Asixron mashinalar



Download 478,33 Kb.
bet8/10
Sana20.10.2022
Hajmi478,33 Kb.
#854754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asixron mashinalar (3)

Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni ishga tushirish
Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni elektr tarmog‘iga bevosita ulab ishga tushirish mumkin. Bunda motor, juda oz vaqt bo‘lsa ham, qisqa tutashish rejimida (5÷7) toki bilan ishlaydi. Bu tokning qiymati juda qisqa vaqt ichida yuklama toki qiymatigacha pasayganligi sababli uning motor uchun xavfi bo‘lmaydi. Lekin bunday motorlarning elektr tarmog‘iga ulanish soni katta bo‘lsa, motor toki ta’sirida haddan tashqari qizib ketishi mumkin. Shunga ko‘ra elektr tarmog‘iga ulanish soni katta bo‘lgan hollarda qisqa tutashtirilgan rotorli motorlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Katta quvvatli motorlarni ishga tushirishda ning ta’siri bilan elektr tarmog‘idagi kuchlanish U ning qiymati sezilarli darajada ketishi mumkin. Bunda, M ning U2 ga proportsionalligi sababli elektr tarmoqqa ulanib ma’lum yuklama bilan ishlab
turgan boshqa asinxron motorlarning ba’zilari o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi, kuchlanish tiklanishi bilan esa ularning yana aylanib ketish xavfi bo‘ladi. Demak, ayrim hollarda motorni eng oddiy usul, ya’ni uni bevosita elektr tarmog‘iga ulash bilan ishga tushirishning imkoni bo‘lmaydi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorni bevosita elektr tarmoqqa ulab ishga tushirishda bo‘lishi lozim, bunda – motorning quvvati; – elektr tarmog‘idagi ta’minlovchi transformatorning quvvati.
Hozirgi paytda elektr tarmoqlaridagi quvvat judda katta qiymatga egaligi uchun bir necha ming kVt li motorlarni ham bevosita ishga tushirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi va qurilishlarda esa nisbatan kichik quvvatli tok manbalari ham bo‘ladi. Agar qisqa tutashtirilgan rotorli motorni elektr tarmog‘iga bevosita ulab ishga tushirish imkoniyati bo‘lmasa, motorning ishga tushirish toki qiymati quyidagi usullar bilan kamaytiriladi.

  1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni yulduz sxemadan uchburchakli sxemaga o‘tkazib ishga tushirish. Motorda uchburchakli yoki yulduz sxemaning qo‘llanilishi stator chulg‘amining faza kuchlanishiga va elektr tarmog‘idagi fazalararo kuchlanish qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tarmoqdagi kuchlanish 380 V bo‘lib, motor pasportida berilgan kuchlanish 220/380 V, ya’ni uning fazasi 220 V kuchlanishga hisoblangan bo‘lsa, bu motorni yulduz sxemada ulash kerak. Bunda uning fazasiga



V, ya’ni normal kuchlanish beriladi. Agar motorning fazasi 380 V bo‘lsa, bunday motorni uchburchaklik sxemada ulash kerak. Agar uchburchakli sxemada ulanish lozim bo‘lgan motorni yulduz sxemada ulab ishga tushirilsa, uning fazasiga normal kuchlanishga nisbatan marta
kam kuchlanish berilgan bo‘ladi. Natijada, elektr tarmog‘idan motorga berilayotgan tokning qiymati,
uchburchaklik sxemadagiga nisbatan uch marta kamayadi. Ishga tushirish tokining uch marta kamaytirilish sababli elektr tarmog‘idagi kuchlanishning pasayishi ham sezilarli bo‘lmaydi.

11.9-rasm. Asinxron motorni “Yulduz” sxemadan “Uchburchaklik” sxemaga o‘tkazib ishga tushirish.

Yulduz sxemada quyidagidan iborat bo‘ladi. Om qonuniga binoan bo‘ladi, bunda – yulduz sxema bilan ulangan motorning liniya va faza toklari; Zf – stator chulg‘amining faza qarshiligi. Uchburchakli sxema uchun esa bo‘lib, bo‘ladi. Bunda aylantiruvchi moment va quvvat nisbatlari ham bo‘ladi.


Demak, bu usul bilan motorni faqat salt ish rejimida yoki (5÷10) bo‘lgan yuklamalarda ishga tushirish mumkin. 11.9-rasmda motorni almashlab ulagich u bilan yulduz sxemadan uchburchaklik
sxemaga o‘tkazib ishga tushirish ko‘rmatilgan. Ishga tushirish farayoni tugashi bilan motor uchburchaklik sxemaga o‘tkaziladi.
Hozirgi paytda bu usuldan keng foydalanish maqsadida faza kuchlanishi 380 voltga hisoblangan va, demak, normal ish rejimida, 380 voltli elektr tarmog‘iga “uchburchaklik” sxemada ulanadigan, kerak bo‘lganida esa “yulduz” sxemada ishga tushiriladigan motorlar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.


  1. Download 478,33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish