Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun


Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy



Download 380 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana15.01.2022
Hajmi380 Kb.
#367425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5316938146854737503

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy 

haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni 

o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan 

talablar 

I. Avtomatlashtirilgan avtodromga qo‘yiladigan talablar

 

1. Avtomatlashtirilgan avtodrom quyidagi asosiy elementlardan iborat 

bo‘lishi kerak:

 

haydovchilikka nomzodning avtotransport vositasini amaliy boshqarish 



bo‘yicha  ko‘nikmalarini  avtomatlashtirilgan  holda  sinovdan  o‘tkazishga 


mo‘ljallangan,  yo‘l  harakatini  tashkil  etishning  texnik  vositalari  bilan 

jihozlangan,  umumiy  foydalanishdagi  yo‘llardan  ajratilgan  yopiq  hududdagi 

maxsus maydoncha

dispetcherlik (nazorat) punkti; 

maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo‘l harakatini 

tashkil  etishning  texnik  vositalarini  o‘zaro  bog‘lovchi  markaziy  dasturiy 

majmua; 

haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov 

mashqlari  natijalarini  inson  omilisiz  baholash  uchun  avtomatlashtirilgan 

nazorat tizimi. 

2.  Avtomatlashtirilgan  avtodrom  maxsus  maydonchasining  loyiha 

parametrlari  va  elementlari  vakolatli  davlat  organlari  tomonidan 

belgilanadigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

 

Bunda avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasida: 



a)  “A”  toifasi  uchun  “Harakatni  boshlash  (start)”,  “Ilon  izi”,  “Tor  yo‘lak”, 

“Tezlashish

-

sekinlashish”,  “Gabaritli  yarim  aylana”,  “Gabaritli  koridor”,  “Past 



tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;

 

b)  “B”,  “C”,  “D”  toifalari  uchun  “Harakatni  boshlash  (Start)”,  “Piyodalar 



o‘tish  joyi”,  “To‘xtash  va  tik  balandlikka  ko‘tarilish  (estakada)”,  “90  gradus 

burchak  ostida  burilishlar”,  “Tor  joyda  qayrilib  olish  uchun  boksga  kirish”, 

“Harakat  tartibga  solingan  chorraha”,  “Ilon  izi”,  “Orqaga harakatlanib  parallel 

to‘xtash (parkovka)”, “Temir yo‘l kesishmasi” (tartibga solinmagan), “Tezlashish 

bo‘lagi”, “Avariya holatda to‘xtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;

 

v)  “BE”,  “CE”,  “DE”  toifalari  uchun  “Harakatni  boshlash  (Start)”,  “Orqa 



bortni platformaga qo‘yish”, “Platformadan yo‘lga chiqish”, “Gabaritli koridorda 

orqa  tomonga  to‘g‘ri  chiziqda  harakatlanish”,  “Harakatni  yakunlash  (Finish)” 

elementlarining mavjudligi majburiydir. 

3. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi orqali nazorat qilinadigan sinov 

mashqlarining  joylari  va  elementlarini  belgilash  uchun  maxsus  yo‘l 

chiziqlaridan foydalanilishi mumkin. 

4.  Avtomatlashtirilgan  avtodrom  undagi  yo‘l

-

ko‘cha  tarmog‘i 



elementlarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi elementi sifatida faoliyat 

ko‘rsatishini  ta’minlash  uchun  qo‘shimcha  ravishda  sezgir  datchiklar 

(uzatgichlar), elektr ta’minoti va aloqa liniyalariga ega bo‘lishi kerak.

 

5.  Datchiklar  (uzatgichlar)  statsionar  o‘rnatilgan  bo‘lishi,  mexanik  yoki 



ob-hav

o omillari ta’sirida o‘z joyini yoki texnik xususiyatini o‘zgartirmasligi va 

transport vositalari harakatiga xalaqit bermasligi kerak. 

6.  Dispetcherlik  (nazorat)  punktining  joylashuvi  avtomatlashtirilgan 

avtodromdagi vaziyatni bevosita kuzatish imkonini berishi lozim. 

7.  Dispetcherlik  (nazorat)  punkti  haydovchilikka  nomzodlarning 

harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan 

avtodrom  tizimining  elementi  sifatida  ishlaydigan  axborotni  doimiy  qabul 




qilish,  uzatish  va  qayta  ishlash  uskunalari,  ovozli  aloqa  vositalari  bilan 

jihozlangan bo‘lishi lozim.

 

8.  Dispetcherlik  (nazorat)  punktining  elektr  ta’minoti  uskunalari 



himoyalangan va barqaror ishlashini ta’minlovchi tizim bilan jihozlanadi.

 

9. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi quyidagi talablarga javob berishi 



kerak: 

haydovchilikka  nomzodning  amaliy  boshqarish  ko‘nikmalarini  inson 

omilisiz baholash; 

o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish;

 

o‘rnatilgan  dasturiy  ta’minot  va  ma’lumotlarga 



ruxsatsiz  kirishdan 

himoyalanish; 

imtihon jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga 

o‘zgartirish kiritish imkoniyatini cheklash;

 

o‘tkazilgan  amaliy  imtihon  natijalarini  avtomatlashtirilgan  imtihon 



tizimiga avtomatik tarzda uzatish uchun integratsiyalash

avtomatlashtirilgan  avtodrom  va  uning  tarkibiy  tizimlarining  sozligini 

avtomatik  tarzda  uzluksiz  nazorat  qilish,  nosozliklar  yuzaga  kelganda  bu 

haqidagi  ma’lumot  (axborot,  ishora)ni  avtodrom  dispetcherlik  punktidagi 

monitorga  chiqarish,  amaliy  imtihonlarni  nosozlik  bartaraf  etilgunga  qadar 

to‘xtatish, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalarini bekor qilish.

 

10.  Avtomatlashtirilgan  avtodromda  o‘tkaziladigan  amaliy  imtihonlar 



jarayonida  avtomototransport  vositalarining  harakatlanish  sxemasi  (sinov 

mashqlarining  bajarilish  ketma-

ketligi)  haqidagi  ma’lumotlar  tadbirkorlik 

subyektining  veb-

saytida  (mavjud  bo‘lsa)  va  bevosita  obyekt  hududidagi 

axborot stendlarida joylashtiriladi. 




Download 380 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish