Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити


Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali



Download 35,38 Kb.
bet7/10
Sana20.03.2022
Hajmi35,38 Kb.
#504323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
foydali-fa

Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali


  1. jadval

so‘m


Yil oxiri

Boshlang‘ich qiymati

Yillik amortizatsiya

Jamlangan eskirishi

Qoldiq qiymati

summa

D-t

K-t

1

2680000

520000

9420

0250

520000

2160000

2

2680000

520000

9420

0250

1040000

1640000

3

2680000

520000

9420

0250

1560000

1120000

4

2680000

520000

9420

0250

2080000

600000

5

2680000

520000

9420

0250

2600000

80000

Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli).


Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalar ob’ektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o‘tib bo‘lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Misol. «Elita» MChJ «Matiz» engil avtomobilini xarid qildi. Uning kutilayotgan umumiy bosib o‘tadigan yo‘li 500000 km, boshlang‘ich qiymati 25000000 so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 3000000 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 10000 km yo‘l bosishi kerak. Hisob siyosatida amortizatsiya ishlab chiqarish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Oldin amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlaymiz. Amortizatsiya- lanadigan qiymat 22000000 so‘m (25000000 so‘m - 3000000 so‘m)dan iborat.
Keyin bajarilgan ish hajmining bir birligi, ya’ni har bir kilometrga to‘g‘ri
keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasi 44 so‘m (22000000so‘m/ 500000 km)ni tashkil etadi.
Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 440 000 so‘mga teng: 10 000 km x 44 so‘m.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. «Elita» MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qatiy belgilangan 40 % stavka hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi.
Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya ajratmasining yillik summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40
%/100) qilib aniqlanadi. Foydalanishning ikkinchi yilida amortizatsiya 40 foiz miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni ob’ektning boshlang‘ich qiymati va birinchi yil uchun hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farqdan hisoblanadi va 12480000 so‘m (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % / 100)ni tashkil etadi hamda keyingi yillar uchun shu zaylda davom ettiriladi.
Yillar summasi u su li (kumulyativ usul)
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) muvofiq har yili amor- tizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Misol. «Elita» MChJ bo‘yoq quysh dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi.
Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.

Download 35,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish