Amaliy mashg’ulot №10 so‘lak fermantlarining kraxmalga ta’siri ishning maqsadi



Download 25,96 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi25,96 Kb.
#553901
Bog'liq
11-amaliy



Amaliy mashg’ulot № 10
SO‘LAK FERMANTLARINING KRAXMALGA TA’SIRI


Ishning maqsadi:
- so’lak fermentlarining kraxmalga ta'sir qilish usulini o'rganish

So‘lak fermentlari. Odam so‘lagida uglevodlarni uzum shakarigacha parchalovchi gidrolitik fermentlar bor. So‘lak fermentlari yuksak darajada aktiv bo‘lsa ham, ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida uzoq turmaganligi uchun ularning ta’sirida kraxmal batamom parchalanmaydi. Ptialin va maltaza ishqoriy sharoitda optimal ta’sir ko‘rsatadi. Xlorid kislotaning 0,01% konsentratsiyasi so‘lak fermentlarining ta’sirini susaytiradi, yuqori konsentratsiyasi esa so‘lak fermentlarining ta’sirini sekinlashtiradi va ularni parchalab yuboradi, shuning uchun me’da shirasi so‘lak fermentlarining ta’si­rini to‘xtatadi. Ovqat luqmasi me’da shirasini birdaniga shimib olmagani uchun so‘lak fermentlarining uglevodlarga ta’siri me’dada ham biroz vaqt davom etishi mumkin.


So‘lak bezlarining sekretsiyasi refleks yo‘li bilan qo‘zg‘aladi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi retseptorlarga ta’sir qiluvchi ovqat moddalari yoki rad etiluvchi moddalar shartsiz so‘lak ajralish reflekslarini vujudga keltiradi. Ta’sirot etarlicha kuchli bo‘lsa, 1-3 sekunddan keyin so‘lak ajraladi.
So‘lak α-amilazasi gidrolazalar guruhiga taalluqli. Polisaxaridlardan kraxmal va glikogen α-amilazaning maxsus substratlaridan hisoblanadi. Kraxmal yod bilan zangori rangli kompleks hosil qiladi va tarkibida erkin aldegid guruhi bo‘lmaganligi uchun, qaytarilish xususiyatiga ega emas. α-amilaza kraxmal, glikogen va oligosaxaridlardagi α-1,4-glikozid bog‘larini gidrolizlab, ketma-ket oraliq unumlari – aminodekstrinlar, axrodekstrinlar, maltodekstrinlar va oxirgi unumi sifatida maltoza disaxaridi bilan glyukoza monosaxaridi aralashmasini hosil qiladi. Maltoza va glyukozani erkin aldegid guruhlari bo‘lganligi sababli ular qaytarilish imkoniyatiga ega va Trommer reaktivi bilan ochiladi.
Tekshiriluvchi material: suyultirilgan so‘lak (so‘lak olishdan avval og‘iz chayiladi, so‘ngra og‘izga 10 ml suv olib, uni ikki daqiqa ushlab turiladi va ajralayotgan so‘lak bilan aralashtirilib, probirkaga bo‘shatiladi. So‘lak aralashmasi filtrlanadi va shundan so‘ng tekshirishda foydalaniladi).
Reaktivlar:
Kraxmalning yangi tayyorlangan 1% li eritmasi.
Yodning kaliy yodiddagi eritmasi.
O‘yuvchi natriyning 10% li eritmasi.
Mis sulfatining 1% li eritmasi.
Jihozlar:
Probirkalar.
Kichik hajmdagi stakanlar.
Filtrli voronkalar.
Pipetkalar.
Termostat yoki termometrli suv hammomi.
Shisha tayoqchalar.
Tomizgichlar.
Ishning bajarilishi.
5-10 tomchi 1% li kraxmal eritmasiga yodning kaliy yodiddagi eritmasidan 1-2 tomchi tomizilganda kraxmal yod bilan zangori rang beradi.
8-10 ta probirka tayyorlanib, har biriga 1-3 tomchidan yod eritmasi quyiladi.
Ikkita boshqa probirkaga taxminan 5 ml 1% li kraxmaldan solinib, ulardan bittasiga 3 ml distillangan suv (nazorat), ikkinchisiga 3 ml suyultirilgan so‘lak (tajriba) qo‘shiladi va shisha tayoqcha bilan aralashtirilgach, 37˚C li termostatga o‘rnatilib, vaqti aniqlanadi. 5-7 daqiqa o‘tgach, nazorat va tajriba namunalaridan bir necha tomchi olinib, yod saqlagan probirkalarga solinadi va rang hosil bo‘lishi kuzatiladi. Yod eritmasi bilan ushbu reaksiya qisqa vaqt oralatib bir necha bor qaytariladi.
Ikkala probirkadan boshlanishida olingan namunalarda zangori rang kuzatiladi, so‘ngra amilaza saqlagan suyuqlikdan olingan proba yod bilan qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangga bo‘yala boshlaydi. Ko‘p o‘tmay so‘lak saqlagan probirkadan olingan suyuqlik yod bilan boshqa bo‘yalmaydi. Yodning bu holatdagi har xil bo‘yalishi kraxmalni asta-sekin gidrolizzlanishi davomida dekstrinlar hosil bo‘layotganini ko‘rsatadi. Agar so‘lakli probirkadan olingan so‘nggi proba yodning eritmadagi sarg‘ish rangini o‘zgartirmasa, gidroliz tugagan hisoblanib, tugagan vaqti yozib qo‘yiladi.
Nazorat suyuqligidan olingan probalarda doimo zangori rangning kuzatilishi uning tarkibida amilaza yo‘qligi tufayli kraxmal gidrolizga uchramayotganligini bildiradi.
Asosiy va nazorat eritmalarining ikkinchi qismida Trommer reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda so‘lakli probirka eritmasida kraxmalning fermentativ gidrolizini oxirgi unumlari bo‘lganligi uchun Trommer reaksiyasining ijobiy bo‘lishi kuzatiladi, nazorat eritmasi esa Trommer probasini bermaydi. Gidroliz jarayoni davomida asosiy tajriba probirkasidagi eritmani quyqalanishi (opalessensiya) ham yo‘qoladi.
Ishni rasmiylashtirishda va xulosada amilaza ta’sirida kraxmalni oraliq unumlarini ketma-ket hosil bo‘lishi va uning tana haroratida qisqa vaqtda kechishini ko‘rsating. Gidroliz oxirgi unumlari nima uchun ijobiy Trommer reaksiyasini berishini asoslang.
Kraxmalni so‘lak α-amilazasi bilan gidrolizlash

Substrat nomi va uning gidrolizlangandagi unumlari

Yod bilan reaksiyadagi rangi

Gidroliz uchun ketgan vaqt

Gidroliz sharoitidagi harorat

Trommer reaksiyasi














Xulosada tekshirilayotgan so‘lakdagi amilaza faolligini hisoblangan miqdorini bering.
Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan ovqat tishlar yordamida maydalanib, so‘lak bilan ho‘llanadi. Ovqatlami yaxshi hazm bo‘lishida ulami yaxshilab chaynaslishi muhim ahamiyatga ega.
Og‘iz bo‘shlig‘iga ovqat tushgandan so‘ng uch juft ya’ni til osti, jag‘ osti va quloq oldi bezlarining kanalchalari ochiladi va og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqatni ho‘llaydi. Ovqat tarkibidagi tuzli, achchiq, nordon moddalar so‘lakni ko‘p miqdorda ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi.
So‘lak tarkibi 99,4—99,5 foiz suvdan, ovqatni qizilo‘ngachga oson o‘tishini ta’minlovchi yuqori ilashimli modda - musindan, fermentlar va bir qancha mineral moddalardan iborat. Bundan tashqari og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan mikroblami eritib yuboradigan lizosim oqsili ham bor.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat yaxshilab chaynalganda
so‘lak tarkibidagi ptialin fermenti uglevodlami parchalashi mumkin. Shuning uchun non og‘izda ko‘proq chaynalsa, shirin maza bo‘ladi.
Ovqat yutilganda xalqum nafas yo‘llarini berkitadi va uning qizilo‘ngachga o‘tkazadi. Qizilo‘ngach devorlarining qisqarishi natijasida ovqat oshqozonga o‘tadi. Suyuq ovqatlar qizilo‘ngachdan oshqozonga 1-2 soniyada, quyuqroq ovqatlar 8-9 soniyada o‘tadi.
Oshqozonda ovqatning hazm boclishi
Oshqozon 4 qismdan: kirish, tub, tana va pilorik (chiqish) qismlardan iborat. Katta odamlarda oshqozon hajmi o‘rtacha 2,5 litr bo‘ladi. Oshqozonning ichki shilliq pardasi ostida juda ko‘p - 14 millionga yaqin mayda bezlar bo‘lib, bu bezlardan bir kunda 2-2,5 litr me’da shirasi ya’ni ular pepsin, lipaza fermentlarini va xlorid kislota ajratadi.
Pepsin ovqat tarkibidagi oqsillami, lipaza yog‘lami parchalaydi. Xlorid kislota esa pipsin fermentining faolligini oshiradi.
Me’da shirasi tarkibidagi lipaza fermenti faqat emulgasiyalangan yog‘lamigina glisirin va yog ‘ kislotalarigacha parchalaydi.
Oshqozonda uglevodlami parchalovchi fermentlar yo‘q. Shuning uchun uglevodlarlar oshqozondan 2-3 soatda, oqsilli ovqatlar 3^1 soatda, yog‘li ovqatlar 5-6 soatda chiqib ketadi.
Oshqozondan chiqish yo‘li xalqali mushaklardan iborat sfinkter bilan berk bo‘ladi. Qancha ovqat massasi me’da shirasini o‘ziga shimib olsa, sfinkter bo‘shashib, chiqish yo‘li ochiladi va ovqat o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi.
0‘n ikki barmoq ichak ingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lib, uzunligi o‘n ikkita barmoq eniga teng (25-30 sm) bo‘ladi. Shuning uchun o‘n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichakka oshqozon osti bezidan shira va jigaming o‘t suyuqligi quyilib turadi.
Oshqozon osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, у og‘ lami parchalaydigan lipaza vauglevodlami parchalaydigan amilaza fermentlari bo‘ladi. Bundan tashqari oshqozon osti bezida insulin garmonini ishlab chiqaruvchi xujayra bo‘lib u qonga o‘tadi. Bu garmon uglevod almashinuvini boshqaradi.
Insulin ishlab chiqarilmasa qand kasalligini keltirib chiqaradi. Katta yoshdagi odamlarda bir sutkada 12 barmoq ichakka 0,5-0,8 litr oshqozon osti bezi suyuqligi quyiladi.
Jigar ko‘p suyuqlikni ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o‘t pufagida to‘planib maxsus kanalcha orqali o‘n ikki barmoq ichakka quyilib turadi.
О ‘t suyuqligi - bu tilla rang sariq suyuqlik bo‘lib, bir sutkada 0,5- 1,2 litrgacha ishlatiladi. Uning tarkibida 97,5 foiz suv, o‘t kislotasi, pigmentlar va xolesterin bo‘ladi. 0‘t suyuqligi ishlab chiqarilishini, sut, non, kletchatka, magniy tuzi, issiq taom oshiradi. 0‘t suyuqligi quyidagi vazifalami bajaradi:
Oshqozon osti bezidan ajralgan lipaza fermentining faolligini 20 baravar oshiradi.
0‘t suyuqligi yog‘ kislotalarini o‘ziga so‘rib, suvda eruvchi birikmalar hosil qiladi.
Ovqat tarkibidagi barcha yog‘lami emulsiya holatiga keltirib, lipaza fermenti orqali oxirgi moddalargacha parchalanishini ta’minlaydi.
0‘t suyuqligi ichaklarda chirish jarayonini keltirib chiqaradigan bakteriyalami yo‘qotadi.
0‘t suyuqligi me’da shirasini ajralishini va ichak devorlarining qisqarish faoliyatini kuchaytiradi.
Jigaming muhim vazifalaridan bin qonni zaharli moddalardan tozalaydi. Oshqozon, ichaklardan so‘rilgan barcha qon vena orqali jigarga boradi. Bu qon tarkibida zaharli moddalar bo‘lishi mumkin. Bu zaharli moddalar jigar hujayralarida zararsizlantiriladi.
Ingichka va yo‘g‘on ichakda ovqat hazm bo‘lishi
Ingichka ichak o‘n ikki barmoq ichakning davomi bo‘lib, uning uzunligi 5-6 m kengligi 2-2,5 sm bo‘ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan.
Bu muskullar ichakning mayatniksimon va to‘lqinsimon (peristaltik) xarakterini ta’minlaydi. Ichakning mayatniksimon harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi. Bu ovqatning ichakda parchalanib hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Ichakning to‘lqinsimon harakati ovqat moddalarini ichak bo‘ylab yuqoridan pastga tomon siljishini ta’minlaydi. Ingichka ichak shilliq qavat ostida juda ko‘p may da bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan shira ta’sirida ovqat eng oxirgi moddalargacha parchalanib tugatiladi. Ichak shilliq qavati yuzasida mayda so‘r- g ‘ ichlar—vorsinkalar bor. Ular juda murakkab tuzilishga ega bo ‘ lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan. Vorsinkalar orqali ovqat moddalari qon va limfa tomirlariga so‘riladi. Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi 6-8 soat davom etadi.
Yo‘g‘on ichak ingichka ichakning davomi bo‘lib, uning uzunligi katta odamda o‘rtacha 1,5 m. u qorin bo‘shlig‘ida ingichka ichakning atrofini o‘rab turadi. Yo‘g‘on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez suyuqlikdagi fermentlar kam, shilliq modda esa ko‘p bo‘ladi. Bu shilliq modda ovqat qoldig‘i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning yuqori qismidan pastki qismiga o‘tishini qulaylashtiradi. Yo‘g‘on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo‘lmaydi. Yo‘g‘on ichak devoridagi muskul qavatning harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo‘ladi. Shu sababli ovqat qoldig‘i unda uzoq vaqt (18-20 soat) saqlanadi.
Yo‘g‘on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so‘riladi. Bu ichakda ovqat qoldig‘i quyulib, axlat ko‘rinishida to‘g‘ri ichakka o‘tadi va undan tashqariga chiqariladi.
Download 25,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish