Аҳоли турмуш даражаси



Download 0,52 Mb.
bet6/23
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#216721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
AHOLINING TURMUSH DARAJASI KO’RSATKICHLARI

2-jadval




Xalqaro Mehnat Tashkilotining 117-sonli «Iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlari va me’yorlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasiga muvofiq maqbul turmush darajasini saqlab borish maqsadida davlatlar oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, salomatlik, uy-joy qurish, mehnat sharoitlari, yollanma xodimlar va mustaqil ishlab chiqaruvchilarni taqdirlash, ijtimoiy ta’minot kabi sohalarda taraqqiyotga ko‘maklashish uchun iloji boricha chora-tadbirlar ko‘rishlari lozim.*1

Aholining quyidagi to‘rtta turmush darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:

-to‘q turmush darajasi – insonning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydigan ne’matlardan foydalanish;

-normal daraja – insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to‘la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oqilona iste’mol qilish;

-kambag‘allik – mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne’matlarni iste’mol qilish;

-qashshoqlik – iste’mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne’matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan minimal turlarini iste’mol qilish.

Iste’mol byudjetlari turmush darajasi indeksi va dinamikasini me’yoriy tahliliy baholash, bashoratlash va tartibga solish hamda daromadlar sohasida asoslangan siyosat ishlab chiqishning muhim vositasidir.

Turmush darajasi indeksini hisoblash uchun turmush darajasining quyidagi komponentlari jon boshiga to‘g‘ri keladigan indeksi aniqlanadi: ovqatlanish (to‘yimliligi va oqsillarga boyligi bo‘yicha), uy mulklari jamg‘armai (solishtirma narxlarda), uy-joy (qulayliklarni qo‘shgandagi maydoni), salomatlik va sog‘liqni saqlash (umr ko‘rish davri dinamikasi, o‘lim darajasi, sog‘liqni saqlash uchun harajatlar bo‘yicha), ta’lim va madaniyat (ma’lumot olish o‘rinlari, ta’lim va madaniyat uchun ajratiladigan xarajatlar bo‘yicha), aholiga xizmat ko‘rsatish (solishtirma narxlarda) va hokazo. So‘ng oila byudjetlari statistikasi bo‘yicha ehtiyojlarning elastiklik koeffitsienti aniqlanadi. Elastiklikka teskari kattalik turmush darajasining berilgan komponenti bo‘yicha ehtiyojlar nisbiy qat’iyligining o‘lchovi sifatida qabul qilinadi. SHundan keyin har bir komponent uchun ehtiyojlar umumiy salmog‘ida berilgan ehtiyojning ulushini ko‘rsatuvchi koeffitsient topiladi. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda turmush darajasi asta-sekinlik bilan o‘sib bormoqda, ammo uning ayrim ko‘rsatkichlari rivojlangan davlatlar bilan taqqoslaganda hali ancha past.

Turmush darajasini yaxshilashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri umr ko‘rish davridir. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda taxminan 3,5 yilga qisqardi. Ta’kidlash joizki, barcha ko‘rsatkichlar va ularning klassifikatsiyalari o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Turmush darajasining o‘zgarishi turli xil omillar ta’sirida yuz beradi, ularni oqilona boshqarish aholining turmush darajasini tartibga solib borish imkonini beradi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, turmush darajasi - turli hil sabablarga bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali hodisadir. Har bir insonning turmush darajasi havo va suv muhiti, uy-joy, maishiy va ishlab chiqarish sharoitlari, iste’mol tovarlarining sifati va hajmidan boshlab, to umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat, shuningdek, siyosiy institutlarning ahvoligacha bo‘lgan qator tabiiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Ularning eng diqqatga sazovorlari - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soha va fan-texnik taraqqiyot, shuningdek, ekologiyaga (atrof-muhitga) ta’sir etuvchi omillardir.

Omillarning ta’siri tabiiy-iqlimiy sharoit va zahiralarning (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma’naviy zahiralar) mavjudligiga (yo‘qligiga) qarab kuchayishi (susayishi) mumkin. Ammo bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa mavjud emas. Masalan, YAponiya, SHveysariya kabi davlatlarda tabiiy zahiralarning kam bo‘lishiga qaramay ular eng boy davlatlardan sanaladilar. Farovonlikning yuqori darajasi aholisi ko‘p bo‘lgan davlatlar (AQSH, Germaniya, YAponiya) bilan bir qatorda kam aholili davlatlarda ham (Lyuksemburg, Finlyandiya, SHveysariya) kuzatiladi. Pokiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi davlatlarning iqlimi deyarli bir biriga yaqin bo‘lsa-da, ulardagi aholining turmush darajasi tubdan farq qiladi.

Aholining ma’lumot darajasi, kasbiy darajasi yuqoriligi, iqtisodiy faolligi, tadbirkorligi, ijtimoiy munosabatlarni mamlakatda turmush darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlovchi sabablar sifatida ta’kidlanadi. Masalan, YAponiya erishgan iqtisodiy taraqqiyotni birinchi navbatda ta’lim tizimi, millatning mehnatsevarligi, faolligi, korxonalarda mehnatning oqilona tashkil etilishi bilan bog‘lanadi.

Aholining turmush darajasi milliy boyliklarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy salohiyatga bog‘liq. Milliy boyliklar - jamiyat tasarrufida bo‘lgan moddiy zahiralar, to‘plangan mahsulotlar, iqtisodiy oborotga kirgan yoki jalb etilgan tabiiy zahiralarning yig‘indisini aks ettiradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hisobiga (ishlab chiqilgan YAlpi Mahsulot va boshqalar) milliy boylik muntazam oshib boradi (oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish).

Milliy boylik ko‘rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy shartlari, shuningdek, umuman jamiyat hayotini xarakterlaydi, ijtimoiy mahsulot hajmi esa ma’lum davr uchun ishlab chiqarish unumdorligi hamda boyliklarning iste’mol qilingan elementlarining o‘rnini to‘ldirish va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. To‘plangan boyliklar va ijtimoiy mahsulot hajmi mamlakatning iqtisodiy salohiyatini, demakki, aholining iste’moli, daromadlari, turmush darajasini oshirishning iqtisodiy imkoniyatlarini aks ettiradi. Milliy boylikning kengaytirilgan tarkibi 2-rasmda berilgan.

Milliy mulk milliy boylikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, jamiyatning moddiy farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan mol-mulklarni o‘z ichiga oladi. Uning salmog‘i va tarkibi YAlpi Ishlab chiqarish Mahsuloti va aholi farovonligini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mamlakat aholisining turmush darajasi YAlpi Ishlab chiqarish Mahsulotining hajmi va tarkibi bilan ifodalanadi. YAkuniy shaxsiy iste’mol tarkibi (shaxsiy iste’mol xarajatlari), ayniqsa, muhim ahamiyatga ega.

Iste’molning umumiy hajmida uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar ulushi yuqoriligi aholi turmush darajasi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi.



2-rasm. Milliy boyliklar tarkibi
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan Yalpi Ishlab chiqarish Mahsulotidan inson rivojlanish indeksi va mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti indeksini hisoblashda foydalaniladi. U jamiyat taraqqiyoti darajasi bo‘yicha davlatning xalqaro miqyosdagi o‘rnini belgilashda muhim ahamiyatga ega.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish