Amir Temur tuzuklari


«Temur tuzuklari» -muhim tarixiy manba



Download 21,89 Kb.
bet2/3
Sana25.12.2022
Hajmi21,89 Kb.
#895975
1   2   3
Bog'liq
Tarix

«Temur tuzuklari» -muhim tarixiy manba.


Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari G'iѐsiddin
Alining «Ro'znomayi g'azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning
«Zafarnoma», Sharafiddin Ali Yazdining «Zafarnoma», Ibn Arabshohning
«Temur tarixi» va boshqalarning qimmatli asarlari mavjuddir. Lekin,
buyuk jahongir haѐti va faoliyatiga bag'ishlangan.
«Tuzukot» ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda jahon tarixida
o'chmas iz qoldirgan mashhur davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir
Temurning yetti ѐshidan to vafotiga qadar (1342-1405 y. 18 fevralь) kechgan haѐti va ijtimoiy-siѐsiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy
hokimiyatni qo'lga kiritish, tarqoqlikka barham berish va markazlashgan
davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlarni, masalan Eron va Xurosonni o'z
tasarrufiga kiritish, Oltin O'rda xoni To'xtamishxon (1376-1395), turk
sultoni Boyazid Yildirim (1389-1402)ga qarshi va nihoyat buyuk
jahongirning Ozarbayjon, Gurjiston va Hindistonga qilgan harbiy
yurishlari ixcham tarzda baѐn etilgan. Ikkinchi qism Amir Temurning
nomidan aytilgan o'ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlaridan iboratdir.
Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining
tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini saylash,
sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat
arboblari va qo'shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar
va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko'rsatgan alohida
xizmatlarini taqdirlash tartibi va hakozolar xususida gap boradi.
«Tuzukot» ѐzish asli xitoy va turk-mo'g'ul hukmdor, xonlaridan rasm bo'lib
qolgan odat edi. Masalan, turk hoqonlardan qolgan «Qonunnoma»,
Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir (1474-1535) ѐzgan «Qonuni
346 Humoyun», Ubaydullaxon (1533-1539) topshirig'i bilan ѐzilgan «Suluk – al mulk» («Podsholarga yo'l-yo'riqlar») ular jumlasidandir.
Amir Temur o'z oldiga buyuk saltanatning ichki siѐsati va ishchan
davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish,
harbiy siѐsatni zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo'g'ul
istilosi asoratlarini tezroq bartaraf etish, xo'jalikni oѐqqa turg'izish,
savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir me'ѐrga tushirish va rivojlantirish,
aholi manfaatlarini himoya qilish, ilm-fan, madaniyat, me'morchilikni
tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko'lamda
jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo'ygan eli. Uning bunday sa'yi
harakatlari bir necha o'n yillar inqiroziy holatda bo'lgan ulkan hududni
qoloqlikdan chiqarish, uni yuqori taraqqiѐt bosqichiga ko'tarishda katta kuchg'ayrat, mablag', bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi.
«Temur tuzuklari» o'z ichiga haѐt tajribasi va sinovi boshidan o'tgan,
bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoiy shaxs, buyuk davlat
arbobining o'y-fikrlari, mushohada va kechinmalarni o'z ichiga jo qilgan.
«Tuzukot»da mazkur mulohazalar aniq-ravon tarzda, ixcham baѐn etilgan.
Sohibqironning «Saltanat ishlarining to'qqiz ulushini mashvarat, tadbir
va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur»,
degan ko'rsatmasi XXI asr siѐsat maydoni uchun, muammolarni
hamjihatlikda yechishga da'vat tarzida ko'rsatish mumkin. ―Tajribamda
ko'rilgankim, azmi qat'iy, tadbirkor, hushѐr, mard va shijoatli bir kishi
mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir‖ degan fikrlari hozirda
ham ijtimoiy haѐtda dolzarb ahamiyat kasb etsa, ―Bilagi zo'r birni, bilimi
zo'r mingni yiqar‖ degan iborasi odamni hamisha o'z aql-zakovati, ilmma'rifat asnosida haѐt kechirishga chaqiradi. Amir Temurning ―Yaxshilarga yaxshilik qildim, ѐmonlarni esa o'z ѐmonliklariga topshirdim. Kim menga do'stlik qilgan bo'lsa, do'stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzat-ikrom ko'rsatdim‖, degan so'zi uning ichki ma'naviyati boyligidan darak beradi.



Download 21,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish