Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim



Download 180,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana05.05.2023
Hajmi180,07 Kb.
#935162
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-190-сон 04.04.2022. Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim
qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini
yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarorining 
6-
bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Madaniy-ma’rifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, shuningdek,
davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pullik
xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-son 
qarorida
:
a) 
2-band
“talablariga muvofiq” so‘zlaridan keyin “umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari
va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari uchun” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-bandning 
uchinchi xatboshisi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikada yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa
texnik vositalarini ishlab chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga to‘liq rioya qilgan
holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 8-bandning 
birinchi xatboshisi
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-
son 
qarorida
:
a) 
3-band
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati
qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi quyidagicha yo‘naltiriladi:
30 foiz — yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan
(100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va
avtomatlashtirilgan tizimni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish
maqsadlarida foydalaniladi;
20 foiz — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari
jamg‘armasiga;
25 foiz — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
25 foiz — shartnomada belgilangan investitsiyaviy xarajatlarning hajmi to‘liq qoplanguniga
qadar Investor hisobiga.
Belgilansinki, investitsiyaviy xarajatlar to‘liq qoplanganidan so‘ng, mazkur qarorda nazarda
tutilgan jarima summasining Investorga tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;


b) 
4-band 
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Investor bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘k va qizil rangli
yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha, maxsus tovushli ishoralari hamda avtomatlashtirilgan jamoat
tartibini nazorat qilish va yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash moslamalari o‘rnatilgan patrul
avtomobillarini amaliyotga joriy qilish”;
v) 7-bandning 
ikkinchi xatboshisi
 quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan
tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan jihozlar, butlovchi buyumlar, dasturiy
ta’minot, yordamchi texnika va qurilish materiallari — bojxona bojidan”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun
professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-5076-son 
qarorida
:
a) 
2-band 
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 9-bandning 
“v” kichik bandi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Akademiya boshlig‘iga:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish mablag‘lari hisobidan o‘quv jarayoniga shartnoma asosida,
birinchi navbatda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalaridan yuqori ilmiy-pedagogik mahoratga ega
bo‘lgan malakali mutaxassislarni jalb etish va mehnat bozorida amaldagi konyunkturani inobatga
olgan holda ularning mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash;
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga
oshiruvchi ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma
asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan Akademiyaning
moddiy-texnika va o‘quv bazasini rivojlantirish, shuningdek, shartnoma asosida o‘quv jarayoniga
pedagog kadrlar va mutaxassislarni jalb etish”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 62-son qaroriga 
1-ilovada
:
a) 9 -pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

9 .
Ichki 
ishlar 
vazirligi 
Jamoat
xavfsizligi 
departamenti 
Yo‘l
harakati 
xavfsizligi 
xizmatining
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi
xizmati moddiy-texnika bazasini
rivojlantirish, 
xodimlarini
rag‘batlantirish va mukofotlash
jamg‘armasi
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi, maxsus
avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yo‘l
harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasidan tashqari
10
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qora

tirishga)
ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar
40
”;
b) quyidagi mazmundagi 9 -pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

1
1
2


9 . Ichki 
ishlar 
vazirligi 
Jamoat
xavfsizligi 
departamenti 
Yo‘l
harakati 
xavfsizligi 
xizmatining
“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda”
respublika jamg‘armasi
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar summasi
(davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi bo‘yicha undirilganlar mablag‘lar
bundan mustasno)
5
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd
etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar summasi
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarori bilan joriy etilgan
loyiha bo‘yicha)
25
Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga)
ruxsatnoma berish va o‘zgartirish bo‘yicha yig‘imlar
20
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan
videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda
mobil qurilmalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun
jarimalar summasi
100
Avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini
oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksiondan olib, auksionga qo‘yilgan
boshlang‘ich narxi bo‘yicha umumiy tartibda realizatsiya qilishdan olingan
tushumlar
50
”;
v) 24 -pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

24 .
Axborot 
texnologiyalari 
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligining 
“Xavfsiz 
shahar”
jamoat tartibiga ko‘maklashish
markazi
“Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun
jarimalar summasi, aloqa kanallarini tashkillashtirish va ijarasi bo‘yicha
xarajatlarni qoplash, boshqa tizimlar bilan integratsiyalash va rivojlantirish,
Markaz faoliyatini, mehnatga haq to‘lash fondini moliyalashtirish hamda
uning xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, shuningdek moddiy-
texnikaviy jihatdan ta’minlash uchun maqsadli yo‘naltirilgan holda (Vazirlar
Mahkamasining “2020-2021-yillarda Toshkent viloyati va Toshkent shahrida
infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini
jadallashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 17-martdagi qarorida ko‘rsatilgan jarima
summasidan ajratmalar bundan mustasno)
10
”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi “Avtomototransport vositalarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 683-son qaroriga 2-ilova 18 -bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
quyidagi
tahrirda bayon etilsin:
“Realizatsiyadan kelib tushgan mablag‘larning 50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjetiga, 50 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.”
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali
avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son qarori
2-bandining 
“d” kichik bandi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma
berish va o‘zgartirish uchun tushadigan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
40 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmatining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini
rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
2
1
1
1


20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Davlat
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va
mukofotlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ruxsatnomalar blanklarini va tusini
o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema
(gologramma)larni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika
bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek,
xodimlarini rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi “Yo‘l harakati
xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 747-son 
qarorida
:
a) 
4-band
quyidagi mazmundagi “a ” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“a ) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar,
videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan
huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat
xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika
jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
b) ilovaning 
13-bandi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Rag‘batlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan so‘ng fuqaroning uyali telefon
raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga Ichki ishlar
vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz
piyoda” respublika jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan avtomatik tarzda pul o‘tkazish
yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
2
2

Download 180,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish