Askue: yangi hisoblagichlarning afzalligi nimada


Oʻz-oʻzini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar



Download 141,18 Kb.
bet5/5
Sana11.01.2022
Hajmi141,18 Kb.
#346820
1   2   3   4   5
Bog'liq
referat

Oʻz-oʻzini nazorat qiladigan “aqlli” hisoblagichlar

Avtomatlashtirilgan tizim inson omili taʼsirisiz hisoblagich koʻrsatkichlarini qayd etish, qarzdorlik mavjud boʻlganda tarmoqdan ajratish, bartaraf etilgandan keyin unga qayta ulashning avtomatlashtirilgan mexanizmidir.

Bugungi kunda isteʼmolchilarning mavjud elektr hisoblagichlarini joriy etilayotgan avtomatlashtirilgan

tizimga oʻtkazishning imkoni yoʻq. Shu bois, respublikamizda yangi tizimga mos keluvchi elektr hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Amaldagi elektr hisoblagichlarni yangisiga almashtirishda aholidan hech qanday ortiqcha xarajat talab qilinmaydi. Ularni olib borib, oʻrnatib berish ishlarining bari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 522 million AQSH dollariga teng. Uning ilk bosqichi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilib, 150 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilgan va Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilmoqda.

Respublika boʻyicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini toʻliq joriy etish uchun joriy yil yakuniga qadar 7 million 418 mingta elektr hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar bu reja 54 foizga bajarildi.

Hisoblagichlarni oʻrnatish bilan parallel tarzda ularni avtomatlashtirilgan tizimga ulash ishlari ham olib borilyapti.

Yangi elektr hisoblagichlar haqida aniq tasavvurga ega boʻlmagan ayrim fuqarolar orasida uning oʻrnatilishidan norozi boʻlayotganlar ham uchrab turibdi. Ammo qurilma nafaqat tizim mutaxassislari, balki aholi uchun ham foydalanishda qulay va bir qator afzalliklarga ega.— Elektr energetikasi sohasida hisob-kitobning yoʻqligi, debitor qarzdorlikning yildan yilga oʻsib borishi tizimni tubdan isloh qilish, mavjud elektr ­hisoblagichlarni avtomatlashgan turdagilariga almashtirish zaruratini yuzaga keltirdi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Jahongir Obidjonov. — Amaldagi elektr hisoblagichlar elektron boʻlsada, avvalgi aylanadigan diskli (induksion) hisoblagichlardan faqat koʻrinishi bilangina farq qiladi.

Ularning har ikkalasi orqali, afsuski, maʼlumotlarni masofadan olish va boshqarishning imkoni yoʻq. Hisoblagichlarni har safar koʻrikdan oʻtkazish, undan koʻrsatkichlarni yozib olish va hisob-kitob qilish uchun dasturga kiritishga har bir isteʼmolchiga hududiy elektr tarmoqlaridan xodim borishi talab etiladi. Bugungi kunda 7 million 400 mingdan ortiq isteʼmolchida shunday hisoblagich borligini hisobga olsak har oy ularning hammasini maʼlumotini toʻplash oson kechmasligi maʼlum boʻladi. Muntazam ravishda hisoblagich koʻrsatkichlarini qayd etish maqsadida joylarga chiqish uchun 8 ming ishchi olinib, ularning har biriga oylik maosh toʻlangan. Shuningdek, qarzdorligi mavjud boʻlganlarning xonadoniga ikki nafar xodim borib, isteʼmolchini elektr tarmogʻidan uzishi va qarzdorlik toʻlanganidan soʻng qayta tarmoqqa ulashi uchun ham muayyan vaqt hamda ortiqcha mablagʻ sarflanar edi. Eng achinarlisi, uzatilgan elektr hisobini yuritish, isteʼmolchilar kesimida balansini chiqarish uchun koʻp vaqt talab etilishi hisobiga maʼlumotlar korxonaning moliyaviy hisobotlariga kech kiritilar, natijada bu jarayon 6 oygacha choʻzilib ketardi.

Ana shu kamchiliklarning oldini olish hamda aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishni taʼminlash maqsadida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga oʻtilmoqda.

Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan elektr hisoblagichlardan foydalanish, avvalo, fuqarolarga qulaylik tugʻdiradi. Avvalgi hisoblagichlarda sanoqli maʼlumotlar jamlangan boʻlsa, tizimga ulanganlarida 40 taga yaqin maʼlumotni koʻrish imkoniyati mavjud boʻlib, xonadon sohibiga taxminan 25 yilgacha xizmat qilishi koʻzda tutilgan.

Chunki ular mahalliy korxonalar tomonidan jahon standartlari asosida yurtimiz iqlim sharoiti, xususan, havoning eng issiq va eng sovuq darajasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda.

Hisoblagichni sozlash bilan bogʻliq muammolarda ham fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligiga hojat qolmaydi.

Tizimga ulanish jarayonida kamchilikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa yoki ishlashi bilan bogʻliq boshqa muammolar yuzaga kelganda, hisoblagich tizimga avtomatik xabar yuboradi va mutaxassislar kelib, nuqsonni bartaraf etadi.

— Yana bir qulay jihati, hisoblagichlar toʻliq avtomatlashtirilgan tizimga ulanishi hisobiga unga inson omili taʼsiri butkul cheklanadi, — deydi Jahongir Obidjonov.

— Yaʼni hisoblagich koʻrsatkichlarini qayd etish, qarzdorlik mavjud boʻlganda tarmoqdan ajratish, qarzdorlik bartaraf etilganda, tarmoqqa qayta ulashning bari avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi. Natijada hisoblagich koʻrsatkichlarini qayd etish uchun xonadonlarni doimiy koʻrikdan oʻtkazish kerak boʻlmaydi.



Odatda elektr energiyasidan foydalanishni bilamizu, uning toʻlovlariga kelganda ishni ortga suramiz. Natijada uzatilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagani tizimda qator muammolarni yuzaga keltira boshlaydi. Bugungi kunda respublika boʻyicha elektr energiyasidan isteʼmolchilarning 3,4 trillion soʻm qarzdorligi mavjud boʻlib, uning 2,4 trillioni aholi ulushiga toʻgʻri keladi. Qarzdorlik boʻyicha eng katta koʻrsatkichlar Samarqand, Fargʻona va Namangan viloyatlari isteʼmolchilari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Hududlarda joriy etilayotgan yangi tizim mazkur muammolarning yechimi boʻla oladi. Xususan, yangi hisoblagichlar oʻrnatilishi va elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazilishi natijasida 7 ta tuman va shaharda elektr energiyasi uchun toʻlovlarning undirilishi 40 foiz oshib, mavjud debitor qarzdorlik 20 foiz qisqardi.
Download 141,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish