladi.
39. Auksion mazkur Nizomning 
37-bandida 
ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazilmagan deb
hisoblanganda, takroriy auksion buyurtmachi bilan kelishilgan holda 10 kalendar kundan kam
bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 
64-bandida 
nazarda tutilgan holatlar
bundan mustasno. Ushbu muddat bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda,
navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi.
40. Auksion obyekti belgilangan muddat va shartlarda sotilmagan taqdirda, ularni dastlab
qo‘yilgan narxni qadam-baqadam pasaytirib borish mexanizmini qo‘llagan holda sotish mumkin
va bunda obyektning boshlang‘ich narxi har takroriy auksionda buyurtmachi belgilagan foizda
auksion obyektining eng past narxiga qadar kamaytiriladi, mazkur Nizomning 
41-bandida
nazarda
tutilgan holatlar bundan mustasno.
41. Quyidagi hollarda takroriy auksionda lotning boshlang‘ich narxini kamaytirishga yo‘l
qo‘yilmaydi:
qonunchilik hujjatlarida boshlang‘ich narxni kamaytirishga cheklov qo‘yilganda va/yoki ruxsat
etilmagan hollarda;
auksion obyekti mazkur Nizomning 37-bandi
“g” kichik bandida 
nazarda tutilgan asoslarga
ko‘ra takroriy auksion savdolariga chiqarilganda;
takroriy auksionda lotning boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich kamaytirishga
buyurtmachining roziligi bo‘lmagan taqdirda.
42. Takroriy auksion alohida shartlarsiz, umumiy tartibda o‘tkaziladi.
43. Auksion obyektining qiymatini to‘liq to‘lamagan va/yoki auksion obyekti bo‘yicha
shartnoma imzolashni (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda) rad etgan auksion g‘olibi
hamda uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sischilari hisoblangan shaxslar, shuningdek, davlat obyektlari, shu
jumladan, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionda sotib olib, undan foydalanmagan holda
ularning oldi-sotdisi bilan doimiy ravishda shug‘ullanganligi aniqlangan yuridik va jismoniy shaxslar
— nohalol ishtirokchi deb e’tirof etiladi va u ushbu holatni birinchi marta sodir etganda, rad etgan
sanadan boshlab o‘n ikki oy muddatga, ikkinchi marta takrorlaganda muddatsiz davrga
auksionlardan chetlatiladi.
Ushbu cheklovlar auksion g‘olibi va uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sischilari hisoblangan shaxslar
noxalol ishtirokchi deb e’tirof etilgunga qadar ularning ishtirokida savdolari boshlangan va/yoki
yakunlangan boshqa lotlar bo‘yicha auksion jarayonlariga va ularning natijalariga qo‘llanilmaydi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish