10
Fanning predmetini chuqur o‗rganish shuni ko‗rsatadiki,
munosabatlarda bir tomonlama zo‗ravonlik munosabati bo‗lguday
bo‗lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‗z daromadlari, boshqa soliq
ob‗ektlarini har xil yo‗llar bilan yashiradi.
Bunday hollarda har
qanday xuquqiy hujjatlarning ham kuchi etmay qolishi mumkin.
Daromadlarni,
soliq
ob‗ektlarini
yashirish
holati
ham
munosabatlarni buzadi. Demak, soliqlar va soliqqa tortish fanini
chuqur o‗rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini
muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.
Fanning vazifalari soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari
xodimlarini nazariy jihatdan qurollantirish hamda amaliyotda
adashmaslik uchun yo‗l - yo‗riqlar ko‗rsatishdan iboratdir.
Shuningdek, soliq solish sohasidagi dastlabki umumiy termin
hamda tushunchalar mazmunini o‘rganishdan iborat.
Demak, fanning asosiy funktsiyasi
yuqori malakali soliq
mutaxassislari tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy
jihatdan uslubiy qo‗llanmalar bilan ta‗minlashdir.
Har bir fanning shakllanishi fanning predmetini shakllanishi
bilan birgalikda, uning ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan
ham bog‗liq. Har qanday fanni o‗rganishdagi
usullar umumiy
tavsifga ega, lekin har bir fan o‗z predmetidan kelib chiqib, o‗zining
ilmiy bilish usullariga ega. Shuning uchun, fanni o‗rganishdagi
usullar umumiyva alohida usullarga bo‗linadi.
Tabiat, jamiyat va tafakkurning rivojlanish qonunlarini
o‗rganishning birdan-bir to‗g‗ri ilmiy usuli dialektik usuldir.
Shuning uchun, ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu
jumladan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish fanining ham nazariy
va metodologik asosini tashkil etadi. Dialektik usul shuni
ko‗rsatadiki, rivojlanish quyidan yuqoriga qarab sodir bo‗ladi.
Bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivoj topib boradi. Shuning
uchun, ushbu usul tadqiqotning induktsiya va deduktsiya usullarini
o‗z ichiga oladi.
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil
qilinadigan bo‗lsa - bu induktsiyadir. Avval,
boshdanoq barcha
xususiy hollarni o‗z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu -
deduktsiyadir.
11
Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi «Kasbiy faoliyat
asoslari» fanining ham o‗ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud.
Ulardan biri ilmiy abstraktsiya usulidir. Ilmiy abstraktsiya usulining
mohiyati shundan iboratki, bunda tahlil paytida ob‘yektning faqat
bir tomoniga, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tibor
qaratiladi va halal berishi mumkin bo‗lgan ikkinchi darajali
unsurlarning ta‘siri e‘tiborga olinmaydi.
«Kasbiy faoliyat asoslari»
fani shuningdek, o‗z predmetini
o‗rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi.
Tahlil - bu o‗rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va
ularni izchillik bilan tahlil qilish, bo‗lsa, sintez esa, o‗rganilgan
qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon
deb qarab, umumiy xulosa chiqarishdir.
Soliqlarga doir murakkab
nazariy masalalar mana shu yo‗l bilan o‗rganiladi.
Fan o‗z predmetini o‗rganishda makroiqtisodiy va
mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‗shib olib borish muhim o‗rin tutadi.
Soliqlarning
nazariy
masalalarini
mikroiqtisodiy
jihatdan
o‗rganishda iqtisodiyotning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lgan xo‗jalik
yurituvchi subyektlar nuqtai-nazaridan, ular bilan davlat budjeti
o‗rtasidagi munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan
tahlil
etishda esa, davlat miqyosida, ya‘ni soliqlarning nazariy
masalalari makroiqtisodiy darajada o‗rganiladi.
Shuningdek, fan o‗z predmetini o‗rganishda taqqoslash,
statistik, grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni
davrlar bo‗yicha taqqoslash,
soliq turlarini tasniflash, soliq
tol‘ovchi sub‘ektlarni tasniflash, davlat soliq idoralari faoliyatini
o‘rganish, ular faoliyatidagi o‗zgarishlarni aniqlash, ularga nazariy
jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalarga
ta‘sirini grafik usulida tasvirlash va shu kabilardir. Masalan,
masalan yangi ishlab chiqilgan soliq
konsepsiyasini mazmuni va
ushbu konsepsiyadan ko‘zlangan maqsad hamda amaliy ish
jarayonlarini o‗zgarishini ifodalash mumkin.
Mehnatning maqsadi odam faoliyati
mazmunining muhim xarakteristikasi
hisoblanadi. Mehnatning maqsadlari
xilma-xil
bo‘lishiga
qaramasdan,
Do'stlaringiz bilan baham: