Aralash testlar Noto’g’ri yozilgan so’z mavjud qatorni toping



Download 47,64 Kb.
bet2/4
Sana23.01.2022
Hajmi47,64 Kb.
#405058
1   2   3   4
Bog'liq
Aralash testlar yangi doc

binokor, yoqimli, ruchka, gazeta, temirchi, respublika

A) 3 B) 4 C) 6 D) 5


6. «Odam va boshqa jonivorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.

Ushbu ta’rif ovqat so`zining qaysi sinonimi haqida?

A) ovqat B) taom C) oziq D) yemish
7. Qaysi gapda to`ldiruvchi vazifasini bajargan so`z imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan?

A) Chin do`st hasadgo`ylikka yaqinlashmaydi.

B) Alisher Navoiy asarlarida tavoze haqida qimmatli fikrlar bildirilgan.

C) Shahrimiz qiyofasi mustaqillik yillarida kundan kunga go`zallashib bormoqda.

D) Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o`zaro insoniy muloqatni salomdan boshlashadi.

8. Ovqat so`zining qaysi sinonimlari juda kam qo‘llanadi?

A) xo`rak, yemish B) oziq, yemish C) taom, xo`rak D) oziq, xo`rak, yemish

9. Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan qanday nomlanadi?

A) menejer B) marketing C) menejment D) investitsiya
10. Noto`g`ri fikrni toping.

A) Ma’nodosh so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi.

B) Ma’nodosh so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi.

C) Shakldosh so‘zlar va unga yondosh paronimlarning ma’nolarini yetarli darajada farqlash, har bir so‘zning o‘z ma’nosiga muvofiq qo‘llay bilish barcha uslublar uchun zarur.

D) Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so‘zlar tashkil etadi.
11. Barglarda raqs etar shabboda,

O‘ynar sabo shaklinda kecha.

Tun bulutga ko‘tarib boda,

Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi)

Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar ishtirok etgan?

A) sinonimlar B) antonimlar C) sinonim va antonimlar D) antonim va omonimlar
12. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga

Tunda qo‘ngan shabnam aridi.

Qon yugurdi ol yonog‘iga,

Bargi g‘ubor – changdan aridi. (Saida Zunnunova)

Ushbu she’riy parchada asosi omonimlik xususiyatiga ega bo`lgan nechta so`z bor?

A) 5 B) 4 C) 6 D) 3
13. Quyidagi qaysi so`zlarda nuqtalar o`rniga bo`g`iz undoshi qo`yiladi?

1) ja…d; 2) da…lsiz; 3) a…loq; 4) mu…okama; 5) …shyorlik; 6) a…oli.

A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3

14. Qaysi gapdagi har bir so`zning asosi omonimlik xususiyatiga ega?

A) Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim.

B) Bolalarga tut qoqib bering.

C) Bo‘ldi, o‘zingni tut.

D) Bunday gap berilmagan.


15. Qo‘qon xonligida oliq-soliqlardan to‘plangan pullarni qabul qilib oluvchi, saqlovchi va xon xazinasiga topshiruvchi saroy amaldori qanday nomlangan?

A) qutidor B) yasovul C) bakovul D) tanobchi


16. …insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi shunday shirin ekanki, uning pokligiga kim ishonadi.

Ushbu gapda ishtirok etgan fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`zlarning tovush tarkibi haqidagi tog`ri hukmni toping.

A) lab undoshlari ishtirok etmagan

B) jarangli undoshlar yetakchi va ko`makchi morfema tarkibida uchraydi

C) egalik qoshimchalari qo`shilish natijasida ikki o`rinda tovush almashishi yuz bergan

D) yetakchi morfemada til o`rta tovushi uchraydi


17. Arava bo`lsa almisoqdan qolgan: yana sinibdi.

Ushbu gapda qo`llangan ibora bilan sinonim bo`la oladigan so`zni toping.

A) nozik B) kichkina C) zanglagan D) eski
18. Qaysi javobda keltirilgan barcha so`zlar to`g`ri yozilgan?

A) xassos, xalqa, xijil B) hassos, halqa, hijil

C) hassos, halqa, xijil D) hassos, xalqa, xijil
19. Qaysi javobda diversifikatsiya so`zining ma’nosi to`g`ri izohlangan?

A) Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish

B) Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi

C) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish

D) Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masaladagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi
20. Qaysi javobdagi barcha fe’llarning asosi omonimlik xususiyatiga ega?

A) Behudaga dori ichishni qo`ysangiz, dardingiz arib, sog`ayarmidingiz?

B) Bog`bon uni so`ligan deb gumon qildi-yu, yulib tashladi.

C) Jayron tog`dan tog`ga o`tib, qayerga borishini bilmasdi.

D) Karimbek mashinani yo`lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
21. Quyidagi so'zlardan nechtasi ham bir turkum, ham turli turkum doirasida omonim bo'la oladi?

tovon, savdo, o't, qon, ot

A) 5tasi B) 2tasi C) 3tasi D) 1tasi
22. U «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi, biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi.

Ushbu ta’rif tayyor so`zining qaysi sinonimi haqida?

A) muhayyo B) shay C) taxt D) hozir
23. Xato yozilgan so`zlar qatorini toping.

A) xatti-harakat, ta’mirlamoq, abstraksiya B) bema’ni, tarif, nufus

C) minba’d, shovullab, mojaro D) bultir, savsata, ma’sud

24. Rabot so`zi qanday ma’nolarni ifodalaydi?

1) Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on.

2) Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy.

3) Shahardan chetroqdagi turar-joy.

A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3


25. Dandana so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan?

A) koshin B) dahma C) kungura D) surat


26. Avaylamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq)

Berilgan sinonimlardan qaysi birida g‘amxo‘rlik, hurmat munosabati ham aks etadi?

A) avaylamoq B) ayamoq C) ardoqlamoq D) ehtiyotlamoq
27. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.

Berilgan sinonimlardan qaysi biri mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi?

A) ozor B) aziyat C) jabr D) zahmat
28. Ayyor, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston.

Ushbu sinonim so`zlardan qaysilari «ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi?

A) shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, quv

B) mug`ombir, tulki, qirriq, makkor

C) hiylagar, makkor, shayton, dog`uli

D) shayton, qilviri, mug`ombir, qirriq, tulki


29. Quyidagi qaysi gap(lar)da fonetik hodisa asosida yozilgan so'z yasovchi qo'shimcha qatnashmagan?

1. Kel, o'zbek qardoshim, aziz qo'nog'im bo'l.

2. Ko'rpaning guldor qavig'i hammani qiziqtidi.

3. O'ynoqi musiqa sadolari o'tirganlarning mudroq kayfiyatini tarqatdi.

4. O'tovda chordana qurib o'tirgan chol asta o'rnidan qo'zg'ab qo'ydi.

A) 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 4


30. Zupta so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan?

A) chaqqon B) kichik C) pishiq D) asil


31. Bajarmoq, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq.

Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so`zlar asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi?

1) do`ndirmoq; 2) o`tamoq; 3) o`rinlatmoq; 4) bajo qilmoq; 5) bitirmoq; 6) ado etmoq.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4, 6


32. Omonimlik xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar ko`rsatilgan javobni belgilang.

1) qovoq; 2) shamol; 3) qalin; 4) kishan; 5) shoh; 6) qoqi.

A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6
33. Balo, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon.

Ushbu sinonimlardan qaysi biri asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llanadi?

A) balo B) usta C) epchil D) uddaburon
34. Boshliq, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.

Berilgan sinonimik qatorning qaysi so`zlari eskirgan, kitobiy?

A) peshvo, sarvar B) ishboshi, boshchi C) xo`jayin, ishboshi D) rahbar, rahnamo
35. Quyidagi so'zlardan nechtasi ham bir turkum, ham turli turkum doirasida omonim bo'la oladi?


Download 47,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish