Avtomatika va elektrotexnologiya


-Mavzu. Informatika va axborot texnologiyalariga kirish. (2 soat)



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/263
Sana31.12.2021
Hajmi4,36 Mb.
#264867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

1-Mavzu. Informatika va axborot texnologiyalariga kirish. (2 soat) 
1. 
―Informatika va axborot texnologiyalari‖ fani va uning bugungi taraqqiyot darajasi.  
2. 
Axborot va uni o‘lchash usullari.  
3. 
Axborot resurslarini yaratish jarayonlari.  
4. 
Jamiyatni axborotlashtirish masalalari.  
  
Кirish 
Fanning maqsadi axborot texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini, 
axborot texnologiyalarini inson faoliyatining turli soxalarida qo‘llanilish asoslarini o‘rgatishdan 
iboratdir.  Bunda  asosiy  e‘tibor  axborot  texnologiyalarini  telekommunikasiya  soxasida 
qo‘llanilishiga  qaratilgandir.  Fanning  vazifasi,  talabalarni  axborot  texnologiyalarini  texnik  va 
dasturiy  vositalari  bilan  tanishtirish  va  bu  vositalarni  ishlab  chiqarish,  ilmiy  talqiqot  ishlari, 
xamda  o‘quv  jarayonlariga  tadbiq  etish  usullari  va  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 
o‘rgatishdan iboratdir.  
Informatikaning  vujudga  kelish  tarixiga  nazar  tashlasak,  dastlab  mexanik  kompyuterlar 
yaratilgan. 
 
1642 yilda Blez Delphi qo‗shish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi qurilmani 
ixtiro qildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnits to‗rt arifmetik amalni bajaruvchi mexanik 
qurilma  arifmometrni  konstruksiyasini  yaratdi.  XIX  asrdan  boshlab  arifmometrlar  juda  keng 
masshtabda qo‗llanila boshlandi. Bu qurilmada o‗ta murakkab hisoblashlar ham amalga oshirilar 
edi,  xattoki o‗sha vaqtda ―hisoblovchi - inson‖ deb nom olgan maxsus kasb ham mavjud edi. Bu  
kasb egasi  berilgan instruksiya asosida topshirilgan vazifani arifmometr yordamida aniq va tez 
amalga  oshirar  edi.  Lekin  ayrim  hisoblashlarning  o‗ta  murakkabligi  ulardan  olinadigan  natija 
uchun sarflanadigan vaqtning sekinlashuviga sabab bo‗lgan. Bunday hisoblashlar uchun xaftalab, 
oylab vaqt sarflanar edi. Buning asosiy sababi, bu ko‗rinishdagi hisoblashlarni amalga oshirish 
va natijalarni yozib borishni inson o‗zi bajarayotganligidir. 
 
1833  yilga  kelib  ingliz  matematigi  Charlz  Bebbidj  insonning  aralashuvisiz,  mustaqil 
ravishda  hisoblashni  amalga  oshiruvchi  universal  hisoblash  qurilmasi  -  ―analitik  mashina‖ning 
proyektini yaratdi.  Lekin,  Bebbidj bu ishini oxiriga yetkaza olmagan bo‗lsada, uning fikrlarini 
asos  qilib  olib,  1941  yilda  nemis  injeneri  Kondrat  Tsuze  tomonidan  analitik  mashina  yaratildi. 
1943  yildan  boshlab  esa    Amerikalik    Djon    Mochli  va  Prespera  Ekerta  rahbarliklari  ostida 
dastlabki elektron lampali mashinalarning ixtirolari amalga oshirila boshlandi. 
 
Keyinroq  Mochli  va  Ekerta  dasturni  o‗z  xotirasida  saqlaydigan  yangi  mashinaning 
konstruksiyasi  ustida  ish  olib  bordilar  va  bu  ishga  mashhur  matematik  Jorj  fon  Neymanni  ham 
hamkorlikka chaqirdilar. 
Birinchi  elektron  kompyuterlar  AQSHning  Pensilvaniya    Universitetida  1946  yilda 
yaratilgan.  Bu  kompyuter  ENIAC  nomi 
bilan  mashhur  bo‗ldi,  uning  hajmi  juda 
katta  bo‗lib,  og‗irligi  30  tonna  edi, 
ENIAC  18000  elektron  lampadan  iborat 
va  500  amalni  1  sek.da  bajarardi.  (1940-
1955y)  Tarkibi  elektron  lampalardan 
iborat  bo‗lgan  barcha  EHMlar  -  birinchi 
avlod mashinalari deb nomlangan. 
1955 yildan boshlab ikkinchi avlod 
EHMlari  paydo  bo‗la  boshladi.  Ulardan 
elektron  lampalar  o‗rniga  yarim  o‗tkazgichlar  -  tranzistorlar  bilan  almashtirilgan.  Yangi  avlod 
EHMlarining  avvalgisidan  afzalligi  o‗lchovi  kichik,  elektr  energiyasini  kamroq  talab 
qilganligidir.  
Bu prinsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman tomonidan 1946  yilda asoslab berildi. 
Uning fikricha markaziy protsessor xotirada saqlanayotgan dasturni boshqaradi. U ikki qismdan 
iborat bo‗ladi: 


  boshqaruv  qurilmasi,  ya‘ni  dastur  buyruqlarini  qabul  qiluvchi  va  ularning  bajarilishini 
ta‘minlovchi; 
  arifmetik–mantiqiy qurilma, faqat hisoblashlar uchun mo‗ljallangan. 
 
Undan tashqari ―tezkor xotira‖ – doimiy saqlovchilardan markaziy protsessorga borish va 
qaytish  yo‗lida  oraliq  ma‘lumotlarni  saqlash  uchun  foydalaniladi.  Bu  oraliq  ma‘lumotlarni 
saqlovchi qurilma (bufer) operativ xotira deb ataladi. Huddi shunda fon Neyman kompyuterning 
asosiy funksional ishlash prinsiplarini tavsiflab bergan. 
 ―Axborot‖  so`zi  lotincha  ―informatsion‖  so`zidan  olingan  bo`lib,  qutilayotgan  yoki  bo`lib 
o`tgan voqеa, xodisalar to`g`risidagi ma'lumotlarni bildiradi. 
 
Kundalik  turmushda  xar  bir  mutaxassis  turli  xil  axborotlar  bilan  ish  yuritadi.  Axborot 
tushunchasi  bir  qancha  fanlarda  turlicha  izoxlangan.  Masalan:  Falsafada  axborot  inson  ongiga 
ta'sir  etib,  obyеktiv  rеallikni  aks  ettiruvchi  va  xarakatlantiruvchi  katеgoriya  sifatida  ishlatiladi. 
Kibеrnеtikada,  informatika  fanida  axborot  voqеa  -  xodisa  to`g`risidagi  bilimlarni  oshirish  yoki 
noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo`llaniladi. 
 
Kompyutеrlarni  ishlatish  faoliyatida  esa  axborotdan  boshqarish  funktsiyalarini  amalga 
oshiruvchi obyеkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy 
bog`langan, lеkin xar qanday ma'lumot axborot bo`lavеrmaydi. 
 
Masalan:  olma  dеsak,  bir  nеcha  xil  ma'noni  tushunish  mumkin:  qizil  olma  dеganda, 
mеvaning  ma'lum  bir  rangi  tushuniladi,  dеmak  barcha  ma'lumotlar  axborotga  aylanishi  uchun 
voqеa - xodisa to`g`risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim.  
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy xolda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1.  Tеxnik axborot 
2.  Agrobiologik axborot 
3.  Siyosiy axborot 
4.  Huquqiy axborot  
5.  Iqtisodiy axborot va boshqalar. 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish