Annotatsiya: Maqolada ferrotsenkarbon kislotaning Na LI va k LI tuzlarining mosh va loviya urug’larini unib chiqishiga ta’siri haqida so’z boradi



Download 32,16 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2021
Hajmi32,16 Kb.
#70504
  1   2
Bog'liq
Akbarova M. maqola uchun.


Annotatsiya: Maqolada ferrotsenkarbon kislotaning Na li va K li tuzlarining mosh va loviya urug’larini unib chiqishiga ta’siri haqida so’z boradi.

Аннотация: в статье рассматривается влияние солей ферроценкарбоновой кислоты Na и K на всхожесть семян мха и бобов.

Abstract: the article deals with the effect of ferrocencarbonic acid salts Na and K on the germination of moss and been seeds.

Kalit so’zlar: Biostimulyator, ferrotsenkarbon kislota, natriy, kaliy, mosh, unuvchanlik .

Ключевые слова: биостимулятор, ферроценкарбоновая кислота, натрий, калий, мох, бобы, забывчивость.

Key words: biostimulator, ferrocencarboxylic acid, natrium, kalsium, moss, beans, forgetfulness

Hozirgi kunda aholi sonini oshib borishi qishloq xo’jaligiga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirmoqda. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 23 оktabrdagi PF-5853-sonli O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi farmonida nazarda tutilganidek fermer xo’jaliklarida mahsulot sifatini yaxshilash, qishloq xo’jaligida ilmiy tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo’llashni nazarda tutuvchi ilm-fan va ta’lim, axborot,maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish ustuvor vazifadir.

O’simliklarning hayot faoliyati bevosita makro va mikroelementlarga bog’liq. Ularning elementlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish orqali oziq-ovqat yetishmovchiligini kamaytirish mumkin. Buning uchun ularga mineral o’g’itlar berishdan tashqari urug’lariga biostimulyator ta’sir ettirish ham mumkin.

Biostimulyatorning asosiy vazifasi tirik organizmlar hujayrasida moddalar almashinuv jarayonida hamda qishloq xo’jaligida ekiladigan ekinlarning barvaqt unib chiqishi va o’simliklarni o’sishi hamda rivojlanishini tezlashtirib, hosildorligini oshirishdan iborat.

Biostimulyatorlarga o’simliklarni o’sish jarayonlari regulyatsiyasida ishtirok etuvchi bir qator organik birikmalar kiradi. Bu birikmalarga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardir.

Birinchidan: biostimulyatorlar o‘simliklarning yosh bargida, poya yoki ildizi

ning o‘suvchi qismlarida, ya’ni o‘sish jarayonlari aktiv bo‘lgan joylarga ko‘chiriladi.

Ikkinchidan: biostimulyatorlar o‘simliklarda haddan tashqari kam miqdorda hosil bo‘ladi va o‘z ta’sirini juda oz konsentratsiyalarda ko‘rsatadi.

Uchinchidan: biostimulyatorlarning ta’siri biron-bir kimyoviy jarayonni tezlatish bilan chegaralanmay balki bir qator kimyoviy jarayonlarni borishini boshqarishda ishtirok etadi.

Biostimulyatorlar o‘simliklarda hujayralarni bo‘linishi to‘qimalarning differensiyasi va embrogenez jarayonlarida aktiv ishtirok etadi. Ular o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy jarayon hisoblangan fermentlar hosil bo‘lishi, nafas olish, fotosintez, ildizdan oziqlanish, moddalarning ko‘chirilishi va to‘planishi kabi kimyoviy jarayonlarga ta’sir etadi.

O‘simliklarni butun hayoti, ya’ni urug‘langan tuxum, hujayraning rivojlanishidan boshlab, organizm qarishigicha bo‘lgan barcha jarayonlar biostimulyatorlar ishtirokida borishi har tomonlama aniqlangan.

Makroelementlar kaliy va natriy o’simlik hayotidagi ahamiyati yillar davomida o’rganilib kelinmoqda.

Kaliy o’simliklar uchun zarur metallar guruhiga kiradi. O’simliklar tanasida ularning quruq og’irligiga nisbatan 0,5-1,2 foiz bo’ladi. To’qimalarda kaliy boshqa kationlarga nisbatan ancha ko’p.

Kaliyning umumiy miqdori tuproqda ham boshqa elementlarga nisbatan

ko’p. Masalan, fosforga nisbatan 8-40 va azotga nisbatan 5-50 marta ko’p bo’ladi.

Tuproqda kaliy o’zlashtirilmaydigan va o’zlashtiriladigan shakllarda mavjud. Asosiy o’zlashtiriladigan shakli tuproq eritmasidagi erigan tuzlar holida uchraydi.

Bu umumiy kaliy miqdorining 0,5-2 foizini tashkil etishi mumkin.

O’simliklar kaliyni kation (K+) shaklida o’zlashtiradi. Kaliy o’simliklarning

asosan yosh va modda almashinuv jarayoni faol boradigan to’qimalarida:

meristemalar, kambiy, yosh barglar, poyalar va kurtaklarda ko’p to’planadi.

Hujayrada kaliy ion shaklida bo’lib, organik moddalar tarkibiga kirmaydi. Uning qari organlardan yosh organlarga siljish (ko’chish) qobiliyati kuchli bo’lib, bunga reutilizatsiya deyiladi.

Hujayralarda umumiy kaliyning 80 foizga yaqini vakuolalarda bo’ladi. U

hujayra shirasining asosiy kation manbasini tashkil etadi. Shuning uchun ham kaliy

o’simliklardan yuvilib chiqishi ham mumkin. Kaliyning 20 foizi hujayra sitoplazmasida joylashgan va asosan sitoplazmaning kolloid xususiyatlariga kuchli ta‘sir etadi. Kolloidlarning bo’rtishi uchun imkoniyat yaratadi va hujayraning turgor holatini saqlab turadi.

Umumiy kaliyning bir foizga yaqini mitoxondriyalar va xloroplastlar oqsillari bilan bog’langan. Bu organoidlar tuzilmasini barqaror lashtiradi. Agar

kaliy yetishmay qolsa, xloroplastlarning lamellyar va granulyar tuzilishi zararlanadi.

Mitoxondriyalarning ham membranalar tuzilmasi jarohatlanadi.

Kaliy ta‘sirida ko’p organik moddalarning to’planishi faollashadi. Buni

kraxmalning kartoshka tuganaklarida, saxarozaning shakar lavlagida, monosaxaridlarning meva-sabzavotlarda, sellyuloza-gemitsellyulozalarning

Hujayra po’stida to’planishida va boshqalarda ko’rish mumkin.

Agar kaliy yetmay qolsa, to’qimalarda natriy, magniy, kalsiy, erkin ammiak

va mineral fosfatlar to’planishi mumkin. Ayniқsa, ammiakning ortiqcha to’planishi o’simlik to’qimalari zaxarlanishiga olib keladi. O’simliklarning tashqi ko’rinishida ham o’zgarishlar bo’ladi. Barglar sarg’ayib, quriy boshlaydi. Eng yuqoridagi o’suvchi kurtaklar o’sishdan to’xtaydi va nobud bo’ladi. Umuman, kaliy yetishmasligini aks ettiruvchi belgilar o’sishning susayishi, eski barglarda tomirlar oralig’ida xloroz sodir bo’lishi, barglarning qizg’ish-binafsha rangga kirishi va boshqalardan iborat.

Natriy ham o’simliklar tanasida bo’ladi. Tuproqqa solingan natriy tuproqdagi eritma kompleksidan kaliyni va boshqa elementlarni siqib chiqarishi va shu yo’l bilan ularni o’simlik ildizlari oladigan holatga keltirishi mumkin.

Natriyning o’simliklardagi roli to’la o’rganilmagan. Tuproqdagi natriy miqdorining ko’payib ketishi o’simliklardagi kationlar balansi buzilishiga olib keladi.

Loviya ham dukkakli don ekinlar orasida ozuqalik qimmati, oqsil va vitaminlarga boy bo’lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida 22,3 % oqsil moddasi, 54,5 % uglevod, 1,7 % yog’ mavjud. Oqsillari tarkibida odam organizmiga juda kerakli aminokislotalar bor. Undan tashqari kraxmal, saxaroza, glyukozaga boy. Minerallardan temir moddasi 2,8, fosfor-2,6, magniy -4,5 va kalsiy 15 barobar go’shtdan ko’proq.

Loviya va mosh urug’larining unib chiqishiga ferrotsenkarbon kislotaning tuzlarini ta’sirini o’rganish uchun ferritsenkarbon kislota sintez qilindi. So’ngra undan tegishli tuzlar hosil qilindi. Sintez qilingan birikmalarning biostimulyatorlik faolligi Klinkevich usulida o’tkazilgan tajribalar asosida aniqlandi. Taqqoslash uchun qahrabo kislotasidan foydalanildi. Tajriba uchun biostimulyatorlarning har xil konsentratsiyali suvdagi eritmalari tayyorlandi. Eritmalarda 2 soat davomida urug’lar ivitib qo’yildi, nazorat uchun distillangan suv olindi.

O’simlik urug’I solingan petri kosachalar raqamlandi va ularning ichiga filtr qog’oz to’shaldi. Uning ustiga tegishli eritmalarda ivitilgan urug;lar bir tekisda terib qo’yildi. Har bir sinov tajribasi kamida to’rtta parallel tarzda , yonma-yon joylashgan Petri kosachalarda o’tkazildi va o’rtacha natija olindi. Bir sutkadan keyin bir xil vaqtda urug’lar distillangan suv bilan namlab turildi. Unish energiyasini hisoblash urug’lar solingandan so’ng bir sutkadan so’ng sanaldi. Har bir tajriba uchun 10 tadan urug’ olindi. Buni quyidagi jadval asosida ko’rish mumkin


Mosh


Download 32,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish