Arxiv muassasalari ishini tashkil etish



Download 71 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2023
Hajmi71 Kb.
#916339
  1   2
Bog'liq
Arxiv muassasalari ishini tashkil etish

ARXIV MUASSASALARI ISHINI

TASHKIL ETISH

Reja:



  1. Arxiv muassasalarini boshqarishni tashkil etish

  2. Arxivlarda mehnatni tashkil etish

  3. Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi huzuridagi Arxiv Boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining arxiv bo’limlari arxiv ishini boshqaruvchi vakolatli davlat organilari hisoblanadi. O’zR va QQR davlat arxivlari (ularning filiallari), viloyat davlat arxivlari (ularning filiallari) va Toshkent shahar davlat arxivi bevosita arxiv ishini boshqarish vakolatli davlat organlariga bo’ysunadi.
Arxiv ishini boshqarish vakolati organining faoliyatini tashkil etish tartibi hamda tuzilishi O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat arxiv muassasalarini moliyalash tegishli byudjet mablag’lari hisobiga, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Pulli xizmat ko’rsatishdan hamda moliyalashning boshqa qo’shimcha manbalaridan olinadigan mablag’lar arxiv muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda ularning xodimlarini moddiy rag’datlantirishga yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi «Arxivlar to’g’risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga binoan arxivlarni boshqarish vakolatli organlari o’z ishini tashkil etadi.
O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi:

  • hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi;

  • hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi;

  • barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi;

  • DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, ulardan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi;

  • davlat va muassasa arziqlarida saqlanayotgan hujjatlarni markazlashgan holda hisobga oladi;

  • arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi;

  • chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

  • kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish olib boradi;

  • arxiv inshootlari, laboratoriya va ustaxonalar qurilishi hamda ularni ta’mirlash masalalari bilan shug’ullanadi.

Viloyat arxiv bo’limlari ham o’z vakolati doirasida mazkur masalalar bilan shug’ullanadilar (chet el arxiv muassasalari bilan aloqa qilish, umumdavlat miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan mustasno).
Markaziy va mahalliy arxivlarni boshqarish vakolatli organlari arxiv ishining istiqbolini belgilaydi, har bir bosqichda arxiv muassasalarining ustivor vazifalarini belgilab beradi. Markaziy davlat arxivlari bevosita Bosh arxiv boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv bo’limlariga bo’ysunadilar.
Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan 3 ta vazifani bajarishga qaratilgandir: 1) vazifalarni belgilash; 2) yordam berish; 3) nazorat qilish.
Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi.
Arxiv faoliyati vaqti-vaqti bilan kompleks tarzda yoki konkret yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruvchilarning vazifalari faqatgina kamchiliklarni oshkor qilishdan emas, balki ishni yaxshilash yo’llarini ko’rsatish hamda ilg’or ish uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir.
Davlat arxiv xizmatining muhim vazifalaridan biri idoraviy arxivlarga tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qilish va muassasalarda ish yuritishni nazorat qilishdan iboratdir. Bu ish arxiv bo’limlari hamda markaziy va viloyat davlat arxivlari tomonidan amalga oshriladi. Har bir arxiv, odatga ko’ra, hujjatlarini unga topshiradigan tashkilotlar va muassasalar arxivlarining ustidan nazorat olib boradi. Ko’p xollarda davlat arxivlari xodimlari bir necha muassasalar ustidan murabbiylik qiladilar, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadilar.

Arxivlarda mehnatni tashkil qilishArxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi, tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson bo’lishi zarur.
Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan quyidagilardan iborat:

  • kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish;

  • arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini ishlab chiqish;

  • xodimlar malakasini muttasil oshirib borish;

  • mehnat intizomini mustahkamlash;

  • xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish;

  • jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish

Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab chiqilgan.
Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir. Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish;

  • Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar

Arxiv muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlari deganda arxiv ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar tushuniladi. Arxiv muassasalarida hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya, tarix, ko’makchi tarix fanlari va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hujjatlarni nashr etish hamda arxiv ma’lumotlarini tayyorlash ham ilmiy-tadqiqot ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.


Arxivlarda ilmiy izlanishlar 3 xil yo’nalishda olib boriladi: 1) nazariy tadqiqotlar; 2) amaliy tadqiqotlar; 3) ilmiy ishlanmalar
Nazariy tadqiqotlar hujjatshunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya singari fanlarning umumiy masalalariga bag’ishlanadi. Nazariy tadqiqotlar ma’lumot yig’ish, eksperimentlar o’tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarishdan iboratdir.
Amaliy yo’nalishdagi ilmiy ishlar esa nazariy tadqiqotlarga hamda amaliy tajribaga tayangan holda arxiv muassasalarining konkret ish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan.
Amaliy tadqiqotlar aksariyat hollarda ilmiy ishlanmalar yaratish bilan yakunlanadi. Ilmiy ishlanmalar ko’proq uslubiy tavsiyanomalar shaklida yoziladi. Uslubiy tavsiyanomalar arxivshunoslik sohasida olib boriladigan nazariy va amaliy ilmiy tadqiqotlarni hayotga tadbiq etish vositasidir. Uslubiy tavsiyanomalar taxminan quyidagi mavzularda bo’lishi mumkin: «Davlat arxivlari faoliyatining asosiy qoidalari», «Ish yuritishning yagona davlat tizimi» va hokazo.
Bundan tashqari konkret masalalarga bag’ishlangan uslubiy masalalar ham ishlab chiqish mumkin. Masalan, kataloglashtirish, hujjatlarni ekspertiza qilish va hokazo. Yig’majildlarning nomenklaturasi va sistemalashtirishning tarh (sxema) larini ishab chiqish, arxiv haqidagi ilmiy-ma’lumotnoma apparatini yaratish, ma’ruzalar tayyorlash bilan bog’liq ishlar ham uslubiy ishlar qatoriga kiradi.
Muhim vazifalardan biri – bu arxivlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishdir. Bu ish ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, mavzu bilan tanishish, mavzuga oid materiallar yig’ish va ularni tahlil etish, tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ishning yakuni bo’yicha hisobot yoziladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari arxivlar qoshidagi ilmiy kengashlarda, ilmiy-uslubiy kengashlarda, uslubiy kengashlar va ekspert uslubiy komissiyalarida muhokama etiladi. Bu kengashlarning yig’ilishlarida arxiv xodimlaridan tashqari chetdan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin.
Arxiv muassasalarida olib borilgan ilmiy ishlarning asosiy maqsadi – bu arxiv ishi sifatini oshirishdir. Shunday ekan ilmiy izlanishlarning natijalarini tez muddatlarda hayotga tadbiq etish muhimdir. Ilmiy izlanishlarning yakuni bo’yicha yangi davlat standartlari, yangi qoidalar va metodik qo’llanmalar nashr etiladi.
1. Respublika davlat arxivlari tizismiga kuyidagi arxivlar kiradi.
1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarkand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg`ona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib kelmokda. Farg`ona viloyat davlat arxivi fondlari, Farg`ona viloyati va Farg`ona shaxar tarixini kisman bir vaktlar Farg`ona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Kukon shaxarlarida Farg`ona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga kuyidagi uchta arxiv kiradi.
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan)
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saklanayotgan kimmat baxo xujjatlarning soni va moxiyati jixatidan Urta Osiy respublikalari MDA ichida eng yirigidir. Unda 19 asrning ikkinchi yarimidan boshlab to xozirgi kunimizgacha bo`lgan juda kup sonli xujjatlar saklanmokda. Arxivda Turkiston general gubernatorligiga qarashli xozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, Kirgiziston, Tojikiston va Kozogiston teretoriyasidagi viloyat-lar uezdlar, volostlar muassasa va korxona xamda xamda tashki-lotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha xujjatlar manashu markaziy arxivda mujassamlashtiladi. Bu xujjatlarda Turkiston-da chor xukmmatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, O`rta Osiyo xalqlarning sotsial iktisodiy axvoli tarixi xaqida ma`lu-motlar uchraydi. Arxivda turkiston ulkasidagi chor xukmatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir xujjatlar tulaligicha saklanib turibdi. Akademik V. V. Bartolvning aytishicha bosib olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv xujjatlarni saklab kolish uchun xech qanday tadbirlar kurilmagan. Ular O`rta Osiyo xalqlarining madaniyat va tarixiy yodgorliklarini saklab kolishga etarli axamiyat bnrmaganlar. XIX asrning boshlaridan oldingi arxiv fondlari saklanayotgan xujjatlar uchun tuzilayotgan kursatkich 8 bulimdan iborat.

I b o` l i m «Davlat ma`muriy boshqaruv organlari» deb ataladi. U etti bobdan iborat.


Birinchi bob — «Turkiston viloyati Boshqaruv organlari» haqidagi hujjatlar (336-fondda).
Ikkinchi bob — «O`lka tashkilotlari, ya`ni Turkiston general-gubernatori kantselyariyasi, uning Soveti. Ulug` knyaz’ Nikolay Konstantinovich Romanovning Boshqaruv ishlari, general-gubernatorlikdagi diplomatik — chinovliklar bo`limi, Buxorodagi imperatorning «siyosiy agentligi»ga oid hujjatlar (arxivning 1- fondida).
Uchinchi bob — «Xon hokimiyati organlari: Xiva xonligi kantselyariyasi, Buxoro qushbegisining boshqarmasi » hujjatlar i (126-fondda).
To`rtinchi bob — Sirdaryo viloyati boshqarmasi. Zarafshon okrugi boshlig`i, Samarqand viloyati boshqarmasi, Farg`ona viloyat harbiy gubernasi kantselyariyasi Boshqarmasi, davlat dumasiga saylov o`tkazish komissiyasi Sirdaryo viloyati bo`limi, qochoqlarni ishga joylash Farg`ona viloyati qo`mitasi kabi hujjatlar (17, 5, 18, 276, 19, 284, 274, 525-fondlar).
Beshinchi bob— shahar uezd, rayon va uchastka tashkilotlari deb nomlangan, unda Toshkent shahar boshqarma boshliqlari, Sirdaryo viloyati Qurama uezdi boshqarmasi, Jizzah Samarqand, Andijon, Qo`qon, Namangan, Skobelev, CHimyon va Uchqo`rg`on uezdlarining har xil hujjatlari (36, 360, 24, 21, 22, 20, 25, 300, 329, 23, 15, 349, 296, 172, 299, 320-fondlar).
Oltinchi bob — Jandarm-politsiya nazorati organlari» deb nomlangan va unda Turkiston rayonlarini himoya qilish bo`limlari, Ettisuv viloyati posyolkasidagi Vernan qidiruv punkti, Temir yo`l jandarm-politsiya bo`limi, Toshkent eski va yangi shahar politsiya bo`limlari, Andijon va Jizzax politsiya pristavlari haqidagi xujjatlar (461, 467, 677, 468, 462, 463, 464, 465, 620 va 531-fondlar).
Ettinchi bob — «Qamoqlar va qamoq qo`mitalari haqida» bo`lib, u materiallar 80, 270, 325, 75- fondlarda saqlanmoqda.
II bo`lim «O`z-O`zini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalar» deb nomlangan. Unda Toshkent shahar dumasi, shahar boshqarmasi, shahar umumiy xo`jalik boshqarmasi, Samarqand va YAngi Marg`ilon xo`jalik boshqarmasi va Toshkent meshchanlar oqsoqoli tashkilotlariga doir hujjatlar (Markaziy arxivning 718, 37, 472, 473, 277, 286 va 79- fondlarida) joylashgan.
III bo`lim «Sud va prokuror fondlari» deb ataladi. Bu bo`lim o`z navbatida 3 bobdan, ya`ni birinchi bob — oblast’ sudlari, ikkinchi bob — okrug sudlari va uchinchi bob—uezd sudlari, sud ijrochisi, janjallik ishlari komissiyasi, xalq sudlari, qozilar, notariuslar haqidagi xujjatlar (127, 134, 353, 178, .122, 504, 592, 593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150 va 505 fondlar)dan iborat.
IV bo`lim «Xo`jalik-iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxonalar» deb nomlanadi va etti bobdan iborat: birinchi bob — moliyaviy bo`lim (87, 88, 89, 108, 13, 497, 475, 281-fondlar); ikkinchi bob — sanoat bo`limi (41, 241, 113 va 100- fondlar), uchinchi bob — qishloq xo`jaligi (7, 356, 104, 29, 16, 163, 614, 14, 42, 9, 78 va 12- fondlar); to`rtinchi bob — savdo-sotiq bo`limi (469, 264, 90,99, 97, 93, 98" va 214-fondlar); beshinchi bob — boj olish bo`limi (471, 121, 46, 187, 306, 185-fondlar); oltinchi bob — transport bo`limi (33, 39, 538, 102, 101 va 560- fondlar) va, nihoyat, ettinchi bob — aloqa va statistika ishlari haqidagi hujjatlar (557, 43, 44, 266, 249, 269-fondlar).
V bo`lim «Ilmiy va madaniy muassasa va tashkilotlar» deb nomlangan. O`rta Osiyo ilmiy jamiyati haqida 591-fondda; Toshkent ximiya laboratoriyasi 73-fondda; 1878 yili Toshkentda tashkil qilingan qishloq xo`jaligi va sanoati ko`rgazmasi materiallari (575-fondda); Turkiston qishloq xo`jaligi jamiyati (103-fondda); Turkiston Harbiy okrugi qoshidagi astronomiya va fizika rasadxonasi xaqidagi ma`lumotlar (70- fondda); Turkiston arxeologiya havaskorlari to`garggi (71-fondda); rus imperator geografik jamiyati Turkiston bo`limi (69-fondda); imperator SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limi (361-fondda); Turkiston entomolog stantsiyasi haqida (231- fondda;; polkovnik Serebrennikovning Turkiston o`lkasi haqida to`plagan hujjatlari (715-fondda); Turkiston o`lkasidagi oliy va o`rta maktablarni boshqaruv haqidagi hujjatlar (47- fondda); Sirdaryo viloyati xalq o`quv yurti direktori haqida (48- fondda); Toshkentdagi 8 yillik erkaklar gimnaziyasi (50- fondda); Toshkentdagi real bilim yurti (64-fondda): Toshkent harbiy gimnaziyasi (51-fondda); Toshkent savdo bilim yurti (56-fondda); Toshkentdagi birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi (52-fondda); Toshkentdagi rus-tuzem maktabi (61-fondda); Toshkentdagi birinchi razryadli quyi qishloq gidrotexnika maktabi (65- fondda); O`rta Osiyo temir yo`l Bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yo`l bilim yurti (254- fondda); Samarqand xotin-qizlar gimnaziyasi (55-fondda); Skobelev xotin-qizlar xalq kutubxonasi (267- fondda) va Turkiston xalq muzeyi haqidagi hujjatlar Markaziy arxivning 72- fondida saqlanmoqda.
VI bo`lim «Jamoat tashkilotlari» deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279- fondlarda saqlanmoqda.
VII bo`lim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan. Bu haqdagi ma`lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda.
Ko`rsatkichga ilova sifatida VIII bo`limda geografik va shaxsiy ko`rsatkichlar, sharq tillaridagi ayrim so`z va terminlarga izohlar ham berilgan.
O`zbekiston Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu bebaho hujjatlar XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning boshlarigacha bo`lgan O`rta Osiyo, shu jumladan, o`zbek xalqlari tarixini, ayniqsa jonajon o`lka tarixini o`rganishda katta manba bo`lib xizmat qiladi.
Arxiv ishlari, uni tartibga solish va rivojlantirish faqat 20- yillardan keyingina to`liq amalga oshirila boshlandi. Dastlabki kunlardan boshlab arxiv ishlarini tartibga solish va qayta qurish tadbirlari amalga oshirildi. 1918 yil 1 iyunda sobiq Sovet hukumatining «RSFSRda arxiv ishlarini qayta qurish va markazlashtirish to`g`risida» deb chiqargan dekreti asosida Turkiston ASSRda, so`ng O`zbekiston SSRda ham arxiv ishlari qayta ko`rib chiqildi va markazlashtirildi.
1931 yil 20 mayda O`zbekiston Markaziy Ijroiya Qo`mitasining qaroriga asosan O`zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi tashkil etildi. O`sha paytgacha 20 — 30- yillarga doir hujjatlar O`zbekiston SSR Markaziy arxiv ishlari boshqarmasining xar xil sektsiyalarida saqlanib kelinar edi.
Tarix va madaniyat, yuridik va iqtisodiy bo`limlardagi 122 ta fonddagi 188 710 ta (ed. xr.) ish yoki hujjat 1926 yilga qadar arxiv ishlari boshqarmasining 3 sektsiyasida saqlanib keldi.
1924 yili O`rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o`tkazilishi munosabati bilan Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Sovet Xalq Respublikalari tugatilib, ularning o`rnida O`zbekiston SSR tashkil topgach, soha arxivlaridagi barcha hujjatlar O`zbekiston Markaziy davlat arxiviga topshirildi va arxiv fondlari shu hujjatlar hisobiga boyidi. SHundan so`ng, O`zbekiston SSRning barcha tashkilotlaridagi hujjatlar muntazam ravishda Markaziy arxivga kela boshladi.
Ministrlar Sovetining 1958 yil 20 noyabrdagi 750- sonli qaroriga asosan Markaziy Davlat arxivi qayta tuzilib, uning fondlari asosida o`lkani industrlash bo`limi tashkil qilindi. 1959 yilning 1 yanvariga kelib bu bo`limdagi fondlar soni 1527 taga va undagi hujjatlar soni 503 604 taga etdi. Bu esa O`zbekistonda arxiv ishlarining nihoyatda rivojlanib ketayotganligidan darak beradi. Hozirgi kunda juda ko`p sonli hujjatlar tartibga solingan, chiroyli qilib tematika asosida batartib taxlab qo`yilgan har bir fonddan xech qiynalmay foydalanish mumkin bo`lgan ko`rsatkichlar, har bir mutaxassislik bo`yicha maxsus sistematik kataloglar tuzib chiqilgan. Har bir fondga obzorlar berilgan. Xullas, arxivda saqlanayotgan juda ko`p va turli-tuman sohalarga, tarmoqlarga bo`lingan bu xujjatlardan kerakligini osongina topib foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu bo`limda Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalari va O`zbekiston SSRning tashkil topgan davrdan boshlab to hozirgi kungacha bo`lgan, davlat, jamoat va kooperativ muassasalari, respublika ahamiyatiga molik bo`lgan tashkilotlar: sud va prokuratura organlari, ilmiy-tadqiqot, o`quv-tarbiya, madaniy-maishiy, ma`rifat va maorif, kasaba soyuz va jamoat tashkilotlari hamda ayrim shaxsiy fondlar ham mavjud.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish