Askiya (arab, zakiy oʻtkir zehnli, hozirjavob) oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi turi; folklor janri



Download 9,61 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi9,61 Kb.
#267201
Bog'liq
ASKIYA-WPS Office


ASKIYA

ASKIYA (arab, zakiy — oʻtkir zehnli, hozirjavob) — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi turi; folklor janri; ikki va undan ziyod kishi yoki guruhning xalq yigʻinlari (sayil, toʻy, bayram)da maʼlum mavzu boʻyicha badiiy soʻzda tortishuvi. Taraflar baʼzan davrada, baʼzan qarama-qarshi oʻtirgan, turgan yoki yurgan holda tez javob berishga, oʻz javoblarini loʻnda, sermaʼno, latif, taʼsirli, jozibali va kulgili chiqarishga harakat qiladilar. Javob topishda qaysi taraf mavzu, janr doirasidan chetlashsa yoki soʻz tanlashda pala-partishlikka yoʻl qoʻysa oʻsha taraf yengilgan hisoblanadi. Tomoshabin oʻz kulgisi va ehtirosli qiyqiriqlari bilan taraflar va ularning javoblariga baho berib boradi; mazmundor, serqochirim Askiyadan zavqlanadi, sayoz va qoʻpollaridan ranjiydi. Askiyaning mazmunli, serzavq, kulgili chiqishida taraflardan hozirjavoblik, badihagoʻylik, shuningdek mavzuga aloqador keng va chuqur maʼnoli soʻzlarni topa bilish, yuz, koʻz, qoʻl, tana harakatlaridan, tovush va imo-ishoralardan oʻrinli foydalana bilish talab etiladi.

Askiya turlarini mukammal egallagan, katta davralarda tortisha oladigan kishilar askiyachi, askiyaboz deb ataladi. Turkistonda bunday kishilar badihagoʻy nomi bilan yuritilgan. Askiyachi tilning keng imkoniyatlarini puxta egallagan, soʻz oʻyini, qochirim, hazil-mutoyiba, kinoya, tashbih, kesatiq, oʻxshatish, mubolagʻa, masxara kabi hajv sanʼati vositalaridan ustalik bilan foydalana oladigan boʻlishi lozim. Askiya tortishuvida zakiylik, hozir-javoblik asosiy mezon hisoblanadi. Askiyaning vazifasi kulgi chiqarish orqali kishilarning kayfiyatini rostlash, ularga zavq baxsh etish, muayyan mavzu doirasida ularning bilimlarini yanada kengaytirish, aklini, fikrini charxlash, ziyrak, hozirjavob boʻlishga daʼvat etish, shu bilan birga turmushdagi va ayrim kishilar xulqidagi kamchiliklar ustidan yengil kulgi uygʻotishdir. Askiyaning payrov, qofiya, radif, tutal, oʻxshatdim, boʻlasizmi, bahri bayt, safsata, «gulmisiz, jambilmisiz, rayhonmisiz», shirinkorlik, afsona, rabbiya, laqab kabi turlari bor. A. oʻzbek xalqi orasida koʻp asrlardan beri mavjud boʻlib, uning dastlabki shakli urugʻchilik davrida paydo boʻlgan. Alohida janr sifatida, asosan, 15 – a. dan shakllangan. Bu davrda Mir Sarbirahcha, Mavlono Burhonilang, Said Gʻiyosiddin sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Muhammad Badaxshiy kabi mashhur askiyachilar yashagan. Bular orasida eng isteʼdodlisi va atoqlisi Mavlono Abdulvoseʼ munshiy boʻlgan. 18 — 19-a. larda Askiya, ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda rivojlangan. Bachqir qishlogʻi (Fargʻona vodiysi)da Dexlon yuzboshi Shernazarov (1860 — 1942) va Zangiota qishlogʻi (Toshkent)da Saidahmad askiyachi (1880 — 1940) kabi mashhur askiyachilar oʻtgan. Ularning anʼanalarini 20 – a. ning 40 — 60 – y. larida Erka qori Karimov, Mamayusuf Tillaboyev, Yusufjon Shakarjonov, Rasul qori Mamadaliyev, Aka Buxor Zokirov va b. davom ettirdilar. Keyingi yillar Tursunbuva (Ijroqoʻmbuva) Aminov, Mamaroziq Isʼhoqov, Rahmatqul va Abdullajon Yasharovlar, Abdulhay Maxsum Qozoqov, Mamajon Madaminov, Toshkentda aka-uka Shojalilovlar A. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 50 – yillardan Askiya konsert dasturlariga ham kiritildi. Lutfixonim Sarimsoqova, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Muhammadjon Mirzayev, Gʻanijon Toshmatov, Gavhar Rahimova, Soyib Xoʻjayev kabi sanʼatkorlar Askiyani teatr sahnasiga olib chiqib, tomoshabinlarga manzur qilganlar. Hozir ham bayram, sayillar va toʻy marosimlarida Askiya musobaqalari, kechalari va h. k. oʻtkazib turiladi, askiyachilarning respublika koʻriklari uyushtiriladi. 1960 – y. larda ToshDU va Sanʼatshunoslik in-ti folklor ekspeditsiyalari koʻplab Askiya aytishuvlarini yozib oldi. Askiya payrovlari yozilgan plastinkalar chiqarildi. «Askiya» hujjatli filmi (rej. M. Qayumov) yaratildi.

Askiya ogʻzaki va yozma adabiyotda ham uchraydi: «Alpomish», «Kuntugʻmush» dostonlarida Askiyaga xos qochirimlar, soʻz oʻyinlariga boy parchalar bor. Navoiyning «Majolis un-nafois», K. Yashinning «Tor-mor» dramasi va b. asarlarda Askiya vositasida yaratilgan maroqli epizodlar, tili Askiya yordamida individuallashtirilgan personajlar mavjud. Hozir Askiyaning payrov turi ayniqsa keng rivoj topgan.



Ad.: Muhammadiyev R., Askiya, T., 1970; Qodirov M. X., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981.
Download 9,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish