Asosiy tayanch termin va tushunchalar



Download 56,5 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi56,5 Kb.
#718964
Bog'liq
Geografik qonuniyatlar


Geografik qonuniyatlar
Reja:
1. “Qonun” va “qonuniyat” tushunchalarining mohiyat
2.Geografik qobiq tuzilishi va rivojlanishining umumiy geografik qonuniyatlari.
3. Tabiatdan foydalanish va uni o`zgartirishda tabiatning asiosiy geografik qonuniyatlarini hisobga olish.


Asosiy tayanch termin va tushunchalar: qonun, qonuniyat, xususiy qonunlar, umumiy (dialektika, universal) qonunlar, umumiy geografik qonuniyatlar, tabiatdan foydalanish qonuniyatlari.
Har bir fanning nazariyasiga uning qonunlari ham kiradi. Tabiat va jamiyat hodisalari o`rtasida zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabat qonun tushunchasini hosil qiladi. Qonun tushunchasi mohiyat tushunchasiga yaqin. Chunki u predmetlar, hodisalarning xossalari, shuningdek hodisalardagi xossalar orasidagi aloqani ifodalaydi.
Qonun muayyan turga, turkumga qarashli barcha hodisalarga xos bo`lgan umumiy munosabatlarni, aloqadorlikni ifodalaydi. Qonunlar obektiv holda mavjud bo`lib, kishilar ongiga bog`liq bo`lmaydi; kishilar o`z hohishiga ko`ra qandaydir yangi qonunlarni yarata olmaydilar yoki muayyan qonunlarning harakatini to`xtata olmaydilar. Qonunni anglab etish va bilib olish o`rganilayotgan hodisaning muayyan tomonini ochish demakdir.
Qonunlarning 3 asosiy guruhi mavjud: 1) o`ziga xos yoki xususiy qonunlar; (masalan, fizikadagi tekisliklarni qo`shish qonunlari); 2) hodisalarning katta guruhi uchun xos bo`lgan qonunlar (masalan, energiyaaning saqlanish va aylanish qonuni, tabiiy tanlanish qonuni va b.); 3) eng umumiy (universal) qonunlar (dialektika qonunlari).
Umumiy qonunlar soha mutaxassislariga tabiiy borliqning eng asosiy hodisalarini anglab yetish, ilmiy tadqiqotning eng muhim yo`llarini tanlash, tabiiy muhit rivojlanishining yo`nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Xususiy qonunlar esa turli tabiiy fanlar (fizika, biologiya, geologiya va b.)ning konsepsiyalari bilan tanishtiradi.
Umumiy qonunlar va xususiy qonunlar qonunlar o`rtasida dialektik o`zaro bog`liqlik mavjud: umumiy qonunlar xususiy qonunlar orqali amal qiladi, xususiy qonunlar esa umumiy qonunlarning bir ko`rinishi bo`lib, obektiv sajiyaga ega, ya’ni kishilarning ongiga bog`liq bo`lmagan holda mavjud bo`ladi.
Qonunlarning ma’lum bir sohaga mansub bo`lgan guruhi yoki majmuasi qonuniyat deyiladi. Geografik qobiq tuzilishi va rivojlanishining qonuniyatlari umumiy geografik qonuniyatlar deyiladi. Umumiy geografik qonuniyatlar sayyoraviy miqyosdagi butun geosistema (geografik qobiq) uchun ham, kichikroq geosistemalar (turli kattalikdagi tabiiy hududiy kompleks) uchun ham xos. Hodisalarni o`rganishdan jarayonlarni o`rganishga o`tish kishilar bilimi rivojlanishining muhim bosqichidir.Biror hodisaga mansub bo`lgan ma’lumotlar yig`indisi tadqiq qilinayotgan obektning mavjudligi, tarqalishi va rivojlanishi qonuniyatlarini belgilab beradigan nazariya bilan boyigandagina haqiqqiy fan bo`la oladi. Geografiya ham ana shu yo`lga kirdi.
Muayyan fan tomonidan qayd qilingan ayrim asosiy qonunlar dialektika qonuniyatiga to`g`ri, mos kelishi ham mumkin. Zero, dialektik materializm fan va amaliyot tomonidan belgilangan tabiat qonunlarning mantiqiy umumlashtirilmasidir. Binobarin, dialektik materilizm qonuni boshqa fanlar tomonidan ochilgan qonunlar ro`yxatidan o`chirib tashlanmasligi lozim. Tafovut shundaki, dialektik materailizmda bu qonun eng umumiy shaklda bayon etiladi, bilimlarning boshqa sohalarida esa o`rganilayotgan predmetga nisbatan aniq ifodasini topadi. Bunday holda bu qonun xususiy qonunga aylanadi, ya’ni uni sifat jihatdan batamom boshqa ob’yektlarga qo`llab bo`lmaydi. Masalan, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Geografiyada –Yerning muayyan fazosi doirasidagi noyob geografik borliq sifatidagi geografik qobiqning birligi va xilma-xilligi qarama qarshiliklar birligi va kurashi ta’sirida va tadrijiy rivojlanish jarayonida modda va energiyaaning xilma-xil tarkibi uyushuvning abiotik, biotik, aralash (biokos) va sotsial darajasidagi juz’iy ob’ektlarning murakkab tuzilmalariga aylangagan. Bu qonun o`zida bevosita bir-biriga mos kelmaydigan (qarama-qarshi) elementlar va yo`nalishlarni o`z ichiga oladigan har qanday bir butunlikni murakkab va parchalangan sistema sifatida tushunishga imkon beradi.
Qonunlarni bilish har bir fanning vazifasi bo`lib, u kishilar tomonidan tabiat va jamiyatni ongli o`zgartirish asosi sifatida namayon bo`ladi. V.P.Semenov-Tyan-SHanskiy, Y.G.Saushkin, B.B.Rodoman, P.S.Kuznetsov B.M.Ishmuratov, U.I.Mereste D.Harvey. E Neef, V.S.Preobrajenskiy, T.D.Aleksandrova, T.P.Kupriyanova, V.A.Shalnev va boshqa bir qator olimlar umumiy geografik qonunlarni shakllantirishga harakat qilganlar. Ularning deyarli barchasi geografik qonunlaning o`ziga xosligini va ularning geografik qobiqda sodir bo`ladigan geografik jarayonlarning namoyon bo`lishidagi ahamiyatini qayd qilishadi.
S.V.Kalesnik (1970) olimlarning tasavvurlarini tizimga soldi va yanada rivojlantirdi va 35 xildan iborat umumiy geografik qonunlar majmuasini taklif etgan edi. U Yer sharining eng umumiy geografik qonuniyatlari sifatida quyidagilarni belgilaydi: 1) geografik (landshaft) qobiqning bir butunligi; 2) geografik qobiqda moddalarning va u bilan bog`liq bo`lgan energiyaaning aylanma harakati; 3) geografik qobiqda ritmik hodisalarning mavgudligi; 4) rivojlanishning uzluksizligi; 5) geografik qobiq tuzilmasining zonalligi; 6) geografik (landshaft) qobiq tuzilmasida asimetriya.
P.S.Kuznetsov (1970) bu qonunlarni geografik qobiq tabaqalashuvining qonunlari deb hisoblaydi Uning fikricha, geografik qobiq qonunlariob’yektiv borliq qonunlaridek “sof” ko`tinishda namoyon bo`lmaydi. Ular geografik qobiqdagi namoyon bo`lishida ko`plab tasodiflar bilan bog`liq bo`lgan ustuvor tendensiyalarni ifodalaydi.Geografik qobiq qonuniyatlari umumiy sajiyaga ega, ya’ni umuman geografik qobiqqa xos bo`lgan bu qonunlar Dunyo okeani yuasi uchun ham, quruqlik uchun ham xos. Ammo bu qonunlarning har biri Dunyo okeani yoki quruqlik doirasida, biror-bir okean yoki materik doirasida o`ziga xos holda namoyon bo`ladi.
Bu qonunlar geografik qobiqning murakkab va xilma-xil strukturaviy xususiyatlarini aks ettiradi. Zonallik, sektorlik, qutbiy assimetriya va boshqalar geografik qobiq hududiy tabaqalashuvi qonunlari tizimi bo`lib, bu tizimda zonallik yetakchi mavqega ega. Chunki, zonallik geografik qobiq tuzilmasda eng muhim xususiyatni ifodalaydi. Zonallikka bog`liq holda provinsiallik, sektorlik, qutbiy asimmetriya va boshqa qonunlarning o`rni va ahamiyatini geografik qobiq hududiy tabaqalashuvi qonunlari tizimida aniqroq belgilash mumkin.
Hududiy tabaqalashuv qonunlari tizimi geografik qobiq rivojlanishining qonunlari tizimi bilan hartaraflama va bevosita bog`liq.
Shunday qilib, P.S.Kuznetsovning firicha (1970), geografik qobiqning asosiy umumiy qonunlariga: 1) hududiy tabaqalashuv qonuni va 2) rivojlanishning qaytmaslik qonuni mansub bo`lib, bu umumiy qonunlarning har biri qonunlar tizimidan iborat. Hududiy tabaqalashuv qonuni zonallik, sektorlik, qutbiy asimmetriya va boshqa qonunlardan, rivojlanishning qaytmaslik qonuni esa kontinuallik (uzuqsizlik) va diskretlk (uzuqlilik) qonuni hamda ritmiklik qonunidan iborat.
Ta’kidlash joizki, geografik qobiqbning qonunlarini fizika yoki kimyoning qaysidir qonunlari bilan birlashtirib bo`lmaydi.Chunki, geografik qobiqning qonunlari bir paytning o`zida ham kimyoviy, ham fizikaviy jarayonlarning xusussiyatlarini ifodalaydi. Shuningdek, landshaftning tarkibiy qismi bo`lgan biosenozning rivojlnishida nafaqat fizikaviy-kimyoviy jarayonlar, balki biologik jarayonlar ham namoyon bo`ladi. Landshaftning rivojlanishida esa nobiotik jarayonlar muhim ahamiyatga ega.
Tabiatdan, tabiiy resurslardan to`g`ri foydalanish, tabiatni inson manfatini ko`zlab o`zgartirish tabiatning asiosiy geografik qonuniyatlariga asoslanib amalga oshirilishi lozim. Aks holda kutilgan natijaga erishib bo`lmaydi. Tabiatdan foydalanishda doimo diqqat-e’tiborda tutilishi lozim bo`lgan asosiy qonuniyatlarga geografik qobiqning birligi va bir butunligi, landshaft komponentlarining o`zaro modda va energiyaa almashinishi orqali bog`langanligi, landshaftlarning zonallik va nozonallik qonunyatlari, geografik qobiqdagi hodisalarning ritmikligi, landshaftlarning to`xtovsiz evolyutsiyasi, ya’ni tadrijiy rivojlanishi va boshqalar kiradi.
Tabiatdan foydalanish qonuniyatlari iqtisodiy qonunlar va ekologik jabhaning inson faoliyatining boshqa turlaridan farq qiladigan mustaqil turi sifatidagi o`ziga xos qonunuiyatlari bilan bog`liq. Tabiatdan foydalanish tizimida umumiy qonunuiyat jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro modda va energiyaa almashinuvining eng muhim va barqaror aloqalarini ifoda etadi. Tabiadan foydalanishning umumiy qonuniyati negizida tabiiy resurslarni qayta barpo qilishning moddiy va iqtisodiy tomonlarini ifodalashi kerak bo`lgan dialektika qonunlari turadi. Bunda moddiy tomonning mazmunini energiyaaning saqlansh va o`zgarish qonuni belgilaydi. Bu qonun tufayli tabiatda barqarorlik mavjud. Bunday barqarorlik tabiatni o`z-o`zini takroran qayta tiklay olish va o`z-o`zini takroran yangilay olish qobiliyati tufayli mavjud bo`ladi. O`z-o`zini takror qayta tiklash va o`z-o`zini yangilash funktsiyasini biosfera (geografik qobiq) komponentlari orasida asosiy rol tutadigan tirik modda bajaradi. Chunki doimiy harakatda bo`ladigan kimyoviy kuch yo`q va shu sababli tirik modda o`zida quyosh energiyaasini tuplaydi va bu energiyaani tabiatdag xilma-xil jonli va jonsiz komponentlarni vujudga keltirgan holda kimyoviy energiyaaga aylantiradi. Jonli moddalar tog` jinslari va minerallarning vujudga kelishida, kimyoviy elementlarning qayta taqsimlanishida bevosita ishtirok etadi, oksidlovchi-tiklovchi, gaz, tuplovchi (kontsentratsiya), buzish va tuzish (yaratish) va boshqa geokimyoviy funktsiyalarni bajaradi.
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geografik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobiogen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich — Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8-3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan.

Biogen bosqich — 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.


Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.


Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. Geografik qobiq rivojlanishi va tabiat komplekslarining tabaqalanishida ham o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerning umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi. Bu qonuniyatlarni bilish insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, ekologik muvozanatni buzmaslik choralarini ko‘rish imkonini beradi. Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi (hududiylik) geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir. Bular geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlarini namoyon qiladi.
Geografik qobiqning bir butunligi. Geografik qobiqda hech bir tabiat komponenti alohida rivojlanmaydi. Ular doimo bir-birlari bilan bog‘langan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar birorta tabiat komponenti o‘zgarishga uchrasa, boshqa tabiat komponenti ham albatta o‘zgaradi. Masalan, oddiygina biror daraxtzorning kesilishi oqibatida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: yerosti suvlari sathi pasayadi, u yerda yashovchi hayvonot olami boshqa joyga ko‘chadi. Shuningdek, shamol ta’siri kuchayib, tuproq yemirilishiga olib keladi. Shu atrofdagi ob-havoda o‘zgarish ro‘y beradi. Kechalari salqinroq, kunduzi issiqroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, geografik qobiqning tarkibiy qismlari atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera doimo bir-biri bilan aloqada, bir-biriga o‘tib turadi. Masalan, havo tarkibidagi suv bug‘lari gidrosfera, chang zarralari litosfera, qushlar, hasharotlar biosfera elementlaridir. Suvdagi organizmlar biosfera elementi bo‘lsa, undagi qum zarralari va turli qattiq jinslar, loyqa litosfera elementidir.


Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi. Geografik qobiqning to‘rtta tarkibiy qismida, ya’ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita — gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi, Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi. Geografik qobiqda modda va energiya to‘xtovsiz almashinib turadi. Bu jarayon murakkab bo‘lib, unda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.


Geografik qobiqda ritmik (davriy)lik. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ataladi. Ritmiklik ikkiga bo‘linadi: sutkalik va yillik (fasliy).


Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sutkalik, Quyosh atrofida to‘liq bir marta aylanishi yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘ladi. Sutkalik ritmiklikka kun bilan tun almashishi misol bo‘ladi. Natijada, sutka davomida harorat va namlik o‘zgarib turadi. Hayvonot olami hayotida ham ritmiklik aks etadi. Masalan, ayrim hayvonlar kunduzi faol bo‘lib, kechasi dam olsa, boshqalari, aksincha, tunda juda faol bo‘ladi. Tog‘lardagi qor va muzliklar kunduzi ko‘proq eriydi. Shuning uchun daryolar tushdan keyin sersuvroq bo‘ladi.


Fasliy ritmiklikka Yerda yil fasllarining almashinishi misol bo‘ladi. Tabiatda ko‘p yillik ritmikliklar ham mavjud. Bularga Quyoshdagi jarayonlar va Yer ichki kuchlari ritmikligi sabab bo‘ladi.




Geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi. Quruqlikda ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining birin-ketin almashinishiga zonallik deb ataladi. Unga Yerning sharsimonligi oqibatida Yer yuziga Quyosh nurining bir tekisda tushmay ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi sabab bo‘ladi. Tog‘larda balandlik tomon tabiat komplekslarining almashinib kelishi balandlik mintaqalanishi deyiladi.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish