Atom va molekulalar uchun shredinger tenglamasi reja: Molekula Kovalent bog`lanish kuchlari



Download 0,5 Mb.
bet2/4
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761888
1   2   3   4
Bog'liq
ATOM VA MOLeKULALAR UChUN SHREDINGER TENGLAMASI

2. Kovalent bog`lanish kuchlari
2. Kovalent bog`lanish kuchlari qo`shni atomlarning valent elektronlarini elektron juftlar hosil qilish yo`li bilan umumlashtirilishi (almashib turishi) natijasida yuzaga keladi. Bu kuchlar sof kvant harakteridagi elektr tabiatiga ega bo`lgan kuchlari bo`lib, molekulalardagi atom va elektronlarni maxsus Kulon ta`siri natijasida vujudga keladi. Kovalent bog`lanishli molekulalarga H2, N2, SO, NO, СН4 kabi molekulalar misol bo`la oladi. Ayni bir xil atomlardan turg`un molekula hosil bo`lishini ion bog`lanish yoki Van-der-Vaals kuchlari bilan tushuntirib bo`lmaydi. Vodorod molekulasi uchun kovalent bog`lanishning birinchi kvant nazariyasi V.Gaytler va F.Londonlar tomonidan 1927 yilda yaratildi. Kovalent bog`lanish tabiatini vodorod molekulasining hosil bo`lish misolida sifat jihatdan tushuntirishga harakat qilaylik.
Ikki vodorod atomini elektron qobiqlarini o`zaro kirishib ketguncha bir-biriga yaqinlashtiramiz. Asosiy holatda har bir vodorod atomining 1s elektronnining bog`lanish energiyasi 13,6 eV ga teng. Ma`lum ki, uning 1s qobig`ida bittadan elektroni bor. Ikkita vodorod atomi o`z elektronini umumlashtirish yo`li bilan K qobiqlarni to`ldirib to`yingan valentlikka ega bo`lgan sistemaga ya`ni , vodorod molekulasiga aylanadi. Bu molekladagi bir atomni 1s qobig`i boshqa atomni elektronini vaqtincha olish hisobiga to`ladi va geliy atomiga o`xshab qoladi. Hosil bo`lgan H2 molekulasining kvantlashgan energetik sathlarini aniqlash uchun ikki proton maydonida joylashgan ikki elektron (1-rasm) uchun Shredingerning statsionar tenglamasini yechish talab etiladi.
Bunday sistema uchun Shredinger tenglamasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi:


 (16.1)
bu tenglamada


 (16.2)
ifoda vodorod molekulasida ikki proton va ikki elektronning o`zaro ta`sir potensial energiyasidir.

Tenglamadagi  va belgilar molekuladagi birinchi va ikkinchi elektronlarining koordinatasi qatnashgan Laplas operatorini bildiradi. Bu tenglamadan olingan energiyaning xususiy qiymatlari yadrolar orasidagi masofa R ga bog`liq.


Bu bog`lanish spinlari parallel va antiparallel elektronlar uchun turlicha ko`rinishga ega (2-rasm).
Vodorod molekulasining turlanmagan asosiy holati atomlarning 1s holatlaridan tashkil topganligi sababli faqatgina spinlari qarama-qarshi yo`nalgan ikki elektronni joylashtirishi mumkin.
Vodorod molekulasida elektron harakatlanadigan soha atomdagiga qaraganda kengroq bo`lganligidan noaniqliklar munosabatlariga muvofiq ikki atomli sistemaning minimal energiyasi yolg`iz atomnikidan kichikroq bo`ladi. Tajriba natijalariga ko`ra Hmolekulasi hosil bo`lishda 4,5 eV, ya`ni NaCl molekulasidagiga qaraganda ham ko`proq energiya ajralib chiqadi. Ammo bunday sifatli mulohazalar bilan "spinlarining yo`nalishi bir xil bo`lgan vodorod atomlari turg`un molekula hosil qilishi mumkinmi? "-degan savolga javob berish qiyin. Tajriba va qat'iy nazariy hisoblashlar shuni ko`rsatadiki, spinlari bir tomonga yo`nalgan elektronli ikki vodorod atomidan molekula hosil bo`la olmaydi.
Shunday qilib, kovalent bog`lanish sof kvant harakterga ega bo`lib, qo`shni atom valent elektronlarining yig`indi spini nolga teng juftlarga birikishidan yuzaga keladi. Bunday elektron juftlar molekula atomlaridan hech biriga tegishli bo`lmaydi, yaxlit molekula bo`ylab umumlashgandir. Masalan, Nmolekulasida qo`shni atomlarning uchtadan 2p valent elektronlari umumlashib, 3 juft kovalent bog`lanishlar hosil qilishda qatnashadilar. Metan СН4 molekulasida esa uglerod atomining L qobiqidagi to`rtta 2s22p2 elektronlari juft-juft holda to`rtta vodorod atomlarining elektronlari bilan bog`lanadilar. Olmos, kremniy, germaniy kabi kristallar ham, kovalent bog`lanishga ega.
Turli ximiyaviy bog`lanishdan hosil bo`lgan molekulalar bog`lanish energiyalarini o`rganish shuni ko`rinadiki, kovalent bog`lanish kuchlari ion bog`lanish kuchlaridan kuchliroq ekan. Buni biz vodorod molekulasining o`ta turg`unligida, olmos kristallining juda qattiqligida ko`rishimiz mumkin. Ayrim kristallarda kovalent va ion bog`lanilar birgalikda ham uchraydi.


Vodorod molekulasida birinchi atom elektronini ikkinchi atom yadrosi atrofida, ikkinchi atom elektronini birinchi atom yadrosi atrofida qayd qilish ehtimolligi noldan farqli bo`ladi va bunda birinchi atomni elektroni yoki ikkinchi atom elektroni degan so`z ma`nosini yo`qotadi(3-rasm). Bunda kvant mexanikasidagi bir xil zarrachalarning farq qilmaslik prinsipi o`rinli bo`ladi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish