Ananaviy energiya manbalari bilan tanishish Mundarija Kirish I bob. Ananaviy energiya turlari



Download 1,27 Mb.
bet7/11
Sana12.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#657605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ananaviy energiya manbalari bilan tanishish

6-rasm. Shamol energetikasi
Shamol energiyasi salohiyatini rivojlantirish
Poytaxtimizdagi Xalqaro Biznes Markazda O'zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini rivojlantirishga bag'ishlangan ikkinchi milliy anjuman bo'lib o'tdi. Anjumanda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, tabiatni muhofaza qilish davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi gidrometeorologik xizmat markazi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, “O'zbekenergo” AJ, Yoqilg'i va energiya alternativ manbalari korxonalari assotsiatsiyasi kabi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va rivojlanish institutlari vakillari qatnashishdi. Anjumanni tashkil etishda Jahon Banki guruhiga a'zo bo'lmish Xalqaro moliya korporatsiyasi, General Electric hamda Siemens kompaniyalari, Birlashgan milllatlar tashkilotining iqlim o'zgarishiga oid oxirgi Parijda bo'lib o'tgan konferentsiyasida raislik qiluvchi Frantsiya Respublikasi elchixonasi ko'maklashishdi.
Ushbu anjuman O'zbekistonda mavjud bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlarini inson xizmatiga yo’naltirishga qaratilgan yana bir muhim qadam desa bo'ladi. Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki (Jahon Banki) tomonidan qo'llab-quvvatlangan Talimarjon-So'g'diyona 500 KV elektr tarmog'ini qurish loyihasi tomonidan olib borilgan ishlarda “O'zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyatining “Talimarjon issiqlik elektr stantsiyasi” unitar korxonasi hamda Germaniyaning Intec-GOPA va GEONET kompaniyalari qatnashishdi*.
Bir yil oldin bo'lib o'tgan birinchi milliy anjumanda O'zbekistonda mavjud bo'lgan shamol energiyasi Atlasi taqdim etilgan edi. Ushbu xarita maxsus modellashtiruvchi kompyuter dasturlari yordamida ishlab chiqilgan. Dastlabki konservativ tahlil ko'rsatishicha mamlakatdagi shamol energiyasi imkoniyatlari 520 ming MVt o'rnatilishi mumkin bo'lgan quvvat va bir milliarddan oshiq megavatt-soat ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan energiyani tashkil etadi. 
Shamol atlasiga asoslangan holda «O'zbekenergo» AJ tomonidan ikkita istiqbolli hudud aniqlangan - bulardan biri Navoiy viloyatida va ikkinchisi Qoraqalpog'iston Respublikasida, ya'ni ko'plab sanoatlar rivojlangan mintaqalarda joylashgan bo'lib, ushbu hududlarda shamol energiyasi imkoniyatlarini yanada aniqroq o'lchash uchun ishlar olib borishga qaror qilingan. Har ikki hududda ham uzoq muddatli sifatli shamol shartlari mavjud bo'lib (Nukusda 60 ming MVt va Zarafshonda 75 ming MVt) ular qulay joylashgandirlar.
85 metr balandlikdagi shamol tezligi va yo'nalishini, havo zichligi va haroratini o'lchovchi asbob uskunalar o'rnatilgan meteorologik minoralar (machtalar) o'rnatildi. Olib borilgan o'lchash natijalari sun'iy yo'ldosh orqali serverga qo'shimcha tahlil uchun yuborilgan va u erda bo'lajak investitsiya loyihasi uchun shamol turbinalarining eng optimal quvvati va potentsial elektr energiya ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan hajmni aniqlash uchun ishlatildi. Shamol turbinalari parkida foydalanish uchun bozorda tayyor taklif etiladigan sanoat standartiga aylangan shamol turbinasi yechimlari, ya'ni 100 metr uzunlikdagi rotor, 100 metr balandlikda o'rnatiladigan, 3 MVt generator (34 qurilma) yiliga 102 MVt∙s ishlab chiqaruvchi uskunalar tanlangan.
Har bir hududda olib borilgan o'lchashlar natijalari quyidagilarni ko'rsatdi: Nukus hududida yillik ishlab chiqarish hajmi 326 million kVt∙s Zarafshon hududida – 358 million kVt∙s. Har ikki hududda ham qo'shimcha o'lchash natijalariga asoslangan holda loyihani kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar bor. 
Anjuman jarayonida qatnashchilar shamol energiyasiga taalluqli zamonaviy loyihalar, asbob-uskunalar va moliyalashtirish usullari bilan tanishib oldilar.
Taniqli shamol turbinalari ishlab chiqaruvchilari – General Electric, Siemens va Vestas kompaniyalari o'zlarining quruqlikda amalga oshirilgan shamol energiyasini rivojlantirish loyihalari va turbina loyihalashtirishdagi yangi texnologiyalari bilan o'rtoqlashishdi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi va Global infratuzilma jamg'armasi mutaxassislari qatnashchilarga turli moliyalashtirish sxemalari, shu qatorda davlat va xususiy sektor hamkorligi, mustaqil elektr energiya ishlab chiqarish, banklarga taqdim etilishi mumkin bo'lgan shamol energiyasini rivojlantirish loyihalari to'g'risida ma'lumot berishdi. Anjumanda bo'lib o'tgan mulohazalar natijasida O'zbekistonda ulkan shamol resurslari mavjud bo'lib tijorat nuqtai-nazaridan daromadli katta hajmdagi shamol parklarini rivojlantirishga imkoniyatlar bor degan qaror qilindi.
O'zbekiston Respublikasi va Jahon banki ““Talimarjon IESda HL-500kV Talimarjon IES – Sug'diyona PS OTQ-500kV qurilishi”” Loyihasini amalga oshirish maqsadida 110 million AQSh dollari miqdorida qarz (zayom) bitimini imzolaganlar (2011 y. 16 sentyabr). Loyihaning texnik yordam ko'rsatish komponenti doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan shamol energiyasi salohiyatini baholash dasturining keyingi ishlab chiqilishiga «O'zbekenergo» AJga texnik yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish