Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 Akkumulatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

2.1.2. Akkumulatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish
Akkumulatorlar batareyasi holati avtomobil elektr jihozlari-
ning ish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Akkumulatorlarning
xizmat muddati, asosan, ularni ishlatish davrida belgilangan qoida,
tadbir-amallarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishga bog‘liq. Bu qoida,
tadbir-amallar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

muntazam ravishda qutb quloqlarini tozalab, ularga texnik
vazelin suriladi, batareyaning ustki qismini 10 % li novshadil
spirti eritmasi bilan tozalab turiladi, batareyaning yaxshi mahkam-
langanligi tekshiriladi;

kamida ikki haftada bir marta elektrolit sathi tekshiriladi va
zarurat bo‘yicha distillangan suv quyiladi;

kamida 1 oyda bir marta elektrolit zichligi o‘lchanadi va
akkumulatorning razryadlanganlik darajasi aniqlanadi. Agar raz-
ryadlanganlik darajasi yozda 50 % dan, qishda 25 % dan ortiq
bo‘lsa, batareya darhol zaryadlashga qo‘yiladi;

generator kuchlanishining qiymati muntazam ravishda nazo-
rat qilinadi va zarurat bo‘yicha rostlanadi;

bir yilda 1—2 marta akkumulatorni avtomobildan olib, tok
qiymati o‘zgarmas bo‘lgandagi zaryad usuli bilan to‘la zaryadlash
tavsiya qilinadi.
Akkumulatorning me’yorida ishlashining muhim shartlaridan
biri undagi elektrolit sathining belgilangan darajada bo‘lishini
ta’minlashdan iborat. Elektrolit tarkibidagi suv miqdori bug‘lash
va o‘ta zaryadlash vaqtida sodir bo‘ladigan elektrolitik parchalanish
natijasida uzluksiz ravishda kamayib boradi. Natijada, elektrolit sathi
doimo kamayib boradi, bu plastina va separatorlarning yuqori
qismining ochilib qolishiga olib keladi. Plastinalarning elektrolit sat-
hidan yuqoridagi qismi kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaganligi
sababli akkumulatorlarning sig‘imi kamayadi. Bundan tashqari,
plastinalarning elektrolitdan chiqib turgan qismi havo tarkibidagi
kislorod ta’sirida sulfatlanadi va o‘z ish qobiliyatini butunlay yo‘-
qotadi. Suvning kamayishi hisobiga elektrolit tarkibidagi sulfat kis-
lota miqdori ortadi, akkumulatorlar batareyasining ishlash mud-
dati esa qisqaradi va bir qator nosozliklar yuzaga keladi. Shu sababli
akkumulatordagi elektrolit sathini muntazam ravishda nazorat qilib
turish va zarurat bo‘yicha distillangan suv quyib, uning me’yorida
bo‘lishini ta’minlash zarur. Aksariyat ko‘pchilik akkumulatorlardagi
elektrolit sathi plastina yuzasidan 10—15 mm yuqorida bo‘lishi kerak.


13
Elektrolit sathi diametri 3—5 mm
bo‘lgan shisha naycha yordamida o‘lcha-
nadi (2.1-rasm). Elektrolit sathi me’yo-
ridan yuqori bo‘lmasligi kerak. Aks holda
avtomobil harakati davomida elektrolit
sachrashi va to‘kilishi mumkin. Elektrolit
sachragan avtomobil detallari kuchli
korroziyaga uchraydi, elektr o‘tkazgich-
larning izolatsiyasi yemiriladi. Elektrolit
sachragan detallarning yuzalarini 5 % li
kalsiy soda yoki novshadil spirti bilan
tozalanadi.
Akkumulatorlardagi elektrolit sathini
me’yoriga keltirish uchun, odatda, faqat
distillangan suv quyiladi. Ba’zi hollarda
istisno tariqasida toza yomg‘ir yoki qor suvini ham quyish mum-
kin. Ammo elektrolit sathining pasayishiga uning sachrashi yoki
to‘kilishi sabab bo‘lganligi aniq bo‘lsa, akkumulatorga zichligi
mos keladigan elektrolit quyiladi. Elektrolit sathini tekshirish va
me’yoriga keltirish har 1-texnik xizmat ko‘rsatish (1-ÒXK) vaq-
tida, lekin har 15 kunda bir marta amalga oshirilishi zarur. Yoz-
ning issiq kunlarida esa bu ish har 5—6 kunda bajarilishi kerak.
Akkumulatorlar batareyasini toza holatda saqlash zarur. Akku-
mulatorning ustki qopqog‘ida to‘plangan kir, namlik, musbat va
manfiy chiqish qisqichlari orasida tok o‘tkazuvchi ko‘prikcha-
larni hosil qiladi va ular orqali o‘tgan tok o‘z-o‘zidan razryadla-
nish jarayonini tezlashtiradi. Shuning uchun elektrolit sathini
tekshirish bilan birga batareyaning ustki qismini avval 5 % li soda
eritmasi bilan tozalash, so‘ngra latta bilan yaxshilab artish tavsiya
qilinadi. Elektrolit sathi tekshirilganda, albatta, akkumulatorning
shamollatish teshiklarini ham tozalash kerak. Chunki shamol-
latish tirqishlarining ifloslanishi va berkilib qolishi, akkumulator
bankasida yig‘iladigan gazlar bosimining oshib ketishiga, nati-
jada, mastika yoki banka devorlarida darz hosil bo‘lishiga olib ke-
ladi. Ba’zi hollarda akkumulator bankasi ichidagi elementlarda
yuzaga kelgan uchqun ta’sirida kislorod va vodorod aralashmasi
portlash hollari ham ma’lum.
Akkumulatorlar batareyasining chiqish elektrodlari va ularga
ulangan o‘tkazgich qisqichlarining korroziya bo‘lishi natijasida
ular o‘rtasidagi o‘tish qarshiligining qiymati ortib ketishi mumkin.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish