Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti



Download 1,17 Mb.
Sana22.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#690376
Bog'liq
Xudoberdiyev Yaxyobek elektr ta’minoti 335


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI
EEE YÕNALISHI 335-19 GURUH
TALABASI XUDOYBERDIYEV YAXYOBEKNING ELEKTR TA’MINOTI
ASOSIARI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI.
Mavzu: Ichki va tashqi elektr taminoti tizimi uchun elektr apparatlarni tanlash.
Reja:
1.Elektr apparatlari bõyicha umumiy ma'lumot.
2.Paket uzgichlar va qayta ulagichlar.
3.Boshqarish apparatlarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Elektr aparatlari boyicha umumiy ma'lumotlar.
Elektr aparatlar elektr energetika tizimida bevosita qatnashib elektr energiyasini ishlab chiqarish ,uzatish himoya qilish, toģirlash ,uzib ulash kabi vazifalarni bajaradi.
Elektr aparatlar bular himoya vositalari komutatsion aparatlar toģrlagichlar hisoblanadi.
Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar kiradi.
Paket ulagichlar va qayta ulagichlar (PU) ko'p bosqichli apparat bo'lib, ular tok kuchi 400A gacha, o'zgarmas kuchlanishi 220V va o'zgaruvchan kuchlanishi 380V bo'lgan kichik quvvatdagi elektr zanjirlarini ulab-uzish uchun (tez-tez bo'lmagan kommutasiyasini amalga oshirish uchun) belgilangan. SHuningdek, ulardan dvigatellarni yurgizish, revers qilish va dvigatel cho'lg'amlarining ulanish sxemasini yulduz sxemasidan uchburchak sxemasiga o'tkazishda 'am foydalaniladi.
16-3-rasmda PVM markali PU ning tuzilishi ko'rsatilgan bo'lib, u alo'ida va o'zaro bog'langan paketlar 5 'amda yuritish mexanizmi 4 lardan tuzilgan. Paket uzgichning bir qutbini 'osil qiladi 'ar bir qutbda ikkitadan uzib-ulash uchun belgilangan qismi mavjud.
Qo'zg'almas kontaktlar 1 kattagina massaga ega bo'lgan plastina shaklida latundan yasaladi. 'arakatlanadigan kontakt 2 esa PU ning kvadrat shaklidagi, izolyasiyalangan o'qiga o'rnatilgan bo'lib, aylanma xarakatga ega. Kontaktga bosim kuchi, uning xarakatlanuvchi qismi 2 dagi ulanadigan uchining elastiklik (qayishqoqlik) 'ususiyati xisobiga 'osil qilinadi.
Xarakatlanuvchi kontakt – detal 2 ga fibrali plastinalardan ikkita yuza 3 qatiriladi. Ushbu yuzalar o'rtasidagi masofa 'arakatlanuvchi kontakt qalinligidan bir oz katta bo'lib, uning paket ichida bemalol 'arakatlanishiga imkon beradi. Xarakatlanuvchan kontakt-detal yuritish mexanizmi yordamida xarakatga keltiriladi.
Yuritish mexanizmining ushlagichi aylantirilganda, avval, prujinaga ta'sir etiladi va u yuritish xolatiga kelgandan so'ng, prujina 'arakatlanuvchi kontakt-detalni zarur tezlik bilan ta'minlaydi.
Elektr zanjirini uzish jarayonida elektr yoyi kontaktlarning ikkala uzish joyida 'osil bo'lishi munosabati bilan o'zgaruvchan tok elektr yoyining ishonchli o'chirilishi ta'minlanadi. YOy, elektr toki o'zining nolp qiymatidan birinchi bor o'tishidayoq, o'chiriladi.
YUritish mexanizmining yetarli darajada ishonchli emasligi, yemirilishga qarshiligi uncha katta emasligi (20.103 martagacha ulab-uzishni amalga oshirishi) PVM uzgichlarining kamchiligi deb e'tirof etiladi.
Kulachokli PKV markali PU lar nisbatan takomillashgan PU lar deb xisoblanadi.
Rubilpniklar (uzgichlar) ga nisbatan paket uzgichlar va qayta ulagichlar quyidagi afzalliklarga ega:
—kichik o'lchamlarga egaligi va montaj qilish osonligi;
—elektr yoyining yopiq 'ajmda o'chirilishi;
—bir vaqtning o'zida bir necha zanjirni boshqarish imkoniyati;
—nominal toklarni kommutasiya qilish imkoniyati;
—turtinish va tebranishga yuqori darajada bardosh berish qobiliyati.
Boshqarish apparatlari. Bunday apparatlar toifasiga kontrollerlar, komandoapparatlar va reostatlar kiradi.
Kontrollerlar deb, dvigatelning bosh yoki qo'zg'atish zanjirlarini o'zgartirish, shuningdek, shu zanjirlarga kiritilgan qarshiliklar qiymatini o'zgartirish uchun belgilangan qo'l bilan boshqariladigan ko'p zanjirli, ko'p bosqichli apparatga aytiladi.
Kontrollerlarning uch turi mavjud bo'lib, bular baraban tipidagi, kulachokli va yassi kontrollerlardir.
Baraban tipidagi kontrollerlar yemirilishga qarshiligi nisbatan oz kontrollerlar toifasiga kiradi va soatiga cheklangan miqdorda (240 martagacha) ulash imkoniyatiga ega. SHunga ko'ra bunday kontrollerlar nisbatan kam ulab-uziladigan elektr zanjirlarida qo'llaniladilar.
Kulachokli kontrollerlar kontaktlarining kam yemirilishi, soatiga ulab-uzish miqdorini, PV=60% bo'lgan xollar uchun, 600 tagacha oshirish imkonini beradi. Kulachok tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, zanjirni uzish kulachokning bo'rtiq qismi (kengaygan qismi) xisobiga amalga oshiriladi, ulash esa purjinaning bosish kuchi xisobiga amalga oshiriladi. SHu munosabat bilan kontaktlar payvandlanib qolgan 'ollarda 'am ularni kulachok yordamida uzish (ajratish) mumkin.
Katta quvvatga ega generatorlarning qo'zg'atish maydoni parametrlarini ravon boshqarish, katta dvigatellarni yurgizish va ularning aylanish chastotalarini boshqarish uchun bir necha bosqichli boshqarish imkoniyatiga ega bo'lish kerak.
Bunday 'ollarda kulachokli kontrollerdan foydalanish maqsadga muvofiq deb xisoblanmaydi, chunki ko'p bosqichlilik 'ususiyatiga ega bo'lish apparatning o'lchamlarini keskin kattalashib ketishiga olib keladi. Dvigatelni yuritish va boshqarishda soatiga bajarilishi lozim bo'lgan ulab-uzishlar soni 10-12 martadan ortmaydi. SHu sababli kontrollerlarga yemirilishga bardoshlilik nuqtai nazaridan katta talablar qo'yilmaydi. Bunday 'ollarda yassi kontrollerlar dan keng ko'lamda foydalaniladi.
Komandoapparatlar deb, katta tok (kuchli tok) elektr apparatlarining (kontaktorlarning) boshqarish zanjirlarida ulab-uzishni ta'minlash uchun belgilangan uskuna (ji'oz)larga aytiladi.
SHushningdek, bunday apparatlar kichik quvvatdagi elektr mashinalarini, elektromagnitlarni va boshqa shu kabi iste'molchilarni manbaga ulab-uzishda qo'llaniladi.
Komandoapparatlar qo'l yordamida ishga tushirilishlari mumkin (boshqarish kalitlari, knopkalari; komandokontrollerlar) yoki nazorat etuvchi mexanizm yordamida ishga tushirilishi mumkin (yo'l (masofa) o'chirgichlari- putevqe vqklyuchateli).
Boshqarish knopkasi eng oddiy komandoappart xisoblanib, dvigatellarning yuritish, to'xtatish, revers qilishning turli sxemalarini, kuch zanjirlarining kommutasiyasini amalga oshiruvchi kontaktorlarning elektromagnitlari zanjirlarini ulab-uzishdir. Boshqarish knopkalari o'zgaruvchan tok elektromagnitlarining zanjirlarini ulab-uzishni amalga oshirishi, uning kontaktlari 60A tokni ishonchli o'tkazishini ta'minlashidr
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishimni tayyorlashim davomida õzimga kõp ma'lumotlarga ega bõldim.Ichki va tashqi elektr taminoti tizimi uchun elektr apparatlarni tanlashni õrganishim davomida paket uzgichlar ,qayta ulagichlar va boshqarish apparatlarining tuzilishi va ishlash prinsiplarini õrgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qodirov Т.М., Alimov Х.А., “Sanoat korxonalarining elektr
ta’minoti”, 0 ‘quv qoilanm a, ToshDTU. -Т .: 2006.
2.Qodirov T.M., Alimov X.A., Rafiqova G.R., “Sanoat
korxonalari va fuqaro binolarining elektr ta’minoti", O'quv
qo'llanjiia, ToshDTTJ, —Т.: 2007.
3.Taslimov A.D., Rasulov A.N., Usmonov E.G., “ Elektr
ta'm inoti” , 0 ‘quv qoilanm a, Ilm-ziyo. -Т .: 2012.
4.Taslimov A.D., Rismuxamedov D.A., Mamarasuiova F.S.
Rele himoyasi va avtomatikasi. 0 ‘quv qoilanm a. - Т.: Iqtisod
moliya. 2 0 13.
5. Xoshimov F.A., Taslimov A.D. Energiya tejamkorligi
asosiari. 0 ‘quv qoilanm a. — Т.: Voris, 2014
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish