Apparat virtualizatsiyasi



Download 14,1 Mb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi14,1 Mb.
#772802
  1   2
Bog'liq
Apparat virtualizatsiyasi


Apparat virtualizatsiyasi.

Apparat virtualizatsiyasi - maxsus protsessor arxitekturasini qo'llab-quvvatlaydigan virtualizatsiya hisoblanadi. Dasturiy virtualizatsiyadan farqli o'laroq, ushbu uslub to'g'ridan-to'g'ri gipervisor tomonidan boshqariladigan izolyatsiyalangan mehmon tizimlaridan foydalanishga imkon beradi.


Apparat virtualizatsiyasi faollashtirilgan protsessorlar virtualizatsiya faollashtirilmagan protsessorlarga nisbatan unumdor ishlashi bilan farq qilinadi. Shu sababli hozirda deyarli barcha zamonaviy protsessorlar apparat virtualizatsiyasini qo’llab quvvatlaydi. Eng keng tarqalgan virtualizatsiya texnologiyalari Intel-VT va AMD-V hisoblanadi. Intel VT (Intel Virtualization Technology) real manzil rejimini virtualizatsiya qilishni amalga oshiradi. Tegishli apparat virtualizatsiyasi VT-d (kod nomi Vanderpool). Ko'pincha VMX (Virtual Machine eXtension) sifatida qisqartiriladi.
AMD-V odatda SVM (Secure Virtual Machines) deb qisqartiriladi. Kod nomi: Pacifica. Tegishli virtualizatsiya texnologiyasi IOMMU hisoblanadi. AMD-V Intel VT ga qaraganda sodda va samaraliroq.

Intel VT (Intel Virtualization Technology)


VT-x x86 platformasida Intel virtualizatsiyasi texnologiyasining qisqartirilgan nomidir. 2005-yil 13 noyabrda Intel ikkita Pentium 4 modelini (modellar 662 va 672) ishlab chiqardi, ular VT-x ni qo'llab-quvvatlaydigan birinchi protsessorlar edi. VT-x qo'llab-quvvatlash holati - "vmx"; Linuxda grep vmx /proc/cpuinfo buyrug'i bilan, Mac OS X da sysctl machdep.cpu.features bilan tekshiriladi.
2015-yilgacha, Intel tomonidan ishlab chiqarilgan protsessorlarning barchasi ham Intel VT-x ni qo'llab-quvvatlamagan. 2016-yildan hozirgi kungacha esa Intel tomonidan ishlab chiqarilgan barcha protsessorlar VT-x ni qo’llab quvvatlaydi. Shuni esda tutingki VT-x ni qo'llab-quvvatlash sSpec raqami bilan aniqlanadi va ullar hatto bir xil modellarda ham farq qilishi mumkin. Toʻliq roʻyxatni Intel veb-saytida koʻrish mumkin. http://ark.intel.com/VTList.aspx
Shuni esda tutingki, ba’zi kompyuterlarda VT-x ishlab chiqaruvchi tomonidan o’chirilgan bo’ladi. Foydalanuvchilar BIOS sozlamalari orqali VT-x virtualizatsiyasini qo'lda yoqishlari kerak bo’ladi. VT-x ni BIOS orqali faollashtirish esa keyingi sahifalarda na’muna sifatida ko’rsatib o’tilgan!
Intel 2008-yilda ishlab chiqarilgan Nehalem arxitekturasida ishlovchi protsessorlardan boshlab sahifa jadvallari uchun kengaytirilgan sahifa jadvali (EPT- Extended Page Table) virtualizatsiya texnologiyasini qo’llay boshladi.
2010-yilda keyingi avlod Westmere arxitekturasiga "cheklanmagan mehmon" texnologiyasi qo'shildi, u real rejimdagi mantiqiy protsessorni qo'llab-quvvatlashdan iborat bo’lib bundan tashqari EPT virtualizatsiyasi ishlashini ham talab qiladi.
2013-yilda e'lon qilingan Haswell arxitekturasidan boshlab, Intel gipervisor ichki virtualizatsiyasini tezlashtiradigan VMCS shadowing texnologiyasini o'z ichiga ola boshladi. VMCS (virtual machine control structure) - virtual mashinani boshqarish strukturasi - har bir virtual mashinada aniq bir nusxada mavjud bo'lgan va gipervizor tomonidan boshqariladigan xotiradagi ma'lumotlar strukturasi hisoblanadi. Turli VMlar oʻrtasida bajarilish kontekstidagi har bir oʻzgarish bilan VMCS maʼlumotlar strukturasi joriy virtual mashina uchun tiklanadi, bu esa VM virtual protsessorining holatini belgilaydi. Agar bir nechta tashqi gipervisorlar yoki ichki o'rnatilgan gipervizorlar ishlatilsa, bir nechta VMCS texnologiyasi yordami talab qilinadi. VMSC texnologiyasi VT-x texnologiyasini boshqaruvini yanada samarali qiladi vas hu sababli bu yordamchi texnologiyadan foydalaniladi.
VT-d

VT-d (Virtualization technology for directed I/O) yo'naltirilgan kiritish-chiqarish uchun virtualizatsiya texnologiyasi - bu Vanderpool kod nomi bilan atalgan hisoblash virtualizatsiyasi (VT) texnologiyasiga qo'shimcha ravishda Intel tomonidan yaratilgan kiritish-chiqarish virtualizatsiya texnologiyasi hisoblanadi. Kirish-chiqish (I/O) virtualizatsiyasi sizga PCI shinasidagi qurilmalarni (va shunga o'xshash zamonaviy shinalarni) mehmon operatsion tizimiga o'tkazish imkonini beradi, shunda u o'zining standart vositalaridan foydalangan holda ular bilan ishlashi mumkin.


Yo'naltirilgan kiritish-chiqarish Intel Virtualizatsiya texnologiyasi (VT-d) platforma virtualizatsiyasini keng qamrovli apparatlar qo'llab-quvvatlashi yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Intel VT-d texnologiyasi IA-32 (VT-x) va Itanium (VT-i) da joylashgan Virtualizatsiya texnologiyasini (VT) kengaytirishga va yangi kiritish-chiqarish qurilmalari uchun virtualizatsiyani qo’llab quvvatlashga ko’maklashadi.
Apparat virtualizatsiyasi birinchi marta Q35 chipsetida paydo bo'lgan. Hozirda esa Intel vPro texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan barcha kompyuterlar Apparat virtualizatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi.
Intel Virtualization Technology ya’ni Intel virtualizatsiya texnologiyasidan foydalanish uchun Intel protsessoriga ega kompyuter, BIOS, Virtual Machine Monitor (VMM) va ba'zi modellar uchun ushbu texnologiyani qo'llab-quvvatlaydigan muayyan dasturiy ta'minot talab qiladinadi. Xususiyatlar, unumdorlik va boshqa spetsifikatsiyalar apparat va dasturiy ta'minotga qarab farq qilishi va BIOS yangilanishini talab qilishi mumkin.
Apparat virtualizatsiya texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi protsessorlarga misol sifatida: Intel Core i7-920, Intel Core i7-940, Intel Core i7-950, Intel Core i7-870, Intel Core i7-860, Intel Core i5-650, Intel Core i5 - 660, Intel Core i5-670, Intel Core i5-540M, Intel Core i5-520M va 2016-yildan so’ng kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan barcha Intel protsessorlarini olish mumkin.

Download 14,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish