Avtomobillarning umumiy tuzilishi. Avtomobillar tasnifi Reja



Download 60,5 Kb.
bet1/2
Sana05.07.2022
Hajmi60,5 Kb.
#742437
  1   2
Bog'liq
Avtomobillarning umumiy tuzilishi.


Avtomobillarning umumiy tuzilishi.
Avtomobillar tasnifi


Reja.

1. Avtomobillar tasnifi


2. Avtomobilning texnikaviy tavsifi.

Avtomobillar tuzilishi fani mutaxassislik fani sifatida o’rgatiladi. Fanni o’rganish jarayonida avtomobillarning turlari, tuzilishi, ularning tasnifi, bajaradigan ishlari, ularga texnik xizmat ko’rsatish, avtomobilning xalq xo’jaligida tutgan o’rni haqida tushunchalarga ega bo’linadi. Shuningdek mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillar bilan tanishiladi.


Tasnif. Avtomobillar hamda avtotransportlardan foydalaniladigan tirkama vositalari birgalikda harakatlanuvchi avtomobillar tizimini hosil qiladi. Bu tizim vazifasiga ko’ra yuk tashuvchi va yo’lovchi tashuvchi qismlarga bo’linadi. Yuk tashuvchilarga - yuk avtomobillari, shatakchi, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; yo’lovchi tashuvchilarga- yengil avtomobillar, avtobuslar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar; maxsus tarkibga-maxsus jihozlangan, transport ishlariga mo’ljallangan avtomobillar, tirkama va yarim tirkama avtomobillar kiradi.
Yuk tashishga mo’ljallangan harakatlanuvchi tarkib, foydalanish holatiga ko’ra umumiy va ixtisoslashtirilgan guruhlarga bo’linadi. Umumiy guruhga kiruvchi yuk avtomobillarining kuzovi to’rt devorli (bortli) platforma shaklida bo’ladi. Ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari kuzovi esa faqat ma’lum yuklarni tashishga moslashtirilgandir (samosval, furgon, sisterna va boshqalar). Yuk avtomobillari ruxsat etilgan maksimal massasi bo’yicha yettita klassga bo’linadi: 1,2 tonnagacha; 1,3-2,0; 2,1-8,0; 9,0-14; 15-20; 21-40; 40 tonnadan yuqori.
Sochiluvchan (qovushqoq) yuklarni tashishga moslashtirilib, o’zi ag’daradigan kuzov bilan jihozlangan yuk avtomobillari samosval (o’zi ag’daruvchi) avtomobillar deb, tirkama yoki yarim tirkamalarni sudrab yurishga moslashtirilganlari esa shatakchi-avtomobillar deb ataladi. Agar avtomobil yoki shatakchi-avtomobil yolg’iz o’zi bir yoki bir necha tirkamalarni sudrasa, bunday transport vositalari tizimi- avtopoyezd deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmiga ko’ra quyidagi turkumlarga bo’linadi: juda kichik (1,21 gacha), kichik (1,3- 1,81), o’rtacha (1,9-3,51), katta (3,51 dan katta), juda katta (chegaralanmagan).
Avtobuslar yo’lovchi tashuvchi avtomobillar tarkibiga kirib, sakkizta va undan ortiq o’rindiqqa ega bo’ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: juda kichik (5 m. gacha), kichik (6,0-7,5 m), o’rtacha (8,0-9,5 m ), katta (10,5-12m), juda katta (qo’shaloq) (16,5 m va undan uzun) bo’lgan turkumlarga ajratiladi.
Avtomobillarning barcha turlari esa har xil yo’llarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bo’linadi: tabiiy (normal) o’tuvchanlikka ega va o’tuvchanligi yuqori bo’lgan avtomobillar. Birinchi guruhga kiruvchilar qatnov uchun moslashtirilgan yo’llarga mo’ljallangan bo’lib, bitta yetakchi ko’prikka ega. Ikkinchi guruhdagilar esa o’ta qiyin yo’llardan ham yura oladi. Bu avtomobillarning barcha g’ildiraklari yetaklovchidir.
Avtomobillar yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g’ildirak formulasi deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi. Masalan: 4x2; 4x4; 6x4; 6x6 va hakoza.
Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy modelini hamda undan ayrim ko’rsatkichlari va konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi. Masalan: ZIL-130; lixachev nomli zavod, 130-ishlab chiqarilgan model raqami.
Hozirgi paytda harakatlanuvchi tarkibni belgilash uchun yangi tizim (indeksatsiya) muomalaga kiritildi. Ushbu belgilash tizimi ham oldingiga o’xshash bo’lib, zavod nomini ifodalovchi harflardan va to’rtta yoki beshta raqamdan iborat. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtomobil turini, uchinchi va to’rtinchisi model raqamini, beshinchisi (agar qo’yilgan bo’lsa) modifikatsiyaning tartib raqamini ifodalaydi.
Ikkinchi raqam, avtomobillarni vazifasiga ko’ra yoki ixtisoslashtirilganligiga qarab ajratish imkonini beradi: 1-yengil avtomobillar; 2-avtobuslar; 3-yuk avtomobillari; 4-egarsimon shatakchilar; 5- o’zi ag’dargich (samosval)lar; 6-sisternalar; 7-furgonlar; 8-zahira(rezerv); 9-maxsus avtomobillar. Dastlabki ikki raqam bo’yicha avtomobillarni belgilash tizimi quyidagi umumiy ko’rinishga ega:



Yuk avtomobillari

Ruxsat etilgan eng yuqori (maksimal) massa, t

1,2

1,3-2

2,1-8

9-14

15-20

21-40

40

Avtomobillar indeksi; bortli platforma

13

23

33

43

53

63

73

Shatakchi

14

24

34

44

54

64

74

Samosval

15

25

35

45

55

65

75

Yengil avtomobillar

Dvigatelning ish hajmi,l.

1,2

1,3-1,8

1,9-3

3,5

Indeksi

11

21

31




41

Avtobuslar

Uzunligi, m

5

6-7,5

8-9,5

10,5-12,0

16,5

Indeksi

22

32

42

52

62

Misollar: Kamsk avtomobil zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan eng yuqori massasi 15184 kg, yigirmanchi model- KamAZ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigatelining ish hajmi 2,445 l, ikkinchi model-GAZ-3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m, birinchi model-PAZ-3201.
Avtomobilning texnikaviy tavsifi. Avtomobilga zavod tomonidan ilova etiladigan ko’rsatmada uning texnikaviy tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlar quyidagi asosiy ko’rsatgichlardan iborat bo’ladi: tonna (kg) bilan ifodalangan nominal yuk ko’tarish qobiliyati yoki o’rinlar soni; tonna (kg) bilan ifodalangan ruxsat etilgan eng yuqori massa; m (mm) bilan ifodalangan gabarit o’lchamlari; dvigatel turi va uning modeli; to’la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); 100 km.ga yonilg’i sarfi (l).
Aytib o’tilgan ko’rsatkichlardan tashqari, texnikaviy tavsifnomada dvigatel va uning tizimi, transmissiya, g’ildiraklar va osmalar, boshqarish tizimi, elektr jihozlar, kabina, kuzov, qo’shimcha jihozlar, yonilg’i idishining (bakning) hajmi hamda rostlash va nazorat qilish to’g’risida ham qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.



Download 60,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish