Andijon viloyati Andijon shahar



Download 0,89 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#212606
Bog'liq
7a m.Rayyona



Andijon viloyati

Andijon shahar

Muhammad Yusuf nomidagi

Ijod maktabining 7- sinf

O’quvchisi Muhammadjonova Rayyona

O’zbek she’riyatining porloq yulduzi

( Muhamma Yusuf xotirasiga)

Hayol otiga minib XX asrning so’ngi yillariga yo’l oldim. She’riyat bo’stonidan esa Muhammad Yusufni izlay boshladim.

…Mingtepa!? Marhamat, ustoz Muhammad Yusuf tug’ilib o’sgan go’sha. Marhamat judayam sokin, lekin kimnidir intiqib kutayotgandek, kimnidir odamlar orasidan qidirayotgan-dek…

Ariq bo’yidagi yalpizlar ham Muhammad Yusufni izlayotgandek. Hatto qanotlari ojiz kapalak ham shoirni tug’ishgan singlisidek sog’inib kutyapti. Muhammad Yusuf otasini kutgandek intizor bo’lgan shotutlar hozir unga mushtoq.

Xuddi u yana qaytib keladigandek… Qirda lola shoirni kutaverib

bag’ri qon bo’lib ketibdi. Buni ko’rib men hayratda qoldim. Bir

paytlar shoirni yo’liga to’g’anoq bo’lgan chaqir tikan toshlar hamon o’sha-o’sha. Bolalik xotiralari o’tgan ko’chalar shoirni

farzandini sog’ingandek sog’inyapti. Ona Vatan esa farzandini yo’qotganidan hali ham yig’idan to’xtagani yo’q. Zilol suvlar esa,,Siz zo’r mashoyihsiz bug’doypoyalarim’’deb baralla

aytgan insonni oltin boshoqlar orasidan qidirib-qidirib topolmasdan yer qa’riga singib ketmoqda…

Fasllar kelib-ketveradi. Lekin,bahor… ko’zlarida horg’in

bir ma’yuslik. Kimgadir intiq ko’z tikayotgandek…U kimgadir atab bu go’zal ko’klamni barcha zeb-ziynatini tortiq qilgandek go’yo. Bahordagi yomg’irlar balki sog’inch ko’z yoshlaridir-a!?

Shunday hayolga cho’mib Muhammad Yusufning xonadoniga yetib keldim. Shoirning darvozasi soddalik, samimiylik, ezgulik naqshlari bilan shunday bezalgan ediki, uni ko’rgan har bir inson hayratga tushmay iloji yo’q. Bu naqshinkor darvozadan kirar ekanman, meni kuchli hayajon o’rab oldi. Nahotki,mana shu eshiklar tutqichlarini millionlab qalblardan joy olgan, sohir so’zlarini yuraklarga olib kirgan inson qo’llarini izi bo’lsa-ya!?

Shoir biz sevgan she’rlarini hayollarga berilib,fayzli hovlisining mana shu yo’laklarida yozganmikan-a!?...

Uy kamtarlik, soddalik, samimiylik deb atalmish oltindan ham qimmat ashyolardan mahorat bilan qurilgan. Muhammad Yusuf

tabiatiga xos kamtarlik uyi, beg’ubor bolaligi o’tgan qutlug’ dargoh. Lekin…beg’ubor bolaligi o’tgan kamtarlik uyi kimnidir ko’ngli qo’msayotgandek…Kimnidir shoirlar orasidan qidirayotgandek…

Ha,bu sog’inilgan buyuk inson Muhammad Yusufdir. Barcha qo’msashlar qalbdagi qo’msashdir. Chunki Muhammad Yusuf o’z she’riyati bilan barcha she’riyat ixlosmandlari qalbiga muhrlanib bo’lgan.

Muhammad Yusuf she’riyati o’zbek she’riyati olamida o’ziga xos o’ringa egadir. Uning har bir she’rini o’quvchi ,,Meniki’’ ,,Mening dilimdagi gaplar’’deb qabul qiladi. Aslida shoirning eng oliy baxti ham shundadir. U o’zbek she’riyatiga qadim navolar ohangini singdira olgan ,yangi bir to’lqin olib kira olgan sohir so’z ustasidir.,,Chinakkam shoirning qalbida sohir qush doimo sayrab turadi’’deb ta’rif beradi O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov. 1Nihoyatda kamtar, hokisor Muhammad Yusufning ko’rinishidan oddiy tuyulgan she’rlarida uyg’oq va bezovta tuyg’ular,diltortar,dilbar kechinmalar yashiringanini anglagan saring hayratga tushasan kishi.Muhammad Yusuf she’rlarini befarq o’qib bo’lmaydi.Bir qarashda oddiy tuyulgan aslida esa,ranglar zamiridagi murakkablikni ilg’ab olish qiyin.Go’yoki,ularda qandaydir ,,sir’’yashiringandek.Bu sirning sababi nimada?...

Shoirni she’rlarini o’qir ekanman ulardan nimanidir anglab olgandek bo’laman.

She’riyatda inson yuragining sir-asrori aks etadi.Inson yuragining sirli tomoni shundaki,u dunyoga avval-boshdanoq zabt etilgan holda keladi.Shuning uchun ham non deb yig’lamaydi u,obro’ deb o’kinmaydi…

Buyuk shoirlarning ijodi shuning uchun barhayotki,unda samimiylik,ezgulik,do’stlik tuyg’lari,inson tabiatiga xos hislatlar chuqur aks etib turadi.

Vatanni hech kim Muhammad Yusufdek seva olmaydi chunki,uning qalb to’ridan to’kilgan go’zal satrlari Vatanni chin ko’ngildan sevganini aytib beradi:

Bobolar kalomi tilimda doim,

Sen uchun yuragim qo’limda doim.

Sog’inaman yurgan yo’limda doim,

Vatan yagonasan dilimda doim.

U yuragini tub-tubidagi eng yaxshi,eng samimiy so’zlarini sarasini mehribon Ona Vataniga tuhfa qildi. Biz Vatanni sevishni, ardoqlashni Muhammad Yusufdan organishimiz, har kunimiz , har soniyamiz, har nafasimizda yuragimizni tub-tubida saqlab, u uchun jonimizni fido qilishga tayyor turishimiz kerak.

Barcha insonlar ham Vatanni sevaman deyishi mumkin. Lekin,uni qalban,chin ko’ngildan sevadiganlar baribir o’zgachadir. Ushbu so’zlarga isbot qilib O’zbekiston xalq yozuvchisi Ozod Sharofiddinovning hikmatli so’zlarini misol olishimiz mumkin: ,,Vatan tuyg’usi insonning o’zi bilan birga o’sib-ulg’ayadigan tuyg’u bo’lar ekan.’’

Muhammad Yusuf Vatanni yuragini to’rida o’stirgan gulday seva oldi. Har qadamida uni sog’indi.Muhammad Yusufni Vatanga bo’lgan muhabbatini qarang, ushbu so’zlaridan ham bilish mumkin:,,Agar men kimnidir Vatanimga hiyonat qilganini ko’rib qolsam yoki eshtsam,borib uni oyog’ini urib sindiraman.Mendan Ona Vatanim joningni ber deb hozir so’rasin hozir berishga tayyorman.’’ Bunday sehrli so’zlar faqat go’zal qalb egalarini qo’lidan keladi xolos.

Insonda tanlash uchun berilgan narsalar ko’p lekin, ikki tanlov borki u Alloh tomonidan bizga berilgan tuhfadir.Biz ularni tanlay olmaymiz.Ota-ona va Vatan biz uchun eng buyuk va muqaddasdir.Bu go’zallikni Muhammad Yusuf eng samimiy, eng sodda so’zlari bilan insonlar qalbiga muhrlab qo’ydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,biz o’tmishi va buguni shonli,go’zal Jannatmonand yurt farzandlarimiz.Bu yurtga chin ma’noda haqiqiy farzand bo’lmoqlik,uning kamoli uchun hissa qo’shmoqlik biz uchun sharaf va saodatdir.



1A.Oripovning fikri

Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasiga kitobidan olingan.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish