Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o’rganish ob’ekti



Download 0,68 Mb.
bet1/38
Sana21.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#913382
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
MFN2BH3oKZRW4iap369

1-variant


1.Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari.
Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o’rganish ob’ekti va predmeti bo’lib xizmat qiladi. Real dunyoda haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko’rinishlari: psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo’lish, hamda uning ayrim fenomenlaridir. Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to’g’risida («psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari
to’g’risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o’rganadi (A.V.Petrovskiy). Psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi.Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki
ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni
bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova). Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong tomonidan aks
ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiyaning ob’ekti bo’lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega

hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini
psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o’rganadi.
Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’ekti insondir. Unda, Psixologiya – bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to‘g‘risidagi fan.
Psixologiyaning obyekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi (1-sxema). Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo’lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon
bo’lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir.
2-Psixologik tadqiqot metodlari.





Психологик тадқиқот методлари кузатиш эксперимент Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda o`rgangan ko`p odatlarimiz,harakatlarimizning asosida o`zining bilim-bilmay kuzatgan, xotiramizda shu
tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi.Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq- atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir. Usulning o`ziga xosligi shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga
aralashmagan va unga xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o`zgalarga munosabatini “zimdan kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning ikki asosiy turi bo`lib, tashqi- obektiv kuzatish va ichki – o`z-o`zini kuzatish farqlanadi. O`z- o`zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning o`zida kechayotgan biror o`zgarish yoki hodisani shaxsan o`rganishi maqsadida ma’lumotlar to`plash va qayd etish usulidir.
Erkin kuzatuv ko`pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o`rganish maqsad qilib qo`yilganda qo`llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dasur bo`lmaydi, kuzatuv obekti ham qat’iy bo`lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo`lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dasur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o`rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o`sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo`shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo`l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo`lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo`lsa, o`zi ham guruh
hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subektiv ravishda qayd etadigan bo`lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo`ladi va faqat bevosita ko`zi bilan ko`rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko`rsatgichlarni qayd qilishda so`zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog`liq bo`lgan jihatlar, yana to`plangan ma’lumotlarni subektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo`lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Тест – сўров олдиндан қатъий тарзда қабул қилинган саволларга бериладиган жавобларни тақозо этади.


Масалан, Айзенкнинг 57 та саволдан иборат тести
шахсдаги интроверсия-екцроверсияни ўлчайди, саволларга “ҳа” ёки “йўқ” тарзида жавоб бериш сўралади.
Тест – топшириқ одам хулқи ва холатини амалга оширган ишлари асосида баҳолашни назарда тутади. Масалан, шахс тафаккуридаги креактивлиликни аниқлаш учун кўпинча бир қарашда оддийгина топшириқ берилади:
берилган 20 та доира шаклидаги шакллардан ўзи
хоҳлаганча расмлар чизиш имконияти берилади. Маълум вақт ва тезликда бажарилиш суръати, расмларнинг ўзига хос ва бетакрорлигига қараб шахс фикрлаши
жараёнининг нақадар ноцандарт, ижодий ва креактивлигига баҳо берилиб, миқдорий кўрсатгич аниқланади.
Бу каби методларнинг умумий афзаллиги уларни турли ёш, жинс ва касб эгаларига нисбатан қўллашнинг
қулайлиги, бир гуруҳда натижа бермаса, бошқа гуруҳда яна қайта текширув ўтказиш имкониятининг борлиги бўлса, камчилиги – баъзан текширилувчи агар тестнинг моҳиятини ёки калитини билиб қолса, сунъий тарзда унинг кечишига таъсир кўрсатиши, фактларни
фалсификасия қилиши мумкинлигидир.
Тестлар ичида проектив тестлар деб номланувчи тестлар ҳам борки, тестнинг асл мақсади текширилувчига сир бўлади. Яъни, текширилувчига шундай топшириқ
бериладики, у топшириқни бажараётиб, нимани аниқлашаётганлигини, натижаси қандай бўлишини олдиндан билмайди. Масалан, машҳур Роршахнинг “Сиёҳ
доғлари” тести, ёки ТАТ (тематик апперсепсион тест), тугалланмаган ҳикоялар каби тестларда бир нарсанинг проексиясидан гўёки иккинчи бир нарсанинг моҳияти
аниқланади. 1921 йилда кашф этилган “Сиёҳ доғлари” ва уларга қараб текширилувчининг нималарни
эслаётганлиги, доғлар нималарга ўхшаётганлигига қараб, унинг шахс сифатидаги йўналишлари, ҳаётий
тамойиллари, қадриятларига муносабати, ишни бажариш пайтидаги эмосионал ҳолатлари аниқланади. Бу тестлар жуда ноёб, қимматли, лекин уни фақат профессионал
психологгина қўллаши ва натижаларни моҳирона таҳлил қилиши талаб қилинади.
Кузатиш, сўроқ, эксперимент ёки бошқа усуллар ёрдамида ўрганилаётган ҳодисанинг туб моҳияти очилмаган шароитларда моделлаштириш усули
қўлланилади. Бунда ўша ҳодисанинг умумий хоссаси ёки асосий параметрлари моделлаштирилиб, ўша модел асосида тадқиқотчини қизиқтирган жиҳат ўрганилади ва хулосалар чиқарилади.


  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish