Amaliy mashg’ulot №6 Mavzu: Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: ensa, tepa, peshona va g’alvir suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Download 1,35 Mb.
bet2/5
Sana26.03.2022
Hajmi1,35 Mb.
#511585
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-7-Amaliy mashg\'ulot

KALLANING MIYA BO‘LIMI SUYAKLARI
Tepa suyagi (os parietale, 43-rasm) bir juft bo‘lib, kalla qopqog‘ining o‘rta qismini tashkil qiladi. Bosh miya takomillashgan sari tepa suyak ham rivojlanadi. Bu suyak kalla qopqog‘ining talay qismini egallaydi va bosh miyani mexanik ta’sirotlardan saqlaydi. Tepa suyagi boshqa kalla suyaklariga nisbtan qirrali va to‘rt burchakli, sirti gumbazsimon bo‘rtib chiqqan, plastinka shaklida tuzilgan. Uning oldingi chekkasi margo frontalis peshona suyagining pallasiga birlashadi, yuqori chekkasi – margo sagittalis esa ikkinchi tomondagi tepa suyagining xuddi shunday chekkasi bilan o‘rta chiziqda birlashadi.
Orqa chekkasi – margo occipitalis ensa suyagining pallasiga birlashadi. Palla chekkasining (margo squamosus) oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti bilan, o‘rta va orqa bo‘lagi esa chakka suyagi pallasi bilan tishlashib birlashadi. Tepa suyagining old, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to‘rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo‘lib ko‘rinadi. Tepa suyagining to‘rtta burchagi bor:
Birinchi – oldingi-yuqori peshona burchak – angulus frontalis.
Ikkinchi – oldingi-pastki ponasimon burchak – angulus sphenoidalis.
Uchinchi – orqadagi-yuqori ensa burchak – angulus occipitalis va to‘rtinchi – orqadagi-pastki so‘rg‘ichsimon burchak – angulus mastoideus lardir.
Tepa suyagining tashqi (qavariq) yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga moslashgan bo‘lib, o‘rtasida tepa suyak do‘mbog‘i – tuber parietale joylashgan.
Pastdagi ikkita parallel chiziqning yuqoridagisi – linea temporalis superior chakka fassiyasining birikadigan joyi bo‘lsa, ikkinchisi chakka muskulining (m.temporalis) yopishadigan pastki chizig‘i (linea temporalis inferior) dir.
Tepa suyagining ichki botiq (facies interna) yuzasidan arteriya egatchalari – sulci arteriosi hamda miya qiyiqlarining izlari – foveolae granulares yaqqol ko‘rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo‘ylab davom etgan va so‘rg‘ichsimon o‘siq bilan birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor.


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish