Amaliy mashg'ulot №15 Topshiriq



Download 12,57 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi12,57 Kb.
#237429
  1   2
Bog'liq
Amaliy mashgulot 15


AMALIY MASHG'ULOT № 15 Topshiriq

1. Qo‘l va oyoq arteriyalari, tarmoqlari, pulsatsiya nuqtalari.

Son arteriyasi – a. femoralis – tashqi yonbosh arteriyasining davomi bo`lib hisoblanadi va son sohasida quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:

1. A. epigastrica superficialis - qorinning terisida – kindik sohasigacha tarqaladi.

2. A. circumflexa ileum superficialis – yonbosh sohasini aylanib o`tuvchi yuzaki arteriya. Bu arteriya spina iliaca anterior superior sohasidagi terini qon bilan ta’minlaydi.

3. A. pudendae externae superficialis – tashqi jinsiy a’zolari yuza sohasini qon bilan ta’minlaydi.

4. A. pudendae externae profunda – tashqi jinsiy a’zolarning chuqur arteriyasi.

Bu arteriyadan ayollarda – r.r. labiales anteriores, erkaklarda esa yorg`oq sohasiga – r.r. scrotales anteriores shoxlari, xamda chov boylami sohasiga – r.r. inguinales shoxlari ajraladi.

5.A. profunda femoralis – sonning chuqur arteriyasi. Bu arteriya son mushaklarini qon bilan ta’minlaydigan asosiy qon tomir bo`lib hisoblanadi. Sonning chuqur arteriyasi quyidagi tarmoqlarga ajraladi:

a) a. circumflexa femoris medialis – sonni ichki tarafida aylanib o`tuvchi arteriya - sonning medial guruh mushaklarini, chanoq - son bug`imini qon bilan ta’minlaydi; Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi.

– r. supierficialis – yuzaki shox;

– r. profundus – chuqur shox;

– r. acetabularis – sirka kosachasi shoxi;

– r. ascendens – ko`tariluvchi shox;

– r. descendens – tushuvchi shox.

b) a. circumflexa femoris lateralis - sonni lateral tarafdan aylanib o`tuvchi arteriya – sonning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi; Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi:

– r. ascendens – ko`tariluvchi shox;

– r. descendens – tushuvchi shox;

– r. transversus – ko`ndalang shox;

v) a. a. perforantes – sonning orqasiga teshib o`tuvchi arteriya – sonning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan son suyagini oziqlantiradigan a. nutriciae femoris ajraladi.

6. Rami muscularis – son arteriyasi o`z yo`nalishida atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.

7. A. genus descendens – tizza bo`g`imi sohasiga tushuvchi arteriya – tizza bo`g`imi sohasidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

Son arteriyasi - a. femoralis - canalis adductorius – yaqinlashtiruvchi kanal orqali o`tib, tizza bo`g`imining orqa sog`asidagi taqim chuqurchasida paydo bo`ladi va taqim arteriyasi a. poplitea deb ataladi. Taqim arteriyasining tarmoqlari tizza bo`g`imini qon bilan ta’minlaydi va tizza bo`g`imi sohasidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

Chanoq, son va boldir arteriyalari.

1 - aorta abdominalis, 2 - a. iliaca communis, 3 - a. sacralis mediana, 4 - a. iliaca interna, 5 - a. sacralis lateralis, 6 - a. obturatoria, 7 - a. circumflexa femoris medialis,

8 - a. profunda femoris, 9 - a. femoralis, 10 - a. genus descendens, 11 - a. genus superior medialis, 12 - a. poplitea, 13 - a. genus inferior medialis, 14 - a. tibialis posterior, 15 - a. peronea, 16 - a. tibialis anterior, 17 - a. reccurens tibialis anterior, 18 - a. genus lateralis inferior, 19 - rete genus, 20 - a. genus superior lateralis, 21 - a. circumflexa femoris lateralis, 22 - a. glutea inferior, 23 - a. circumflexa ilei profunda, 24 - a. epigastrica inferior, 25 - a. glutea superior, 26 - a. iliaca externa, 27 - a. iliolumbalis.

Yelka arteriyasi – a .brachialis

Qo`ltiq osti arteriyasi yelka sohasida yelka arteriyasi – a. brachialis ga davom etadi. Yelka arteriyasi – arteria brachialis quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:

1. A. profunda brachii – yelkaning chuqur arteriyasi. Bu arteriya n. radialis bilan birga yelkaning orqa sohasiga o`tadi va yelkaning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. YElkaning chuqur arteriyasining oxirgi tarmoqlari: a) a. collateralis media – tirsak bo`g`imiga yo`naladi va tirsak arteriya qon tomirlari to`rini hosil etishda qatnashadi. b) a. collateralis radialis – bilak tarafdagi yonlama arteriya – tirsak bo`g`imiga yo`naladi; v) r. deltoideus –

deltasimon mushak soxasini qon bilan ta’minlaydi; g) a. nutriciae humeri – yelka suyagini qon bilan ta’minlaydi.

2. A. collateralis ulnaris superior – tirsak sohasidagi yuqorigi kollateral arteriya – tirsak sohasigacha tushib, shu bo`g`im atrofidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

3. A. collateralis ulnaris inferior – tirsak sohasidagi pastki kollateral arteriya. Tirsak bo`g`imi atrofidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

A. brachialis o`z yo`nalishida ko`p miqdorda rami muscularis tarmoqlarini chiqaradi. Bu tarmoqlar yelkaning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. YElka arteriyasining boshlanish soxasini, uning chuqur arteriyasi ajralguncha bo`lgan qisimni a. brachialis superficialis yelkaning yuzaki arteriyasi deyiladi.

Elka arteriyasi, tirsak bo`g`imi sohasida tirsak arteriyasi a. ulnaris hamda bilak arteriyasi - a. radialis larga bo`linadi.

Bilak arteriyasi. - a. radialis

Bilak arteriyasi - a. radialis - bilak suyagi atrofida yo`naladi. Bilak suyagining bigizsimon o`simtasi sohasida bu arteriya juda yuzaki joylashadi va shu sohada bilak arteriyasining qisqarishini (pulsni) tekshirish mumkin.

A. radialis dan quyidagi tarmoqlar ajraladi:

1. a. recurrens radialis - bilak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya. Tirsak bo`g`imi sohasiga qaytib, tirsak arterial to`rini hosil etishda qatnashadi;

2. rami muscularis - bilak suyagi tarafidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi;

3. r. carpalis palmaris – kaft yuzasidagi, kaft usti suyaklar sohasini qon bilan ta’minlaydi;

4. a. carpalis dorsalis – kaft usti suyaklari sohasining orqa yuzasidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi; Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:

a.a. metacarpales dorsales – kaftning orqa yuzasining arteriyalari;

a.a. digitales dorsales – barmoqlarning orqa yuzasining arteriyalari;

g) rete carpale. dorsales – kaft usti sohasidagi orqa arteriya to`ri.

2. Qo`ltiq osti arteriyasi - a. axillaris - yelka kamari va ko`krak sohalarini qon bilan ta’minlaydi va qo`yidagi tarmoqlarni chiqaradi:

Qo`ltiq osti arteriyasi - a. axillaris - yelka kamari va ko`krak sohalarini qon bilan ta’minlaydi va qo`yidagi tarmoqlarni chiqaradi:

1. A. thoracica superior – ko`krakning yuqorigi arteriyasi. Bu arteriya ko`krak sohasidagi m. subclavius, m. pectoralis major et minor, m. serratus anterior mushaklarida va yuqoridagi qovurg`alar orasida tarqaladi.

2. A. thoracoacromialis. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:

a) r. acromialis – akromion sohasiga tarqaladigan shox. SHu nomli arteriyalar bilan qo`shilib rete acromiale to`rini hosil etadi;.

b) r. clavicularis – o`mrov sohasining shoxi;

v) r. deltoideus – deltasimon mushak sohasiga yo`naluvchi shox;

g) r. pectorales – ko`krak mushagi sohasiga yo`naluvchi shox;

3. A. thoracica lateralis - ko`krakning lateral arteriyasi. Ko`krakning yon sohasini, ko`krak bezini – r.r. mammarii lateralis va ko`krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.

4. A. subscapularis – kurak osti arteriyasi – kurak ostidagi va kurak suyagi atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya quyidagi tarmoqlarga ajraladi:

a) a. thoracodorsalis – ko`krak qafasining orqa yuzasini qon bilan ta’minlaydi;

b) a. circumflexa scapulae – kurak suyagini aylanib o`tuvchi arteriya;

5. A. circumflexa humeri posterior – yelka suyagini orqadan aylanib o`tadigan arteriya. YElka suyagining xirurgik bo`yin qismini orqasiga yo`naladi. Bu arteriya deltasimon mushakni va yelka kamari sohasidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.

6.A. circumflexa humeri anterior - yelka suyagini oldindan aylanib o`tuvchi arteriya. Bu arteriya yelka suyagining xirurgik bo`yin qismini oldindan aylanib o`tadi, yelka bo`g`imini va uning atrofidagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi.

3. Yelka arteriyasi – arteria brachialis quyidagi tarmoqlarni chiqaradi

Yelka arteriyasi – a .brachialis

Qo`ltiq osti arteriyasi yelka sohasida yelka arteriyasi – a. brachialis ga davom etadi. Yelka arteriyasi – arteria brachialis quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:

1. A. profunda brachii – yelkaning chuqur arteriyasi. Bu arteriya n. radialis bilan birga yelkaning orqa sohasiga o`tadi va yelkaning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. YElkaning chuqur arteriyasining oxirgi tarmoqlari: a) a. collateralis media – tirsak bo`g`imiga yo`naladi va tirsak arteriya qon tomirlari to`rini hosil etishda qatnashadi. b) a. collateralis radialis – bilak tarafdagi yonlama arteriya – tirsak bo`g`imiga yo`naladi; v) r. deltoideus –

deltasimon mushak soxasini qon bilan ta’minlaydi; g) a. nutriciae humeri – yelka suyagini qon bilan ta’minlaydi.

2. A. collateralis ulnaris superior – tirsak sohasidagi yuqorigi kollateral arteriya – tirsak sohasigacha tushib, shu bo`g`im atrofidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

3. A. collateralis ulnaris inferior – tirsak sohasidagi pastki kollateral arteriya. Tirsak bo`g`imi atrofidagi arterial to`rni hosil etishda qatnashadi.

A. brachialis o`z yo`nalishida ko`p miqdorda rami muscularis tarmoqlarini chiqaradi. Bu tarmoqlar yelkaning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. YElka arteriyasining boshlanish soxasini, uning chuqur arteriyasi ajralguncha bo`lgan qisimni a. brachialis superficialis yelkaning yuzaki arteriyasi deyiladi.

Elka arteriyasi, tirsak bo`g`imi sohasida tirsak arteriyasi a. ulnaris hamda bilak arteriyasi - a. radialis larga bo`linadi.

4. Taqim arteriyasi – a. poplitea ning tarmoqlari:




Download 12,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish