Anitik davr psixologiyasi


Mavzu: Urta asr psixologiyasi



Download 63,5 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi63,5 Kb.
#230078
1   2
Bog'liq
1363017890 42067

4. Mavzu: Urta asr psixologiyasi

Reja:

  1. Urta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi qarashlar.

  2. Iroda va tushunchalar tug`risidagi (Deterministik, Indeterministik, Realistik, Nominalistik) oqimlar.

  3. Ioann Damaskinning ruh haqidagi ta‘limoti.

  4. Abu Ali ibn Sino va ibn Rashid ruh haqida.

Platon bilan Aristotel yaratgan rux haqidagi ta‘limot urta asrlarda – Sharqla ham, g`arbda ham hukmron bo`lib qoldi. Psixologiyadagi bu oqim- keyinchalik (XVIII asrda) metafizik yoki raqionalistik psixologiya deb nom oladi.

Bu psixologiya shuning uchun ham metafizik deb ataladiki, uniig tekshirish predmeti bo`lgan - ruh, psixik proqesslar - fizik hissiy dunyo chegarasidai tashqarida mavjud 4 mohiyat, g`ayri jismoniy bir narsa deb tushuntiriladq shuning uchun ham raqionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq mulohazadan iborat edi.

Urta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi mulohazalari, asosan, ruhning mohiyati haqidagi, uning kuchi, kobiilyatlari va kelib chiqishi haqidagi, uning tana ulgandan keyingi takdiri haqidagi, ruhning tanaga bo`lgan munosabati xaqidagi masalalarga qaratilgan edi.

Ruxning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Aristotellarda qanday hal qilingan bo`lsa, huddi shunday hal qilinar edi. Ruh o`z tabiyatiga ko`ra barcha moddiy va jismoniy narsalarga qarama-qarshi quyilar edi. Ruh o`z tabiyatiga ko`ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi.

SHuningdeq asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida e‘tibor berdilar.

Masalan, Avgustin Ipponskiy (353-430 i.) birinchi bo`lib kishining boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatta ega ekanligi haqida fikr yuritgan. Irodaning ustunligi haqida, ayniqsa, Dune Skott (1265-1308 y.) ning ta‘limoti juda yaqqoldir. U ning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi.

Butun urta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqtlarda ham, filosofiya va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta urin egalladi. Bu masala bo`yicha V asrdayoq ikkita oqim -determinizm va indeterminizm paydo bo`lgan.

Deterministlar (lat. determinare — belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga buysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaruriyat bilan, o`z sabablari bilan belgilanadi, deb ta‘lim berdilar.

Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari har qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bogliq emas, deb ta‘lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta‘limot edi. Determinizlgda esa idealistik tendenqiyalar ifodalangan edi.

Umumiy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bulmaydi. Bunda ikki oqim realistlar bilan nominadistlar urtasida tortishuv ketadi.

Realistlar - umumiy tushunchalar («unibyorsallilar» usha vaqtda shunday deb atashardi) real, ob‘ektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog`liq bulmagan holda aks etadi, deb da‘vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (goya)lar dunyosi xaqidagi, har bir kishi aqlidagi bu ideyalarning tugma ekanligini haqidagi ta‘limotini takrorladilar, xolos.

Anzelm Kenterbenskiy (1033-1109 i.) va Shampolik Vilgelm (1121-1170 y.) lar realizmning eng ko`zga quringan vakillari edi.

Nominalistlar (lat. nominate - nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat predmetlarning nomlaridir, deb hisoblaydilar, Realistlarga qarama-qarshi ularoq, nominalistlar faqat individual sifatlarga ega bo`lgan alohida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb da‘vo qildilar. Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir klassga kiradigan predmetlarning hammasiga tatbiq kilinadigan so`zlardir. Nominalistlarning ta‘limotlarida ba‘zi bir urta asr mutafakkirlarining materialistik tendenqiyalari ham ifodalangan. Marks nominalizm urta asrdagi materializmning ilk ifodasidir («Mukdadas oila»da) deb yozgan. Nominalizmning eng ko`zga kuringan vakillari I.Rosqelin (1050-1125 y.), Dunyo Skott (1265-1308 i,), Vilyam Okkam (1200-1349 y.)lar edilar.

Ayrim psixik proqesslarni tushuntirishda ham ba‘zi bir psixologlarda materialistik element va tendenqiyalar namoyon bo`di. Masalan, Urta Osiyolik vrach va filosof Ibn Sino (980-1037 y.) va arab mutaffakiri Ibn Rashid (1125-1198 y.) lar Aristotelga ergashib, «sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini» urganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni ularni keltirib chikargan qo`zovchilardan farq qilish zarurligi hakidagi masalani quyadilar, ong faoliyati bilan fiziologik proqesslar urtasida ya‘ni aloqa va bog`lanishlar urnatishga intiladilar.

Qadimgi Rusda kitob madaniyati boshlanishi bilan (X-X1 asrlarda) psixologiya sohasida g`arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib topgan bo`lsa, xuddi usha xolda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi.

Bu bilimlarniy eng muhim manbai Vizantiya muqgafakkirlari Ioann Damaskning (673-777- y.) grek tili dan slavyan tiliga tarjima qilingan «Dialektika» va «haqiqiy imon haqida» degan asarlari edi,

I. Damaskin ta‘limotiga ko`ra, ruh alohida ilohiy substanqiyadir. U so`z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo`lgan gayri jismoniy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning usish va kupayish kabi funkqiyalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o`z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti – harakatlarida namoyon bo`ladi.

Ayni vaktda Damaskin ruh tanaga bogliq masalan, u biologik usishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o`zgaradi deb ta‘kidlaydi.

Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlashganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta‘siri va obrusi kurinib turibdi.

Ratsionalistik psixologiya fani taraqqiyotidagi boskichlardan biridir. Hozirgi vaktda bu psixologiyani bilish tarihiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatta ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb hisoblash mumkin.

Urta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Filosofiyaning esa mustaqil ahamiyati yo`q edi: u teologiyaning -dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta‘limotlar ham shulardan kelib chqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo`li bilan dinning ba‘zi qonun-koidalarini - ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va xokazolarni asoslash mumkin edi.



Binobarin, kapitalizm taraqqiyoti va shu munosobat bilan ilmiy metodlarning kelib chiqishi mukammalashuvi tufayli sxolastik filosofiya, uning bilan birga raqionalistik psixologiya ham o`z urin va ahamiyatini yo`qotgan.
Download 63,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish