Asosiy vositalar xarakati



Download 16,87 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2022
Hajmi16,87 Kb.
#866397
  1   2
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakati


Asosiy vositalar xarakati
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbai, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatchilar o’rtasidagi kurashda asosiy vositalarning tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Shu bilan birgalikda zamonaviy takomillashgan asosiy vositalarni amaliyotga qo’llash ilmiy texnika progressining eng so’nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilinishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo’llash va ular o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Asosiy vositalar har bir sikldan so’ng ishlab chiqarish sohasini tark etmay, mehnat jarayonida o’z natura ashyoviy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Ularning qiymati mahsulotga bir yo’la emas, balki qismlab o’tadi. Ammo shunday mehnat vositalari ham borki, ular o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra mehnat quroli hisoblanadi. Biroq asosiy vositalar tarkibiga kirmaydi, balki aylanma mablag’lar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ularni asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarga ajratiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (kuch hamda ishchi mashina va uskunalar, o’lchov hamda to’g’rilash asboblari va qurilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek transport vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning aktiv qismini aniqlashda ularning mahsulot hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga bevosita ta’sir etishini ham e’tiborga olish lozim. Asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratuvchi ishlab chiqarishning infratuzilmasining binolari va inshootlarini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobot tarkibiga kiritiladigan «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»ning asosiy vazifasi 1-sonli BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 86-bandida quyidagilar yozilgan: «Ushbu hisobot asosiy vositalarning harakati hamda ularning eskirishini hisoblash to’g’risida qo’shimcha axborot beradi. Shuningdek, unda ijaraga berilgan yoki olingan asosiy vositalar to’g’risida ham axborot beradi».
3-«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot» asosida asosiy vositalarni yalpisiga emas, balki ularning turlari bo’yicha holatini, shuningdek, ta’minlangan va foydalanish samaradorligini mufassal tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotning mazkur shaklida asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha dastlabki qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek ularning yil boshidagi qiymati, qancha kelib tushgani va chiqib ketganligi, yil oxiriga qoldig’i ko’rsatiladi. Hisobot oxirida ular ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga bo’lingan. Ma’lumot tariqasida asosiy vositalar turlari bo’yicha qaysi mablag’lar hisobiga olinganligi, qancha asosiy vositalar ijaraga olingan va berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalar holatini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: eskirish, yaroqsizlik, yangilanish, chiqib ketish koeffitsiyentlari, asosiy vositalar tarkibi, ularning umumiy va asosiy vositalar turlari bo’yicha o’sish summasi kiritiladi. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari korxonaning asosiy vositalari bilan ta’minlanganligini mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi ko’rsatkichlarini hisoblashda ham foydalaniladi. Asosiy vositalarni foydalanish samaradorligining mezonlaridan ko’riladigan foyda (samara)dir. Buni tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga fondning rentabelligi; asbob-uskunalar unumdorligi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi va ular ushbu hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zida mujassam qiladi. Ushbu hisobot ko’rsatkichlarining ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning sifatida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni alohida ahaiyatga ega.
Ushbu qonunning 16-moddasida moliyaviy hisobot «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni ham o’z ichiga olishi belgilab qo’yilgan.
Ushbu hisobotning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomni keltirish mumkin. Ushbu Nizom «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni» tartibga solish bevosita aloqador bo’lmasada, u asosiy vositalarni saqlash, ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritish, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalarning moliyaviy natijalarda aks ettirish uslubiyati belgilab berilgan. Shu bilan birgalikda asosiy vositalarning eskirish xarajatlari, nizomga olingan asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya xarajatlari talabi ham belgilangan.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotning navbatdagi huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining «Soliq Kodeksi», O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 23-moddasida asosiy vositalarning amortizatsiya normalari keltirilgan. Ushbu moddaga asosan barcha asosiy vositalar beshta guruhga bo’lingan va ularning har bir guruhi uchun alohida amortizatsiya normalari belgilangan. Shu bilan birgalikda ushbu moddada amortizatsiya hisoblash tartibi ham tushuntirib berilgan. Shuningdek, nizomga olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalari belgilab berilgan. Bularning barchasi korxonalarda «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»ni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishni belgilab beradi.



Download 16,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish