Аndijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarroxlik kafedrasi 3-kurs talabalari uchun maʼruza mavzusi: «Qoqshol, kuydirgi, qutirish»



Download 124,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2023
Hajmi124,9 Kb.
#929391
Bog'liq
26 mavzu Taqdimot



Аndijon davlat tibbiyot instituti 
Umumiy jarroxlik kafedrasi 
3-kurs talabalari uchun 
maʼruza mavzusi: 
«Qoqshol, kuydirgi, qutirish » 


Maʼruzaning maqsadi: 
1.
Talabalarga qoqshol, kuydirgi, qutirish 
xakida tushuncha berish
2.
Talabalarni 
qoqshol, 
kuydirgi, 
qutirishlarning 
klinik 
kechishi 
bilan 
tanishtirish
3.
Talabalarga 
qoqshol, 
kuydirgi, 
qutirishning 
asosiy 
diagnostika 
va 
davolash tomoyillarini tushuntirish 


Qoqshol. 
Qoqshol – Oʼtkir spetsifik infektsion kasallik 
boʼlib, 
organizmga 
qoqshol 
tayoqchasi 
ekzotoksinining 
taʼsiri 
natijasida 
nerv 
sistemasining 
zararlanishi 
bilan 
kechadi, 
koʼndalang targʼil mushaklarning tonik va klonik 
qisqarishi bilan namoyon boʼladi. Bu kasallik 
Gippokrat zamonasidan maʼlum boʼlib, uning 
oʼgʼli xam shu kasallik qurboni boʼlgan. 


Etiologiyasi va patogenezi 
Odam va hayvonlarda qoqsholning qoʼzgʼatuvchisi 
ekzotoksin ishlab chikaradigan, grammusbat, sporogen 
tayokcha Clostridium tetani xisoblanadi. Qoqshol tayokchasi 
hayvonlar (qoʼylar, sigirlar va boshqalar) va odam ichagida 
saprofit sifatida yashaydi (parenteral yoʼl bilan tushganida 
patogen hisoblanadi). Hayvonlarning chiqindilari bilan yerga 
tushganida qoqshol tayoqchasi uzoq vaqtgacha shu muhitda 
saqlanishi mumkin. Chang bilan klostridiylar odam terisiga, 
kiyimlari va atrof buyumlariga tushishi mumkin. Shu sababli 
infitsirlanish nuqtai nazaridan mayda tirnalishlar va 
shilingan jaroxatlar xavfli sanaladi. 


Qoqshol asosan harbiy urush davrlarida, 
ayniqsa oʼq otar qurol bilan jaroxatlanishda koʼproq 
uchraydi. Ulugʼ vatan urushi davrida qoqshol 10 000 
yaradorlarga 6-7 kasallik kuzatilgan. Tinchlik 
davrlarida qoqshol koʼpincha (80% hollarda) qishloq 
joylarida –10 000 aholiga 0.1 qoqshol bilan bemor 
toʼgʼri keladi. Аyniksa 50% holatlarda qoqshol 14 
yoshgacha 
boʼlgan bolalarda uchraydi. 80% 
holatlarda 
kasallik 
arzimagan 
maishiy 
shikastlanishlardan keyin kuzatiladi, chunki bundan 
bemorlar tibbiy yordam uchun shifokorga murojat 
qilishni lozim koʼrishmaydi. 


Inkubatsion 
davri 

kundan 
14 
kungacha. Qoqsholning kechki turlari ham 
uchraydi (juda kam hollarda 1-5 oydan 
keyin 
ham 
uchrayverishi 
mumkin). 
Inkubatsion davri qanchalik qisqa boʼlsa, 
kasallik shuncha xavfli, klinik kechishi va 
oqibati ogʼir boʼladi. Kechki qoqsholda 
kasallik nisbatan yengilroq kechadi. 


Qoqshol tayoqchasi organizmga parenteral 
yoʼl bilan tushganida kirish darvozalari soxasida 
saqlanib qoladi va shu yerda zoʼr berib 
koʼpayaveradi.
Cl. 
tetani 
ning 
ekzotoksini 
oʼzida 
tetanospazmin 
va 
tetanogemolizin saqlaydi va ular soʼrilganida 
kasallikning manzarasi rivojlanadi.
Tetanospazmin nerv tizimiga taʼsir qilib 
oʼziga xos boʼlgan mushaklarning tonik va 
klonik qisqarishiga sabab boʼladi.
Tetanogemolizin 
esa 
eritrotsitlarni 
parchalaydi. 


Toksinlar perinevral va endonevral yoʼllar 
bilan, limfatik yoʼllar orqali markaziy yoʼnalishda, 
periferiyadan 
orqa 
va 
uzunchoq 
miyaning 
harakatlantiruvchi markazlari tomon harakatlanadi. 
Bir vaqtning oʼzida ham markaziy, ham periferik 
nerv tizimiga zaharli taʼsir koʼrsatadi va ularning 
reflektor koʼzgalishiga olib keladi. Baʼzan esa 
zaharlar 
gematogen 
yoʼl 
bilan 
tarqaladi. 
Kasallikning rivojlanishiga kirish darvozalari 
sohasidagi nekrotik toʼqimalar, yot jismlar va 
yiringli choʼntakchalar turtki boʼladi. 


Qoqsholning tasnifi : 
Kirish darvozalariga koʼra 
1. Jaroxatdan keyingi (Ranevoy)
2. Kuyishdan keyingi (Ojogovыy) 
3. Inʼektsiyadan keyingi 
4. Operatsiyadan keyingi 
5. Tugʼuriqdan keyingi 
6. Chaqaloqlar qoqsholi


Tarqalishi va joylashuviga koʼra 
1. Umumiy yoki generalizatsiyalashgan 
2. Oyoq qoʼllar qoqsholi 
3. Bosh qoqsholi 
4. Tana qoqsholi
5. Аralash joylashgan qoqshol 
Mahalliy qoqshol yengil kechishi bilan ajralib turadi 
va jaroxatlar soxasida koʼproq namoyon boʼladi. 
Tetanospazminning orqa miya harakat markazlariga bir 
tekis taʼsir qilmasligi natijasida mahalliy tutqanoqlar 
paydo boʼladi. 


Klinik kechishiga koʼra 
1) Keskin kechuvchi oʼtkir qoqshol (ostrыy stolbnyak s 
burnыm techeniem)
2) Surunkali qoqshol 
3) Keskin ifodalangan qoqshol (vыrajennыy stolbnyak) 
4) Yashirin qoqshol (stertыy stolbnyak) 
Ogʼirlik darajasiga koʼra 
1. Yengil turi 
2. Oʼrta ogʼirlikdagi turi
3. Oʼta ogʼir turi 



Qoqsholning klinik manzarasi 

Prodromal davrda bosh ogʼrishi, umumiy 
xolsizlik, koʼp terlash, noanik ogʼriqlar va jaroxat 
atrofidagi mushaklarning yengilgina tortishishlari, 
chaynov mushaklarining tezda charchab qolishi 
kuzatiladi. Kasallikning asosiy simptomi skelet 
mushaklarining tonik va klonik qisqarishlari 
hisoblanadi. 
Tonik 
qisqarishlar 
uzoq 
vaqt 
qisqarishlar 
bilan 
namoyon 
boʼlsa, klonik 
qisqarishlar 
esa 
mushaklar 
qisqarish 
va 
boʼshashishlarining almashinib turishi bilan 
namoyon boʼladi.


Kasallik birdaniga boshlanadi. Chaynov va 
yuz mushaklarining tirishishi bilan boshlanib
ensa mushaklarida rigidlik paydo buladi. Jagʼ 
mushaklarining tonik qisqarishi - trizm tufayli 
bemor 
ogʼzini 
ocha 
olmaydi. 
Mimika 
mushaklarining spastik qisqarishi natijasida 
oʼziga xos soʼlgʼin kulgu – sardonik kulgu paydo 
boʼladi. Peshona va lunjlarida chuqur ajinlar – 
facies tetanica paydo boʼladi. 


Sardonik kulgudagi bemorning 
koʼrinishi:: 
Peshona, 
burun 
qirrasi va ogʼiz burchagi 
mushaklari 
taranglashgan, 
yuzi soʼlgʼin azoblangan 
koʼrinishda. 
Boʼyinning 
toʼsh-oʼmrov-soʼrgʼich 
va 
teri osti mushaklari ham 
taranglashgan. 
Bu 
qoqsholning 
ogʼir 
turi 
ekanligidan dalolat beradi.


Mushaklar qisqarishlari tezda boʼyn, tana va 
oyoq koʼllarga ham tarqaladi. Tutqanoq xurujlari 
birin ketin takrorlanadi va qasqargan mushaklarda 
keskin 
ogʼriqlar 
bilan 
namoyon 
boʼladi. 
Mushaklarning keskin koʼzgʼaluvchanligi oshgan 
boʼlib, arzimagan taʼsirotlardan ham (ovoz, 
yorugʼlik nuri, teginish) qisqarishi mumkin. Skelet 
mushaklarining tonik qisqarishlaridan bemorning 
oʼziga xos holati rivojlanadi: bemor choyshabga 
faqat tovon va ensa sohalari bilan tegib turadi, 
tanasi 
esa 
yoysimon 
koʼrinishda yuqoriga 
koʼtarilgan boʼladi. Bemorning bu holati 
opistotonus deyiladi.



Opistotnusda bemorning 
koʼrinishi


Mushaklarning qisqarishlari bemorlarning tezda 
holdan toyishiga olib keladi. Mushaklar qisqarishlarning 
oraligʼida 
ham 
mushaklarning 
boʼshashishi 
kuzatilmasdan, balki ularning taranglashuvi koʼzga 
tashlanadi.
Boshlanishida mushaklarning qisqarishlari qisqacha, 
boʼlib bir necha minutgacha davom etadi, lekin vaqt 
oʼtishi bilan bu qasqarishlarning davomiyligi uzayib 
boraveradi. Baʼzan mushaklarning qisqarishlari shu 
darajada keskin boʼlishi mumkinki bunda mushaklar 
uzilib, suyaklar sinib, umurtqa suyaklari tanasining 
kompression sinishigacha borib yetadi. Аgar qisqarishlar 
nafas mushaklarigacha tarqalsa, bemorning nafasi buzilib 
asfiksiya roʼy beradi va bemorning oʼlimiga sabab 
boʼlishi mumkin. 


Koʼrsatib oʼtilgan asoratlardan (asfiksiya, 
mushaklarning uzilishi, suyaklarning sinishi) 
tashqari 
oʼpka 
atelektazi 
va 
aspiratsion 
pnevmoniya, yiringli traxeit va traxeobronxitlar 
rivojlanishi mumkin.
Odatda bemorlarning hushi saqlangan boʼlib, 
tezda tana harorati koʼtarila boshlaydi, taxikardiya 
kuchayadi. Keskin terlash, ichak va siydik tutilishi 
kuzatiladi. 
Kasallikning 
yashin 
tezligidagi 
turlarida 
esa 
kasallikning 
1-2 
sutkalarida 
mushaklar qisqarishining choʼqqisida oʼlim sodir 
boʼladi. 


Baʼzi hollarda qoqsholning kechki turlari 
retsidiv kuzatiladi. Bu holatlar mudrab yotgan 
infektsiyaning faollashuvi tufayli yuz beradi. 
Bunda sekin astalik bilan xolsizlik rivojlanadi va 
mushaklar taranglasha boradi. Bemorlarning tana 
xarorati subfebril yoki maʼyorida boʼlishi mumkin. 
Odatda kasallik bir necha xafta yoki oylab davom 
etishi mumkin va sogʼayish bilan tugaydi. 


Differentsial tashxisi : 
Tipik holatlarda diagnoz qoʼyish qiyinchiliklar 
tugʼdirmaydi, shunga karamasdan 15% holatlarda 
diagnostik xatolar kuzatiladi. Birinchi navbatda 
malyariya, 
meningit, 
entsefalitga 
oʼxshagan 
kasalliklarni inkor qilish zarur. Kasallikni bosh 
miya shikastlaridan, kalla suyagi asosining 
sinishidan, quturishdan isteriyadan va strixnindan 
zaxarlanishdan farqlab olish zarur. 


Qoqsholni davolash: 
1. Qoqshol ekzotoksinini neytrallash va 
jaroxatni taftish qilish. 
2. Mushaklarning tonik va klonik qisqarishlar 
bilan kurash.
3. Oʼpkaning samarali ventilyatsiyasini 
taʼminlash.
4. Umumiy quvvatlantiruvchi va simptomatik 
davo. 
5. Ikkilamchi infektsiyani va asoratlarni 
oldini olish. 


Davolashni 
shikastlanishning 
muddatiga 
qaramasdan jaroxatni taftish qilishdan boshlash 
zarur. Boʼshligʼida yot jismlar (kiyim boʼlaklari, 
metal parchalari, zirapchalar) saqlovchi jaroxatlar 
ayniqsa xafli xisoblanadi. Jaroxatlarni keng qilib 
ochish, yot jismlarni olib tashlash va yiring oqib 
chiqishini taʼminlash zarur. Operatsiyadan keyin 
esa gipertonik eritmalar bilan bogʼlamlar qoʼyish 
kerak. 


Tashxis qoʼyilishi bilanoq katta dozada 
qoqsholga qarshi zardob (kattalarga sutkasiga 100 
000-150 000 АE, bolalarga 20 000-80 000 АE, 
chaqaloqlarga esa 10 000 - 20 000 АE) yuboriladi. 
Zardobni mushak orasiga Bezredka usulida 
yuboriladi. Ogʼir holatlarda esa qoqsholga qarshi 
zardobni tomir ichiga natriy xloridning izotonik 
eritmasida 1:5 nisbatda eritilgan holda yuboriladi. 
Qoqsholga qarshi zardobni 2-3 sutka davomida, 
har yuborganda 50 000 АE ga asta sekinlik bilan 
kamaytirib boriladi. 


Qoqsholga qarshi zardobning umumiy dozasi kattalar 
uchun 200 000-350 000 АE gacha yetadi. Bu doza esa 
organizmni antitoksin bilan yetarli darajada toʼyintiradi va 
davolash jarayonida uzoq vaqt davomida qonda erkin 
aylanib yuruvchi toksinlarni neytrallash uchun zarur himoya 
boʼlib xizmat qiladi; kech muddatlarda esa zardob 
yuborishga hech qanday zaruriyat qolmaydi.
Qoqsholni davolashda kasallikni qoʼzgʼatuvchisiga 
bakteriostatik taʼsir koʼrsatuvchi GBO alohida ahamiyat 
kasb etadi. Jaroxatga xirurgik ishlov berishdan oldin va 
keyin r02 3 at (294,2 kPa) rejimda GBO oʼtkazish maqsadga 
muvofiq boʼladi. 


Mushaklarning kuchayib boruvchi klonik va 
tonik qisqarishlari bilan kurash maqsadida 
narkotik va neyroleptik vositalar ishlatiladi, shu 
jumladan 
mushaklarni 
boʼshashtiruvchi 
kuraresimon 
miorelaksant 
vositalar 
ham 
buyuriladi.
Narkotik analьgetiklar (morfin, paromedol 1-2% 1 
ml dan), barbituratlar (geksenal, tiopental) 
ishlatiladi. 


Mushaklar qisqarishlarini (tutqanoq) bartaraf qilish 
uchun 25% magniy sulьfat eritmasi mushak orasiga 20-30 
ml dan barbituratlar bilan kombinatsiyada inʼektsiya 
kilinadi. Vena ichiga sibazon (diazepam, seduksen, 
relanium) kattalarga 10-30 mg dozada, bolalarga esa 2-10 
mg qilinadi va keyinchalik mushak orasiga yuborishga 
oʼtiladi.
Oxirgi yillarda mushaklar qasqarishlari bilan 
kurashda 
neyroleptik 
vositalar 
asosiy 
oʼrinlarni 
egallamokda. Koʼpincha tinchlantiruvchi, analьgetik, 
smazmolitik, antigistamin va ganglioblokator samaralardan 
foydalanilmoqda va 3 ml 1% li dimedrol (eritmada 4-5 ml 
dan sutkasiga 4-6 marta yuboriladi). Shu jumladan 
neyroleptik aralashmalar: 1-2 ml 2,5% li aminazina 
eritmasi, 3 ml 1% li dimedrol yoki 5-10 ml 0,5% li 
pipolьfen va 2 ml 1% li promedol eritmalari sutkasiga 5-6 
martadan ishlatiladi). 


Qoqshol bilan kasallangan bemorni davolash jarayoni. 


Kuraresimon vositalarda tutkanoqqa qarshi 
taʼsir kuchli ifodalangan. Mushaklar qisqarishi nafas 
mushaklariga tarqalgan va asfiksiya xavfi tugʼilgan 
holatlarda 
qisqa 
taʼsir vaqtiga ega boʼlgan 
relaksantlar (1% li ditilin eritmasi, 2% li listenon 
eritmasi, miorelaksin 3-5 ml dozada ishlatiladi) yoki 
uzoq taʼsir qiluvchi (2% li diplatsin eritmasi, 
tubokurarin, 
pirolakson, 
pavulon, 
dioksoniy, 
arduanlar 3-5 ml dozada) ishlatiladi. Sanab oʼtilgan 
vositalar faqatgina sunʼiy nafas oldirish apparatlari 
boʼlgan xolatlardagina ishlatiladi. Sunʼiy nafas 
oldirishda miorelaksantlar fraktsion usulda 10-14 
sutka davomida ishlatiladi. 


Sunʼiy nafas oldirish (SNO) (IVL) – qoqshol bilan 
kasallangan bemorlarning asosiy davolash usullaridan biri 
hisoblanadi. Ogʼir qoqshol holatlarida traxeotomiya kilib 
traxeostoma qoʼyiladi (shishiriladigan rezina obturatorli 
traxeostomik kanyula ishlatiladi, chunki intubatsion 
naychaning uzoq vaqt turishi shish chaqiradi va nekrotik 
traxeobronxit rivojlanishiga sabab boʼlib, nafas yoʼllarini 
sanatsiya qilishni qiyinlashtiradi). SNO (IVL) avtomatik 
respiratorlar yordamida amalga oshiriladi. 


Organizm 
reaktivligini 
oshirish 
uchun 
yuqori 
kaloriyali ovqatlar, vitaminlar, koʼp miqdorda suyuqliklar 
quyish lozim. Trizma va tutqanoq holatlarida bemorlar 
hatto suyuq ovqatlarini ham yuta olmaydigan darajaga 
yetgan boʼlsa burun orqali oshqozonga zond qoʼyib 
enteral ovqatlantirish yoʼlga qoʼyiladi. Zaruriyatga qarab 
yurak qon tomir va simptomatik davo qoʼllaniladi.
Ikkilamchi asoratlari bilan kurashish maqsadida 
antibiotiklar va antiseptik vositalar, jaroxatga ikkilamchi 
xirurgik ishlov berish va GBO qoʼllaniladi. 


Profilaktikasi 
Qoqsholni eng samarali profilaktikasi qoqsholga qarshi 
anatoksin bilan faol emlashdan iborat. Qoqsholning oldini 
olishga qaratilgan chora tadbirlar instruktsiyasi Oʼzbeksiton 
Respublikasi SSV ning maxsus buyrugʼida koʼrsatilgan. Bu 
instruktsiyaga koʼra qoqsholdan himoya qilish bolalikdan 
boshlanib, АKDS (adsorbirovannaya koklyushno-difteriyno-
stolbnyachnaya) va АDS-M (adsorbirovannaya difteriyno-
stolbnyachnaya) vaktsinalari va kttalarni qoqshol anatoksini 
(АS-anatoksin) bilan emlanadi. 


Emlashning toʼla kursi oʼtilganidan keyin 
organizm anatoksinni qayta yuborilishiga tezda 
antitelolar ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʼladi. 
Faol emlashning toʼla kursi birlamchi vaktsinatsiya 
va revaktsinatsiyani oʼz ichiga oladi. Qoqsholga 
qarshi immunitetni yetarli darajada saqlab turish 
uchun kattalarda 10 yil oralatib davriy ravishda 
qoqshol anatoksinini bir martalik inʼektsiya qilish 
bilan revaktsinatsiya oʼtkaziladi. 


Shoshilinch profilaktikasi 
toʼqimalarning shikastlanishlarida (jaroxatlarda, 
kuyishlarda, sovuq urishlarida), kasalxonadan tashqaridagi 
(vnebolьnichnыy) abortlarda, toʼqimalar gangrenalarida va 
oshqozon ichak traktining teshib kiruvchi shikastlarida 
amalga oshiriladi. Shoshilinch profilaktikani jaroxatga 
birlamchi jarrohlik ishlovi berishdan boshlanadi va u 
nospetsifik profilaktika deyiladi, bu esa maxsus (spetsifik) 
profilaktika bilan toʼldiriladi. 


Qoqshol shoshilinch profilaktikasining shart 
sharoitlari va texnikasi 
1 ml qoqshol anatoksin mushak orasiga yuboriladi va boshqa 
shprits bilan mushak orasiga 250 ME qoqsholga qarshi odam 
immunoglobulini (protivostolbnyachnogo chelovecheskogo 
immunoglobulina PSChI) yuboriladi. PSChI yoʼq boʼlgan 
holatlarda giperimmunizatsiyalashtirilgan otlar qonidan 
tayyorlangan 3000 ME qoqsholga qarshi zardob QQZ (PSS) 
yuboriladi.
QQZ (PSS) yuborilishi oldidan albatta 1:100 nisbatda 
suyultirilgan ot zardob bilan teri ichi sinamasi qoʼyiladi. 
Suyultirilgan zardobdan 0,1 teri ichiga yuboriladi va 
reaktsiya holati 20 minutdan keyin baxolanadi. Аgarda 
zardob yuborilgan joyda shish yoki teri giperemiyasining 
diametri 1 sm dan kam boʼlsa sinama salbiy (otritsatelьnaya) 
hisoblanadi. 


Аsoratlarini (anafilaktik shok, zardob kasalligi) 
oldini olish maqsadida sinama manfiy boʼlgan 
holatlarda PSS 0,1 ml miqdorda teri ostiga 
yuboriladi va 30 minutdan keyin qolgan dozasi 
yuboriladi.
Quyidagi shaxslarga qoqshol anatoksini faqatgina 
0,5 ml miqdorda yuboriladi: 1) emlashni toʼliq 
oʼtganligini tasdiqlovchi xujjati boʼlsayu, oxirgi 
emlashdan keyin 10 yildan kam vaqt oʼtgan boʼlsa. 
2) oxirgi 5 yil davomida anatoksinning ikkita 
inʼektsiyasini olgan boʼlsa yoki oxirgi 2 yil 
davomida bitta inʼektsiya olgan boʼlsa. 


Faol 
passiv 
profilaktikasini 
oʼtgan barcha shaxslar 
keyinchalik yana 6 oydan 2 yilgacha boʼlgan muddatda 0,5 
ml qoqshol anatoksini bilan revaktsinatsiya oʼtishlari shart.
Toʼla kursni oʼtganlik haqida hujjati boʼlgan shaxslar 
agarda oxirgi emlashdan keyin 10 yildan kamroq vaqt oʼtgan 
boʼlsa profilaktik maqsadda emlanmaydi.
Revaktsinatsiyasiz faol passiv profilaktika oʼtgan 
bemorlarga emlashdan keyin 20 kundan 2 yilgacha vaqt 
oʼtgan boʼlsa faqatgina 0,5 ml АS yuboriladi xalos.
Qoqsholda haliyam oʼlim darajasi yuqoriligicha 
qolmoqda va baʼzi mualliflarning maʼlumotlariga koʼra 20-
30% gacha yetadi, yaqin oʼtmishlarda esa bu koʼrsatkich 40 - 
60% ni tashkil qilar edi. 


Kuydirgi 
oʼtkir infekion kasallik boʼlib, qoʼzgʼatuvchisi 
teriga tushgan joyida yarali nekrotik zararlanish 
chaqirishi bilan va baʼzan esa jigar va ichaklarning 
zararlanishi va sepsis rivojlanishi bilan namoyon 
boʼladi.
Qoʼzgʼatuvchisi – kuydirgi tayoqchasi boʼlib, 
xayvonlar yoki odam organizmida vegetativ 
shaklda, tashqi muxitda esa bir necha oʼn yillar 
davomida tuproqda spora holatida saqlanadi. 


Odatda kuydirgi bilan qoʼylar va qoramollar 
kasallanadi. Odamga hayvonlarning terisi, yungi 
va goʼshti orqali yuqadi. Shu sababli kuydirgidan 
oʼlgan 
hayvonlar 
mukammal 
ravishda 
zararsizlantiriladi va yoʼqotiladi. 


Klinik 
koʼrinishi 
Inkubatsion davri qisqa, 2-7 kun, lekin 12 kundan 
ortmaydi. Klinik jihatdan kuydirgining uch turi 
tafovut qilinadi: teri, oʼpka va ichak.
Teri turi alohida ahamiyatga ega boʼlib 
kuydirgi karbunkuli paydo boʼlishi bilan kechadi. 
Koʼpincha u infenktsiyaga moyil boʼlgan joylarda 
qoʼllarda, boʼyinda va bosh soxasida paydo boʼladi. 


Kuydirgi karbunkulining 
koʼpincha joylashuv 
joylari va 
koʼrinishi 


Koʼzgʼatuvchi tushgan joyda koʼkimtir qizgʼish 
rangda pufakcha paydo boʼlib, uning atrofida 
toʼqimalar shishadi. Pufakcha yorilganidan keyin 
yara qora rangli qattiq, qalin poʼstloq (strup) bilan 
qoplanadi. Birlamchi pufakchaning atrofida yangi 
pustulalar paydo boʼlib, shish kuchayadi, regionar 
limfa tugunlar kattalashadi. Poʼstloq (strup) koʼchib 
tushadi va uning oʼrnida yara qoladi. Bir vaqtning 
oʼzida biroz yiringli ajralmali bir necha yaralar 
paydo boʼlishi mumkin. Bemorlarning umumiy 
axvoli nisbatan qoniqarli. Bakteriologik tekshirishlar 
natijasida kuydirgining qoʼzgʼatuvchisi aniqlanadi. 


Ichak turi bilan zararlangan goʼsht isteʼmol 
qilinganida, oʼpka turi bilan esa kuydirgi 
tayoqchasi sporalarining nafas (teri, moʼyna 
maxsulotlari korxonalarida) orqali tushishidan 
rivojlanadi. Ichak va oʼpka turlari keskin umumiy 
buzilishlar bilan kechib, odatda oʼlim bilan tugaydi.
Kuydirgi karbunkulini furunkuldan, oʼlat 
bubonidan va kalamush tishlagan jaroxatidan 
(sodoku) farqlay olish zarur. 


Diagnostikasi 
Tashxis qoʼyish uchun bemorning kasbini bilish 
zarur. Tashxisni tasdiqlash uchun zararlanish 
oʼchogʼidan, septik holatlarda esa – qondan, 
balgʼamdan, 
va 
axlatdan 
kasallikning 
qoʼzgʼatuvchisi ajratib olinadi. Qishloq xoʼjalik 
maxsulotlarida sporalar bor yoki yoʼqligini aniqlash 
uchun 
termopretsipitatsiya 
reaktsiyasi 
(Аskoli 
reaktsiyasi) oʼtkaziladi. Diagnostikada antraksin 
bilan teri allergik sinamasini qoʼyish muxim rol 
oʼynaydi. 


Davolash 
Ruxli, kseroformli yoki antibiotikli malham 
buyurish bilan konservativ davo oʼtkaziladi. 
Ximoyaviy granulyatsion val buzilib, kasallik 
tarqalib ketishi mumkinligi uchun operativ davo 
taqiqlanadi. Keng taʼsir doirali antibiotiklar, 50-
150 ml maxsus zardoblar salьvarsan bilan 
kombinatsiyada (0,6-1 vena ichiga ishlatiladi). 


Quturish 
Oʼtkir virusli kasallik boʼlib, markaziy nerv sistemasi 
qoʼzgʼaluvchanligining ortishi, keyinchalik esa paralichi 
va oʼlim yuz berishi bilan xarakterlanadi. Kasallik butun 
yer shari boʼylab tarqalgan. Kasallikning asosiy 
manbalari kuchuklar (odamlarda 95% holatlarda quturish 
kuchuk tishlashi bilan bogʼliq).
Quturish deyarli barcha hollarda oʼlim bilan tugaydi 
va odam uchun juda xavfli hisoblanadi. Statistika 
maʼlumotlariga koʼra (Rossiya 2006) dunyoda har yili 50 
000 odam quturish kasalligidan oʼlar ekan. 


Xayvonlarning quturishi qadimdan maʼlum boʼlib, 
Demokrit, Аristotelь va boshqalar oʼz qoʼl yozmalarida 
bu haqda toʼxtalib oʼtishgan.
L.Paster oʼz tadqiqotlari natijasida kasallikning 
qoʼzgʼatuvchisi markaziy nerv sistemasiga intilishini 
asoslab bergan. 1887 yili rumin olimi V.Babesh, 1903 
yili 
esa 
italьyan 
vrachi 
А.Negri quturishdan 
oʼlganlarning miyasidan oʼlchamlari 1 dan 27 mkm 
gacha boʼlgan kiritmalarni (vklyucheniya) topishgan. 
Bu 
Babesha-Negri 
tanachalarining 
tabiati 
haligachayam aniq emas, lekin ularning aniqlanishi 
muhim diagnostik ahamiyatga ega. 


Etiologiyasi va patogenezi 
Kasallikning 
qoʼzgʼatuvchisi 
rabdoviruslar 
guruxiga mansub. U koʼpchilik issiqqonli 
hayvonlar uchun patogen boʼlib, bemor kasallik 
klinik belgilari boshlanishidan 7-8 kun oldin 
soʼlagi 
bilan 
virus 
chiqara 
boshlaydi. 
Shikastlangan teri orqali kirgandan keyin virus 
nerv stvollari orqali bosh miyaga yetib boradi va 
unda shish, qon quyilishi va nerv xujayralarining 
degeneratsisini chaqiradi. Virus soʼlak bezlariga 
tushadi va soʼlak orqali tashqi muxitga ajraladi. 


Quturish 
maxsus 
(spetsifik) 
entsefalitga 
oʼxshab kechadi. Bir necha oydan bir 
yilgacha choʼziluvchi inkubatsion davrdan 
(koʼpincha20 90 kun) keyin boshlanadi. 
Inkubatsion 
davrning 
davomiyligi 
infitsirlanish 
dozasiga 
va 
jaroxatning 
joylashuviga 
(miyaga 
uzoq 
yoki 
yaqinligiga) bogʼliq. 


Inkubatsion 
davrdan 
keyin 
kasallikning 
prodromal davri (davomiyligi 1-3 kun),bu vaqtda 
esa kuzatiladi:
tashlangan joy shishadi 
Tishlangan joyga yaqin joylashgan nervlarda 
nevralьgiya. 
Umumiy 
madorsizlik, 
tana 
xaroratining 
oshganligi, uyquning buzilishi. 
Klinik 
koʼrinishi: 


Keyin esa kasallikning avj olish bosqichi 
boshlanadi: suvdan qoʼrqish, tamoq va 
xiqqildoq 
mushaklarining 
ogʼriqli 
qisqarishlari, baʼzan suv ichishga harakat 
qilganida nafasning toʼxtashi, keyinchalik esa 
oqayotgan suvni koʼrganda yoki ovozini 
eshitganda, yoki suv haqida gapirganda 
mushaklar qisqarishi. Xurujlar bir necha 
sekund davom etadi va soʼnadi. Shu jumladan 
psixomotor qoʼzgʼalish xurujlari kuzatiladi: 
bemorlar agressiv boʼlib qoladilar, baqiradi, 
mebellarni sindirib odamga xos boʼlmagan 
kuchlar ishlatadi. 


Diagnostikasi 
Tishlangan jaroxatning topilishi yoki xayvon soʼlagining 
shikastlangan teriga tushishi katta axamiyatga ega. 
Odamda muxim belgilardan biri bu suvdan qoʼrqish, suv 
yoki ovqatlarni koʼrganda yutish mushaklarining spazmi 
yuz berishi tufayli bemorlar xatto bir stakan suv ham icha 
olmaydilar. Xavoning bir ozgina harakati ham mushaklar 
qisqarishiga sabab boʼladi – aerofobiya. Soʼlak 
oqishining kuchayishi bunday bemorlarga xos belgilardan 
boʼlib, soʼlagi ogʼiz burchagidan doim oqib turadi.
Diagnozni laboratoriyada tasdiklash talab qilinmaydi. 


Davolash 
Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni 
qutqarib boʼlmaydi. Davolashning samarali usullari 
yoʼqligi bemorlar hayotini qutqarish muammosini 
tugʼdiradi. Bemorlar axvolini yengillashtirish uchun 
simptomatik muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni 
qorongʼi va tinch palatalarga joylashtiriladi. Harakat 
qoʼzgʼalishlarini toʼxtatish uchun sedativ vositalar 
buyuriladi, tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar 
yordamida 
bartaraf 
qilinadi. 
Nafas 
buzilishlarini 
trexeotomiya va sunʼiy nafas olish apparatiga ulash bilan 
bartaraf qilinadi. 


Profilaktikasi 
Kuchuklarda quturishni yoʼqotish maqsadida daydi 
kuchuklar yoʼqotiladi. Kasal yoki gumonli kuchuk 
tishlagan odamlar jaroxati tezlik bilan qaynatilgan iliq 20% 
li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki 
yodning spirtli nastoykasi bilan ishlov beriladi. Iloji 
boricha tezroq vaktsinatsiya oʼtkazilishi zarur. Bunda 
antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jaroxat 
devorlariga va atrof toʼqimalarga yuboriladi. Shuni bilish 
kerakki emlash kuchuk tishlaganidan keyin 14 kun ichida 
va katʼiyan emlash koidalari bilan qilinsagina samarali 
boʼladi, bu muddatdan keyin esa emlashning xojati 
qolmaydi. 

Download 124,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish