Asarning g‘oyasi



Download 18,57 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi18,57 Kb.
#763023
Bog'liq
5-amaliy


Badiiy asarda yozuvchi ifodalagan asosiy fikr, tasvir predmetiga bergan bahosi “asarning g‘oyasi” deb ataladi. Badiiy asardagi g‘oya san’at asarining mazmuniga asos bo‘lgan umumlashtiruvchi, emotsional obrazli fikrdir. Oddiy g‘oyalardan farqli o‘laroq, abadiy asardagi g‘oya, “badiiy g‘oya” deb ataladi. Badiiy asarda g‘oya tasvir etilgan kishilarning ruhiyati, taqdiri, voqealar va narsalarning mohiyati ichiga shunchalik singib ketadiki, bu g‘oyaga muallif tomonidan ishora qilinmagan holda ham, o‘zimiz o‘sha muallif chiqargan xulosaga kelamiz. “O‘tgan kunlar”ning so‘z boshisida asarning asosiy g‘oyalaridan biriga ishora qilingan bo‘lsa, “Mehrobdan chayon”da bunday ishora yo‘q, ammo, baribir, biz Abdulla Qodiriyning so‘nggi Qo‘qon xonlari davridagi hayotga bergan bahosini payqab olamiz.
Badiiy g‘oya obrazli fikrdir. U faqat obyektiv tasvir etilgan hayot manzarasi, kishilar taqdiri, voqealar mantiqi va mohiyatidan kelib chiqadi. Badiiy g‘oyaning yana bir xususiyati uning umumlashtiruvchiligidir. Badiiy g‘oya hayotdagi hodisa va kishilarni tipiklashtirib, individuallashtirib ifoda etadi. Badiiy g‘oya hayotdagi hamma hodisa va kishilarni ko‘rsatish yo‘li bilan emas, balki bu hodisa va kishilarning eng muhim xususiyatlarini tasvirlash orqali ifodalanadi. Otabek, Yusufbek hoji, Kumush, Homid, Musulmonqul, Azizbek, O‘zbek oyim va boshqalar XIX asr kishilari orasida eng xarakterli, ya’ni shu davrning mohiyatini yorqin ifoda etuvchi kishilardir. Ya’ni biror hodisaning mohiyatini to‘la ifoda etib olish xususiyati har bir badiiy asarning mazmunini badiiy g‘oyaga aylantiruvchi kuchli quroldir.
Badiiy g‘oya – muallifning tasvir predmetiga munosabatini yorqin ifoda etuvchi g‘oyadir. Bunday g‘oya yozuvchining hislarini ifoda etgani va shu hislarni o‘quvchiga ham yuqtira olgani uchun emotsional (ta’sirchan) kuchga ega bo‘ladi. Darhaqiqat, “O‘tgan kunlar” muallifi romanda tasvirlangan har bir kishiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lsa, o‘quvchilarda ham ularga ana shunday munosabat tug‘dira oladi.
Badiiy g‘oya – bo‘rttirilgan g‘oyadir. 19-asr hayotida feodal tuzumning chiriganini va bolalarni ota-ona orzusi bilan zo‘rlab uylantirish odatining halokati ekanini tushungan kishilar juda kam bo‘lgan. Ammo Abdulla Qodiriy o‘z diqqatini xuddi shunday kishilarga qaratadi. Ularning fazilatlari va fojiali hayotini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Feodal davrni “tariximizning eng kir, qora kunlari” tarzida tushunishning o‘zi hayotning mohiyatini chuqur anglash va bo‘rttirib ifoda etish natijasidir. Bo‘rttirilganlik, ayniqsa Otabek obrazida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Adabiy asarning bosh g‘oyasini juda muhim bo‘lishi mumkin, ammo bu asosiy g‘oya badiiy asardagi butun “G‘oyalar xazinasi”ni to‘la ifoda etolmaydi. Badiiy asardagi xilma xil g‘oyalar majmuasi asarning g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Yuqorida qayd etilganidek, “O‘tgan kunlar”ning g‘oyalaridan biri – o‘zbek xalqining tarixidagi feodal o‘tmishni, aniqroq aytganda, 19 asrda hukmron bo‘lgan ijtimoiy tuzumni, u vaqtdagi urug‘chilik va qabilaviy nizolarni “tariximizning eng kir, qora kunlari” tarzida ko‘rsatishdir.
Badiiy asarning mazmuni bosh g‘oya bilan ham, hamma “g‘oyalar xazinasi” bilan ham cheklanmaydi. Har bir badiiy asar hayotning katta kichik umumlashtirilgan manzarasidir. Hayotda esa g‘oyalar alohida yashamaydi, ular turmushning murakkab jarayonida o‘z ifodasini topadi. Shu sababli adabiy asarning mazmunida uning g‘oyaviy mazmunidan tashqari hayotiy mazmun ham bor. Yana ham to‘g‘rirog‘i, badiiy adabiyotda g‘oyaviy mazmun hayotiy mazmun doirasi ichida yashaydi. “O‘tgan kunlar”da biz mustaqillik uchun kurash g‘oyasining hayotda azaliy va abadiy hodisaga yaxshilik bilan yomonlikning kurashiga doir mo‘l “material daryosi” ichida “g‘arq bo‘lib ketgani”ning guvohi bo‘lamiz: avval Otabek bilan Homid, keyin Kumush bilan Zaynaborasidagi kurash manzaralari roman matnidan shunchalik ko‘p joy oladi. Shuningdek, romanda biz bir xalqning turli tabaqalari orasidagi noittifoqlikning turli ko‘rinishlari, ota-ona orzusiga bo‘ysunishi, karvonsaroydagi muhit, qutidor va Usta Olim kabi ko‘pgina kishilarning oilaviy hayoti, Qo‘qon xoni saroyidagi, Marg‘ilon va Toshkent hokimlari o‘rtasidagi tartiblar, Toshkentda bek zulmiga qarshi bosh ko‘targan aholining ahvoli, Yusufbek hoji xonadonidagi munosabatlar va hokazolar bilan tanishamiz. Kumush va Otabek to‘yining batafsil tasviri xalqimizning XIX asrdagi hayotining eng go‘zal tomonlari bilan tanishtiradi.
Asarning hayotiy mazmunini kengaytirishga yozuvchilar ongli ravishda intildilar. Chunki hayotning butun manzarasini hamma zaruriy tafsilotlar orqali tasvirlash asardagi g‘oyaviy niyatni badiiy g‘oyaga aylantirishga, demak, asarni ishonarli va ta’sirchan qilishga imkon beradi.
“O‘tgan kunlar” romanida XIX asr, uning voqealari va kishilari tasvirlangan. Romanning asosini tashkil etgan uch syujet – feodal tuzum davridagi zulm va noittifoqlik , “odat” va vatanparvarlik bilan bog‘liq voqealar o‘sha, XIX asrga mansubdir. Bu asr esa allaqachon o‘tib ketgan. Ammo “O‘tgan kunlar” romani bugun ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Buning sababi nima?
Buning sababi har bir odamning o‘tmish davrlar hayotini bilishga qiziqishgina emas. Buning sababi romanda tasvirlangan hayot manzarasining bugungi kun uchun ma’rifiy va estetik ahamiyatga egaligidir.
“O‘tgan kunlar”da hayot tasviri yaxshilik bilan yomonlikning kurashi tarzida ifoda etiladi. Yaxshilik bilan yomonlikning kurashi esa hayotning azaliy va abadiy qonunidir.
Shuningdek, Abdulla Qodiriy feodal tuzumning eskirgani va nobopligini fosh etar ekan, unda adolatning paymol etilganini ko‘rsatadi, xalqning va uning eng yaxshi vakillarining adolat uchun kurashini ma’qullaydi. Hatto feodal tuzumning cho‘qqisida turgan xon uchun ham adolat zarur va go‘zal narsa ekanini ko‘rsatadi. Xudoyorxon Kumushning arzini eshitishni zarur topadi. Shu suhbatdan so‘ng Otabek va Qutidorni o‘lim jazosidan ozod qiladi. Abdulla Qodiriy “ota-ona orzusi” deb atalmish odatning halokatli obiqatini tasvirlar ekan, bu bilan umuman insonning baxtini himoya etadi.
Abdulla Qodiriy Yusufbek va Otabek obrazlari orqali xalqparvarlik va vatanparvarlikni oliyjanob fazilatlar sifatida madh yetar ekan, umuman inson hayotida bu ijodiy xislatning katta roli borligini tasdiq etadi.
Abdulla Qodiriy tomonidan madh etilgan bu umuminsoniy fazilatlarning hammasi faqat XIX asr kishilari uchungina emas va faqat “O‘tgan kunlar” yaratilgan XX asr kishilar uchungina emas, hamma zamon kishilari uchun barobar qimmatga egadir. Abadiy asar mazmunining ana shu umuminsoniy xususiyati unga adabiyot baxsh etadi. Shu bilan birga, bu umuminsoniy fazilatlar har bir asarda tasvir etilayotgan zamon kishilarining ruhiyatini, ichki dunyosini yoritish orqali ifoda etiladi, odam psixikasi esa kam o‘zgaruvchan hodisadir. Shuning natijasida uzoq o‘tmishdagi kishilar taqdiri yangi zamon kishilari uchun doimo qiziqarli bo‘lib qoladi. Bu hol ham abadiy asarning umrboqiyligini ta’minlovchi omillardan biridir.
A.Frans “Insoniyat tarixi” hikoyasida asarning asosiy g‘oyasini kitobxonga etkazish uchun shohning olimlarga insoniyat tarixini yozishni topshirganini, bu topshiriq olimlar tomonidan qanday bajarilganini va nihoyat, shoh bu tarixini o‘qiy olmay, ammo faqat tarixning mazmuni haqidagi fikrni eshitib, dunyodan o‘tganini hikoya qiladi. Ya’ni muallif o‘z g‘oyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmaydi, balki g‘oya “hayotda bo‘lgan bir voqea”ning tasviri orqali ifoda etadi.
G‘oya hayotning o‘zida kechgan voqea va hodisalarni mushohada qilish tufayli hosil bo‘lganidek, adabiy asarning g‘oyaviy mazmuni ham unda tasvir etilayotgan voqeaning bevosita mushohada etilishi natijasida o‘quvchi zehnida tug‘iladi. Asarda hikoya qilinayotgan voqea “syujet”deb ataladi.
Download 18,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish