Amaliy matematika va informatika


I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI 1.1. Kompyuter grafikasining vujudga kelishi tarixi



Download 326 Kb.
bet4/17
Sana25.08.2021
Hajmi326 Kb.
#155551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Maloxatxon kurs ishi

I BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI

1.1. Kompyuter grafikasining vujudga kelishi tarixi.


Kompyuter grafikasi – kompyuter yordamida yaratilgan, asosan, maxsus grafik apparat va dasturiy taminotlar vositasida yaratilgan tasviriy ifoda, ya’ni suratlar va filmlardir. Bu kompyuter ilmiy olamidagi ulkan va eng so’nggi sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi iborasi 1960- yilda birinchi bo’lib Boeing kompaniyasi kompyuter grafikasi tadqiqotchilari Verne Hudson va William Fetter tomonidan kashf etilgan. Iboraning qisqartma shakli CG (Computer Graphics) bo’lsada, ba’zan uni CGI («Computer Generated Imaginary», ya’ni kompyuterda hosil bo’lgan tasavvur) deb talqin qilinadi. Kompyuter grafikasi o’z ichiga oladigan asosiy yo’nalishlar: interface design (interfeys dizayn), sprite graphics (sprayt grafiks), vector graphics (vektor grafika), 3D modeling (3D modellash), shaders (sheyders), GPU design (GPU dizayn), computer vision (kompyuter vision) va boshqalar hisoblanadi. Uning asosiy metodikasi asosan, geometriya, optika va fizika fanlariga mutloq bog’liqdir. Kompyuter grafikasining vazifasi san’at va tasviriy ifodani foydalanuvchiga samarali va mazmunli aks ettirish va harakatlanuvchi dunyodan olingan obyektga ishlov berishdan iborat. Zamonaviy kompyuter grafikasi rivojining ilmiy bashoratchilari XX asr o’rtalarida yaratilgan elektronik enjenerlashtirish, elektronikalar, televideniya asosidir. Aka-uka Lumierelar 1895-yildan boshlab sahnalarda namoyish etilgan filmlarda ishlanadigan maxsus effektlar yaratish maqsadida birinchi bo’lib hiralikdan (mattes) foydalanganlaridan keyin ekranlar haqiqiy san’atni namoyish eta boshladi, biroq bu davrda jarayon namoyishi imkoniyatlari chegaralangan va tezkorligi sust edi. Birinchi katod nur quvuri Braun tube (“Braun quvuri”) hisoblanib, u 1897-yilda yaratilgan. U keyinchalik ossillaskop va sohaning eng mukammal bashoratchilaridan bo’lgan xarbiy boshqaruv paneliga imkoniyat yaratib berdi, zero ular dasturchi yoki foydalanuvchi uzatkichiga javoban birinchi 2 o’lchamli elektronik displey bilan ta’minlangan edi. Shunga qaramay, kompyuter grafikasi kuchli nazorat davrida bo’lgan 1950-yillarga qadar e’tibordan chetda qolib ketdi. Ikkinchi Jahon Urushi davrining notinch vaziyati tufayli universitet va laboratoriyalar birlashmasidan iborat bo’lgan tadqiqotchilar jamoasiga yanada rivojlangan kompyuterlar ustida tadqiqotlar o’tkazishga talab va nazorat kuchaytirildi hamda shu tufayli AQSH armiyasi radar, rivojlangan aviatsiya va raketa kabi so’nggi takomillashgan texnologiyalar bilan urush davomida ta’minlandi. Natijada bunday turdagi yangi proyektlar ulkan hajmdagi ma’lumot ishlab chiqarishga zarurat kelitirib chiqardi va bu kompyuter grafikasi taraqqiyotiga yo’l ochib berdi.

Kompyuter grafikasi yordamida kompyuterni tushunib, u bilan o’zaro hamkorlikda hayoliy tasvirimizni yaratish oson kechadi. Kompyuter grafikasi rivojlanishi ko’pgina axborot vositalariga sezilarli darajada ulkan ta’sir ko’rsatdi va animatsiya, film, reklama, video o’yinlar umumiy olganda, grafik dizayn olamidagi inqilobga sabab bo’ldi. Kompyuter grafikasi atamasi juda keng ma’noni – “kompyuterdagi yozuv va tovushdan tashqari deyarli barcha narsalarni” ifodalay oladi. Odatda, kompyuter grafikasi atamasi bir qancha ma’nolarni ifodalaydi:tasviriy ifodaning kompyuter tomonidan namoyish etish va harakatlantirish(boshqarish);suratni yaratish va harakatlantirishda qo’llaniladigan kompyuter ilmi sohasiga kiruvchi (uni ichidagi, mansub) soha bo’lib, raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarishning usullarini o’rganadi.


Kompyuter grafikasi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Kompyuter tasviri hozirda televideniyeda, gazetalarda, masalan, ob- havo yangiliklari yoki tibbiy tekshiruv va jarrohlik muolajalarining barcha turlarida keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Yaxshi ishlangan grafika murakkab statistikalarni tushunish va talqin qilishga qulay bo’lgan tarzda ifodalay oladi. Axborot vositalarida bunday grafikalar gazetalar, yangiliklar, hisobotlar va boshqa ko’rgazmali materiallarda foydalaniladi. Hayoliy narsani ko’rsatib berish uchun ko’plab kuchli manbaalar rivojlantirildi. Kompyuter tasavvurni hosil qilishni bir necha turlarga ajratadi: 2 o’lchamli (2D), 3 o’lchamli (3D) va jonlangan grafika (animated graphics). Texnologiya rivojlanib borishi bilan 3D kompyuter grafikasi ham keng ommalasha boshladi, biroq 2D kompyuter grafikasi haligacha keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarish(harakatlantirish) usullarini o’rganadigan kompyuter ilmi sohasi kompyuter grafikasimi yuzada keltirdi. O’tgan o’n yil mobaynida axborot vizualizatsiya va 3 o’lchamli hodisalar (arxetekura, metrologiya, meditsina, biologiya va hokazo) asosiy hisoblangan maxsus vizualizatsiyalar kabi ixtisoslashgan sohalar keng miqyosda rivojlandi.

Download 326 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish