Atoyi lirikasida sevgi va hayot tasviri



Download 46,88 Kb.
bet1/6
Sana30.12.2021
Hajmi46,88 Kb.
#190855
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
atoyi lirikasida sevgi va ishq tasviri


Atoyi lirikasida sevgi va hayot tasviri.

Reja:


  1. Atoyining lirik merosi.

  2. Atoyi g’azaliyotida ishq talqini.

  3. Atoyi lirikasida hayotsevarlik motivlari.

  4. Ishq va hayot talqinidagi poetik mahorati.

  5. Xulosa.

Atoyi XV asrda ijod qilgan turkiygo’y shoirdir. Atoyi haqidagi ma’lumotlar Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Muhokamat ul-lug’atayn” asarlari, shuningdek, zamondoshi Yusuf Amiriyning “O’q va Yoy” munozaralarida keltirilgan1

Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida Atoyi haqida quyidagi malumotlarni aytadi: “Mavlono Atoyi Balxda bo’lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash, xushxulq ba munbasit kishi erdi… Qofiyasida aybg’isi bor. Ammo Mavlono ko’p turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyotig’a muqayyad emas erdi. Qabri Balx Navohisidadur”.

Atoyining otasi Ismoil ota Zangi otaning avlodi hisoblanadi, shuning uchun Atoyi o’z devoniga “Devoni Shayxzoda Atoyi” deya nom qo’ygan. Atoyi devoni haqida dastlabki ma’lumotlarni A. N. Samoylovich (1880 – 1938) e’lon qilgan. Samoylovich Atoyi devonini 1927-yil topganini aytgan. Samoylovich bu devonning g’ilofida rus tilida yozilgan yozuv haqida ham habar beradi. Hozirgi kunda devon Sank Peterburgdagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.2

Atoyi devoni an’anavi tartibida (“Alif” harfi bilan tugallanuvchi g’azallardan boshlanib “Yoy” harhi bilan tugallanuvchi g’azallar bilan tugagan) yaratilgan. Lekin birinchi g’azal “Nun” harfi bilan tugallangan. Bu g’azal devonning an’anaviy kirish qismi bo’lganligi uchun majoziy Olloh ishqiga bag’ishlangan.

Ey xo’blar ko’zgusinda o’zini izhor aylagan,



Ham o’zi ul ko’zguga boqib meni zor aylagan3

Ushbu g’azal oshiqona, yorga bag’ishlangan g’azalga o’xshab ketadi, ammo bu Ollohga bagishlangan, Ollohning sifatlari keltirilgan g’azaldir. Uning barcha qismida haqning yaratuvchi qudrati sezilib turadi: “Qudrati bir g’unchadin ham xori gulzor aylagan”, “Mehrini kam, javrini bisyor-bisyor aylagan”, ”Sun’idin har bir nafasda yo’qtin bor aylagan”, “Qoba qavsayn ittihodidin xabardor aylagan”, “Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan”



Ushbu g’azaldagi “Mehrini kam, javrini bisyor-bisyor aylagan” misralariga etibor bersak, ollohning bu dunyoda insonlarga yuboruvchi jabri nazarda tutilganligini bilish mumkin. Undan keying baytlardagi ”Sun’idin har bir nafasda yo’qtin bor aylagan” jumlasida dunyoni yo’qlikdan paydo qilgani nazarda tutilmoqda. G’azalni istiloh ma’nosi matladan to’la anglashiladi:

Qil Atoyining yuzin oli abo husnidin ol,



Ey Muhammadni ikki olamda muxtor aylagan. (20-bet)

Ushbu misrada Muhammad S.A.Vni ikki olamga sarvar qilgan yagona zot nazarda tutilgan. U zot Ollohdir va oshiq Ollohga oshiqdir. Birinchi misradagi “oli abo” Muhammad S.A.Vning uyi va oilalari uchun ishlatiladi. “Husn” payg’ambarimizning oilalarining ma’naviy qiyofalari sifatida qo’llanilgan.

Atoyi devoni bir necha bor nashr qilingan va Sovet davrida chiqarilgan “Hayot vasfi” (A. Qayumov, A. Oripov, S. G’aniyeva va boshqalar) to’plamiga kiritilgan. Bu to’plamning Atoyiga bag’ishlangan qismi Suyuma G’aniyeva tomonidan nashrga tayyorlangan. Bu asar Sovet davrida (1988-yil) nashr qilingani uchun o’z davrining ateistik qarashlariga mos bo’lmagan, Ollohning nomi keltirilgan yoki, Ollohga bag’ishlangan g’azallar kiritilmagan. Ular sirasiga yuqorida ko’rib o’tgan g’azal “Aylagan” radifli g’azali ham mansub. Keyinchalik (2008-yil) devonning to’la nashri Sayfuddin Sayfulloh tomonidan nashr qilingan. Devon 260 g’azaldan iborat bo’lib ulardan 109 tasi ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.

Atoyi lirikasining asosiy salmog’ini oshiqona ruhdagi g’azallar tashkil qiladi. Bundan tashqari ijodkorning lirik merosida diniy-tasavvufiy va tabiat tasviriga bag’ishlangan g’azallar, o’tkinchi dunyo, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan baytlar ham mavjud. Ijodkorning g’azallarida hayotni ishqqa bog’lagan holda tariflash ko’p uchraydi.




Download 46,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish