Atrof-muhitholatini modellashtirish va prognoz qilish bo'yicha dasturiy mahsulotlar



Download 22,27 Kb.
bet1/3
Sana07.07.2022
Hajmi22,27 Kb.
#754520
  1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU. ATROF-MUHITHOLATINI MODELLASHTIRISH VA PROGNOZ QILISH BO\'YICHA DASTURIY MAHSULOTLAR


ATROF-MUHITHOLATINI MODELLASHTIRISH VA PROGNOZ QILISH BO'YICHA DASTURIY MAHSULOTLAR
So‘nggi yillarda respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, shuningdek, hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangi yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Respublika shahar va tumanlarida sanitariya jihatidan tozalashning mutlaqo yangi tuzilmasi yaratildi. Barcha joylarda davlat-xususiy sheriklik sharoitida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash klasterlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chiqindilarni kompleksli boshqarish tizimi joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil davomida belgilangan vazifalarning tegishli darajada amalga oshirilishini, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida islohotlarni belgilangan sur’atlarda va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi qator omillar mavjudligi aniqlandi, xususan:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb yuritiladi) funksiyalari va vakolatlari haddan ziyod markazlashgan;
ikkinchi, Davlat ekologiya qo‘mitasi inspeksiyaviy faoliyatining yagona vertikali mavjud emasligi hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni samarali olib borish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish imkonini bermayapti;
uchinchi, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi subyektlarning tashkiliy, texnik, iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati yetarli darajada muvofiqlashtirilmayapti;
to‘rtinchi, ekologik targ‘ibotni tashkil etish va olib borish bo‘yicha samarali mexanizmlarning yo‘qligi mazkur yo‘nalishda ijtimoiy reklama va amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
beshinchi, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimiga, shu jumladan atrof-muhit holatini modellashtirish va prognozlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yetarli darajada joriy etilmayapti.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, hududiy tuzilmalar samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibida:
Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi negizida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya);
Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika birlashmasi);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va billing tizimini joriy etish va rivojlantirish markazi negizida davlat unitar korxonasi shaklida Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
2. Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarini mustahkamlash, shu jumladan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarini qo‘shimcha ta’minlash maqsadida uning tizimiga 404 shtat birligi kiritilsin.
Belgilansinki, qo‘shimcha kiritilayotgan shtatlar birligini davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarida shtatlar sonini kerakligicha qisqartirgan holda, ularni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari shtat birliklarining qisqarishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining shtat normativlarini qayta ko‘rib chiqsin.
3. Quyidagilar:

Download 22,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish