Arabcha o`zlashma so`zlar Reja



Download 55,7 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2022
Hajmi55,7 Kb.
#476292
  1   2   3
Bog'liq
Arabcha o`zlashma so`zlar


Arabcha o`zlashma so`zlar
Reja:

1..Mavzuning dolzarbligi


2. O’zbek tilshunosligida o’zlashma so’zlarning roli va
ahamiyati.
3 Arabizmlarning turkiy tillar leksikasiga o’zlashish tarixi.Mavzuning dolzarbligi

Hozirgi o’zbek tilshunosligida uning deyarli barcha sohalari bo’yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo’lmaydi.


O’zbek tili lug’at tarkibidagi arab o’zlashmalari asrimizning 50-yillarida boshqacha mafkura ta’sirida o’shanga moslab o’rganilagan edi, unda ko’pgina arab so’zlariga salbiy munosabatda yondoshilib, ular rus va rus tili orqali o’zlashgan boshqa yevropacha lug’aviy birliklar bilan zo’rma-zo’raki almashtirilgan. Arab lug’aviy birliklarining baynalmilal “qobiliyati” va imkoniyatlari ochiq-oydin inkor etilgan edi.
S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko’p qirralidir. Uning vazifasi, bir tomondan, jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo’lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy, sinonimik, so’z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir.
Turkiy tillar bo’yicha jiddiy va yirik tadqiqot ishlari olib borgan professor N.K.Dmitriev arab va turkiy tillar aloqasi masalasining qadimdan dolzarb muammo sanalganini alohida ta’kidlaydi. Olim boshqird tiliga o’zlashgan arab lisoniy elementlariga imtiyoz bergan holda, bu til leksikasidagi arabcha so’zlarni faol va nofaol qatlamlarga ajratadi. Arab lug’aviy birliklarining aktiv qatlami deganda atoqli(kishi ismlari) otlarni, diniy va kundalik turmush bilan bog’liq tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni nazarda tutadi. Passiv qatlam tushunchasi ostida adabiy til bilan ish ko’ruvchi ayrim shaxslar leksikonidagina uchraydigan arab o’zlashmalarini ko’zda tutadi.
N.K.Dmitriev e’tirof etgan mazkur fikr o’zbek tili leksikasidagi arab lug’aviy o’zlashmalari uchun ham daxldordir. Darhaqiqat, o’zbek tili leksikasidagi ko’pgina so’zlar kishi ismlari maqomida faol ishlatiladi. Malohat, Salomat, Ra’no,
Boqi, Ali, Muhammad, Muborak va boshqalar. Ziyolilar nutqida, ayniqsa, poetik nutqda ko’pchilik tomonidan ishlatilmaydigan arab o’zlashmalari ham uchrab turadiki(masalan: oraz, mansura, tatabbu, ta’riz va hokazolar), ular o’zbek tili leksikasidagi arabcha so’zlarning nofaol-passiv qatlamini tashkil qiladi. Bunday qatlamga mansub so’zlarning o’zbek tiliga badiiy nutq orqali o’zlashganligi o’z- o’zidan aniq.
Bir tildan boshqa bir tilga so’z o’zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslik fanining muhim muammolari sirasiga kiritadi. Qozon tilshunoslik maktabining namoyondalaridan biri V.A.Bogoroditskiy esa o’z tilni o’rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Tillarning o’zaro ta’siri, bir tildan boshqa bir tilga lisoniy birliklarning o’zlashishi masalalari N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ha e’tiborli o’rinda turadi. Xususan , u arab va arab bo’lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so’zlarning o’zlashishi, bunday sotsiolingvistik jarayonda o’zga til leksemalarining morfologik qiyofasidagi o’zgarishlar haqida qimmatli fikrlar bildiradi.
Mustaqil O’zbekistonimizning birinchi prezidenti Islom Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: “ Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”.1 Jahondagi rang-barang tillar dunyosining tirikchilik tarixi shuni ko’rsatadiki, tilning taraqqiyoti barcha davrlarda siyosiy tuzumning milliy tilga qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq bo’lgan. Bordi-yu, tilga davlatning munosabati ijobiy bo’lsa, tilning rivoji tezlashgan, u boyib brogan, bordi-yu, davlat tilga nopisand munosabatda bo’lsa, til rivoji sekinlashgan yoki deyarli to’xtagan, muloqot va hissiyot quroli sifatidagi vazifasi barham topgan, hatto o’lik tilga aylangan.
O’zbek xalqi o’z tilini qalbidagi tengsiz gavhar, tabiat in’om qilgan qutlug’ ne’mat sifatida asrlar davomida ardoqlab, saqlab, uning boyish, rivoji uchun qayg’urdi va kurashdi. Bu o’rinda Yurtboshimizning quyidagi fikrini eslash o’rinlidir: “…Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar mobaynida tilimizni, dilimiz va dinimizni, o’zbekning o’zligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko’ra bizning zahmatkash xalqimizga munosibdir va bu bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.2 Tilimizga bosim o’tkizilgan qiyin sharoitda ham o’zbek tili va o’zbek tilshunosligi imkoniyat datajasida rivojlandi, o’zbek tilining lug’aviy, fonetik, semantik, grammatik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlari, tarixi haqida tadqiqotlar olib borildi. “Hozirgi zamon o’zbek tili” (1956), “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (ikki jildli, 1966), “Ozbek tili grammatikasi” (ikki jildli, 1975), “O’zbek dialektologiyasidan materiallar” (I jild, 1957, II jild 1960), “O’zbek shevalari leksikasi” (1966), “O’zbek tilining izohli lug’ati” (ikki jildli, 1981) kabi fundamental tadqiqotlar yaratildi. Endilikda tilga olingan tadqiqotlar nafaqat o’zbek tili va tilshunosligi, balki o’zbek xalqining ilmiy-ma’naviy boyligiga aylandi.
Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji misli ko’rilmagan ko’lamlarni qamragan bir davrda bir tildan boshqasiga so’z o’tmasligini tasavvur etishning o’zi mushkul.Turli davlatlar bir-biri bilan xilma-xil sohalarda “olish-berish” muomalasidan qochib qutulolmaydi. Bu bugungi dunyoning inkor etib bo’lmaydigan lisoniy-mantqiy haqiqatlaridan biridir.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy
ishning maqsadi hozirgi o’zbek adabiy tili lug’at tarkibidagi arab leksik o’zlashmalarining ayrim lug’aviy-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdir. Bunda quyidagi vazifalar hal etiladi: - arab lug’aviy o’zlashmalarining leksik xususiyatlarini tavsif etish; - arab leksik o’zlashmalarining semantik xususiyatlarini tadqiq etish; - arab leksik o’zlashmalarining o’zbek tili leksikasidagi arabcha va arabcha bo’lmagan lug’aviy birliklar bilan shakldoshlik va ma’nodoshlik munosabatlarida bo’la olishini belgilash; - arab lug’aviy o’zlashmalarining o’zbek tilining lug’aviy antonimiyaga, sinonimiyaga, omonimiyaga munosabatini o’rganish.
Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiqot usuli.
Mazkur tadqiqotning metodologik asosi dialektika va uning amaldagi qonun- qoidalari sanaladi. Arab leksik o’zlashmalarini tavsiflashda system-struktur tahlil metodi bilan bir qatorda, ma’noviy komponental, nominative-onomasiologik, funksional-semantik tahlil kabi usullardan ham foydalanildi.
O’zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev, F.Abdullayev, A.P.Hojiyev, I.Q.Qo’chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, X.G.Ne’matov, A.Berdialiyev kabi olimlar tomonidan qo’llangan yo’l va usullar tadqiqot uchun muhim yo’llanma vazifasini o’tadi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish,
2 bob, 4 bo`lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat bo`lib, jami 54 sahifani tashkil qiladi.

Download 55,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish