Asbob-uskuna tanlash uchun hisoblash shartlari


Avtomatik havo uzgichlari



Download 2,97 Mb.
bet7/15
Sana20.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#827685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
5. El stansiya o\'tkaz va el asbob uskuna tanlash

Avtomatik havo uzgichlari
Avtomatik havo uzgichlari nonormal ishlayotgan elektr zanjirlarni avtomatik uzish va normal ish holatlarida, ba'zi hollarda operativ qayta ulashlarni bajarish uchun xizmat qiladi. Avtomatik havo uzgichlarida yoyni so'ndirish uchun maxsus muhit qo'llanilmaydi, u havoda so'ndiriladi, shuning uchun ular havo uzgichlari deb aytiladi. Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki, va uch qutbli bo'ladi. Ishga tushib ketish vaqti (tit) bo'yicha, ya'ni tekshiriladigan ko'rsatkich (tok, kuchlanish, harorat) belgilangan qiymat (avtomatning o'rnatmasi) dan ortish momentidagi vaqtdan kontaktlarning ajralish momentigacha bo'lgan vaqtga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
Normal avtomatlar — tjt = 0,02740 s;
Selektiv avtomatlar — kutish vaqtini 1 daqiqagacha rostlash imkonini beruvchi;
Tez ishlovchi avtomatlar — tit = [0,005 daqiqa].
Selektiv avtomatlar tarmoqlarni tanlab himoya qilish imkonini beradi. Tez ishlovchi avtomatlar esa tarmoqdagi avariya toklarini cheklash imkonini beradi. Avtomatlar o'zgaruvchan tokda 660 V gacha va o'zgarmas tokda 440 V gacha kuchlanishda 6000 A gacha toklar uchun mo'ljallab ishlab chiqariladi. Avtomatlarning uzish qobiliyati 200—300 kA gacha yetadi. Har qanday avtomatda quyidagi asosiy elementlarni ajratib ko'rsatish mumkin: yoy so'ndiruvchi tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi; ajratgichlar; yordamchi kontaktlar.
Avtomatlarning kontaktlari uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni o'tkazishi va q.t. toklarni uzishda yoy ta'siriga chidashi kerak. Birinchi shartga muvofiq, kon-taktlarni o'tish qarshiligi uncha katta bo'lmagan solishtirma qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart bo'yicha esa yoy ta'siriga chidaydigan materialdan tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning o'zida bajarish mumkin bo'lmaganligi uchun ikki juft -- bosh 1 va yoy so'ndiruvchi 2 kontaktlar qo'llaniladi. Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki ularning qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan o'tadi. Uzilganda avval asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy so'ndiruvchi kon­taktlar zanjiriga o'tadi, so'ngra yoy so'ndiruvchi kontaktlar ajraydi va ularda elektr yoy ham so'nadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa, yoy so'ndiruvchi kontaktlar misdan, katta toklarda esa volframdan, uning qotishmasidan yoki metalli keramikadan tayyorlanadi. Bu kontaktlar tuzilishi bo'yicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi.
Uncha katta bo'lmagan toklarga mo'ljallangan avtomatlar bir juft kontakt bo'ladi. O'tish qarshiligini kamaytirish uchun kontaktlarni siqish prujina orqali amalga oshiriladi. Q.t. toklari o'tganda kontaktlar orasidan kontaktlarni ajratish uchun harakat qiladigan elektrodinamik kuch hosil bo'ladi. Bu kuchni kompen-satsiyalash uchun shinkalar 1 sirtmoq ko'-rinishida bukilgan, shuning uchun shin-kadagi toklarning yo'nalishi turlicha bo'­ladi, bu hoi kontaktlar 2 ni bir-biriga siquvchi elektrodinamik kuch hosil qiladi (5-rasm). Avtomatning yoy so'ndiruvchi tizimi avtomatni o'chirishda hosil bo'ladigan yoyni so'ndirish uchun xizmat qiladi. Po'lat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoy-larga bo'lish samarasi) yoy so'ndiruvchi kameralar keng qo'llaniladi. Uziladigan tok katta bo'lganida yoyni tor tirqishda so'ndirish samarasi (effekti) dan foydalanishga asoslangan bo'ylama — tirqishli kameralar ishlatiladi. Yoyni kameraga tortish magnitli puflash bilan amalga oshiriladi. Kamera materiali yuqori yoy turg'unligiga ega bo'lishi kerak.

5-rasm.Avtomatning asosiy bo'limlari:


1-shinachalar; 2-yoy so'ndiruvchi kontaktlar; 3- bosh kontaktlar; 4-elastik bog'lanish; 5-bimetall ajratgich; 6-qo'shimcha qarshilik; 7-qizdirgich; 8-maksimal ajratgich; 9-minimal ajratgich; 10-mustaqil ajratgich; 11-ajratgichlar bilan mexanik bog'lanish; 12-qo'lda ulash dastagi; 13-elektro-magnit yuritma; 14, 15-erkin ajratish mexanizmining richagi; 16-kontakt richag; 17-uzuvchi pru­jina; 18-yoy so'ndiruvchi kamera.
Avtomatlarning yuritma qo'l bilan yoki uzoqdan boshqariluvchi bo'lishi mumkin. Birinchi holda ulash dasta 12 ni burash bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi holda elektromagnit 13 yoki maxsus elektr dvigatel yordamida yuritmaga ta'sir etiladi. Pnevmatik yuritmadan foydalanish ham mumkin. Avtomatlarni uzish, erkin ajratish mexanizmi ishga tushganda uzuvchi prujinalar 17 (5-rasmda) ta'sirida amalga oshiriladi.

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish