Asosiy qism Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?



Download 33,96 Kb.
bet9/10
Sana06.08.2021
Hajmi33,96 Kb.
#139819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sinfda tarbiyaviy soatlar haqida umumiy tushuncha

4. Tarbiyaviy soatga misollar Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo'lishi mumkin. Am­mo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkoriik tuyg'ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to`ladir. «Oilaviy hayotning «qorong'u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko'rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o'ziga tortmaydigan ko'pgina salbiy tomonlari ham mavj'ud. Ba'zari ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O'zining salbiy oqibatlariga ko'ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og`ir holatlar hisoblanadi» (30, 450).

«Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o'tkazadigan salbiy ta'sirini baholash juda qiyin. Ajraltsh oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo'qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo'lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko'rishib turish imkoniyatining bor-yo'qligiga ko'p narsa bog'liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko'nikish jarayoniga ta'sir ko'rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og`ir kechadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so'ng, ko'p holatlarda bolalar o'zlariga kela olmay, xomush yurishadi.

Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlari va shaharlarida yaqin ora (2002-2006 yillar)da ajralgan ellik sakkizta oilalarning bolalari turmush tarzini hamda hayotini o'rganish shundan dalolat berdiki, mazkur oilalardagi 4-6 yoshli maktabgacha davr yoshidagi, 7-11 kichik maktab yoshidagi hamda 12-14 yoshli o'smirlar va 15-17 yoshli ilk o'spirinlar stress ta'siri ostida ekanligi aniqlandi. 2001 yilning kuz oyida o'tkazilgan so'rovda qatnashgan 142 ta bolaning qariyb barchasi ajralish vaqtida o'tkir emotsional holatni boshidan kechirganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ba'zan yuz bergan holat uchun o'zlarini aybdor hisoblab, kuchli tashvish va iztirob chekishgan. 12-14 yoshdagi o'smirlarning 69 tasida, ya'ni 48,6 foizi ajralish natijasida xulqida qo'rslik, qo'pollik alomatlari kuzatildi. 15-17 yoshdagi 57 nafar o'spirin ota-onalarining niyatlarini tushunsalarda, lekin ajralish oqibatlari va o'zlarining kelajaklari uchun xavotirda ekanliklarini bildirdilar. Ularning 40,1 foizida g'azablanish va agressivlik holatlari kuzatildi. Biroq to'rt yillik davr oxirida (2005-yil) bolalarning 2/3 qismi uydagi hayotidan va tevarak-atrofdagilari bilan muloqotidan har holda ko'nikkanliklarini bildirishdi. Ularning 1/3 qismi yolg`izlik va yaqin odamlarini yo'qotish qayg'usida o'z hayotlaridan qoniqmaganliklarini namoyish etishdi. O'tkazilgan so'rovnoma natijalaridan shu narsa ma'lum bo'ldiki, bolalar ota-onalarining har ikkalasi bilan muntazam muomalaga kirishishi o'ta zarur pedagogik jarayondir. Bu jarayonda ularning xulqida ijobiy sifatlarni shakllantirish mumkin».

Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo'yicha 1954 yili T. Liri, R.L. Laforje, R.F. Sucheklar tomonidan ota-onalarning interper­sonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodika-dan dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o'zining dolzarbligini yo'qotganicha yo'q. Ma'lumki, inson doimiy ravishda tevarak-atrofdagilar bilan muloqotda bo`ladi, shu sababli uning interpersonal xulqini 16 ko'rsatgich bo'yicha turkumlash mumkin 

Xulosa

Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg'or kishilari diqqat markazida bo'lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o'qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madani-yatiga salmoqli hissalarini qo'shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarash­ning asosi bo'lib hisoblanadi. Bilim olish, albatta, yoshlikdan bosh-lanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqshdir», - deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o'chmaydi. Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al-Kindiy, G'azzoliy, Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni, G'arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlarning nomlarini tilga olmasdan bo'lmaydi. Eng buyuk allomalaru donishmandlar, o'zlarining noyob asarlari, ta'lim otlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qo'shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag`ishlab, bu yorug' olamdan ketar chog`i «hayot ilmini chuqur egalladingizmi?», degan savolga «hech narsa bilmay ketyapman», - degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham etmaydi.

Tarbiyada vijdon eng oliy ma'naviy-insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va irodasiga bog'liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda bo`ladi. Agar inson biror ma'naviy vaziyatda o'z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g'arazgo'ylik, mansabparastlik, molparastlik kabi g'ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko'rsa uning vijdoniy sifati yuqoriligini ko'rsatadi. Inson qalbida g'ayri insoniy illatlarning ustun bo`lishi aslida ma'naviy kasallikdir. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida shunday deyiladi:




Download 33,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish