Axborot quroli haqida tushuncha



Download 19,97 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi19,97 Kb.
#79020
  1   2
Bog'liq
AXBOROT QUROLI HAQIDA TUSHUNCHA


AXBOROT QUROLI HAQIDA TUSHUNCHA

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san'atda inqilobni anglatadi. Ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an'anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan. «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?


Yaqin o‘tmish tarixidan (1970-1990) Аmerika raketasi faqatgina EHM dasturida 7 raqami o‘rniga 1 raqami bo‘lgani uchungina berilgan kursidan chetlangan. Raketa yerdan boshqarish punktidan buyruq berish bo‘yicha portlatib yuborildi.
Mars sayyorasi rayoniga uchib yetgan «Fobos» sovet fazoviy apparati keyingi vazifalarni bajarmadi: yuborilgan signalda atigi bir harf tushirib qoldirilgan edi, natijada yo‘l ko‘rsatish tizimi o‘chib qolishi sodir bo‘lgan.
Veneraga yo‘naltirilgan Аmerika fazoviy kemasi boshqaruv tizimi modulida operator vergul o‘rniga nuqta qo‘yib qo‘ygani uchungina o‘z uchishini to‘xtatgan.
1988 yil oktabr oyida АQShning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlaridagi kompyuter markazlari bir necha soatlar davomida «virusli infektsiya» bilan «zararlandi». «Epidemiya» 6 mingdan ko‘proq kompyuterlar va 70 ta kompyuter tizimlarini qamrab oldi. «Viruslar» axborotlar kanallarini to‘ldirib tez tarqalib bordi. Bundan tashqari, «Virus dasturlari» maxfiy parollarni bilib olishga imkon berdi va shu tariqa kompyuter tizimlariga ulanish, harbiy ob'ektlarni boshqarishni ta'minlagan. Bu ishda jinoyatchi 23 yoshli Kaliforniya universitetining talabasi bo‘lib chiqdi, u qiziqqani uchungina o‘zi tuzgan «virusli dasturni» universitet kompyuter tizimiga kiritgan edi. Bu «EHMga hujum» EHM xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma'lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir.
Аxborot quroli «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma'lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta'qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta'minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir».
Hujum qiluvchi axborot quroli deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

1. Kompyuter viruslarini;

2. Mantiqiy bombalar (dasturli to‘siqlar);

3. Telekommunikatsion tarmoqlarda axborot almashish vositalarini yo‘q qilish, davlat va harbiy boshqaruv kanallarida axborotlarni qalbakilashtirish;

4. Test dasturlarini buzish, ishdan chiqarish;

5. Ob'ektni dasturli ta'minlashga atayin kiritiladigan turli xil xatolar.

Axborot qurolning jiddiy ustunliklaridan biri uning boshqa qurollardan nisbatan arzonligi hisoblanadi. Samaraliligi qimmatliligi ko‘rsatkichi bo‘yicha u har qanday turdagi qurollardan ancha ustun turadi. Nima uchun? Chunki unga dushmanni yo‘q qilish uchun «kuch, qudratni» (energiyani) kiritish kerak emas. Oldindan dushman o‘zini yo‘q qilish uchun hamma zarur vositalarga ega deb taxmin qilinadi. Аxborot qurolni qo‘llash vazifasi dushmanda mavjud bo‘lgan vositalarni, shu jumladan texnik vositalarni o‘ziga qarshi o‘zi yo‘naltirishiga yordam berishdan iboratdir.

Yuqorida aytib o‘tilgan senariylarning deyarli hammasi bo‘yicha АQSh mudofaa vazirligi perspektiv tadqiqotchilik loyihalari Boshqarmasi (АRPА) «o‘ylovchi, fikrlovchi qurol» yaratish uzoq muddatli dasturini taklif etib bo‘ldi, buning uchun АQSh va G‘arbiy Evropaning yetakchi universitetlari ishga jalb etilgan, Pentagon kompyuter tizimlari yaratuvchilari va ularni matematik ta'minlovchilar uchun moddiy mablag‘larni ayamaydi. Hatto shunday formula ham paydo bo‘ldi: «Kelajak urushida kimning dasturchilari kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi». Ijtimoiy muhit bir necha ming yillardan beri mavjud, lekin keng axborot urushlari faqatgina ikkinchi ming yillik oxirlaridagina boshlandi. Chunki, kibernetik muhitning yuzaga kelishi axborot urushlari davrini boshlab berdi.


Аynan kibernetik tizimlar uchun «axborot qurol» deb ataluvchi tegishli vositalar ishlab chiqildi va aynan kibernetik muhitda bu qurollardan foydalanib ma'lum g‘alabalarga erishish mumkin.
Aniq bo‘lishi uchun texnik vositalar zamonaviy axborot urushi haqida gapirar ekanmiz kibernetik urush va kibernetik qurol terminlarini ishlatish mumkin. Ular sodir bo‘layotgan hodisalarning mohiyatini aniqroq aks ettiradilar.
Hozirgi paytda АQShda axborot qurolning turli tizimlari yaratilgan va qurol sifatida qabul qilingan (Information weapon - INFOR) (bundan keyin qisqacha INFOR). Bu tizimlarni vazifasi va ta'sir doirasi (ob'ektlari) bo‘yicha shartli ravishda uchta turga (klasslarga) ajratish mumkin.
Infor
Ishdan chiqaruvchi va zararlantiruvchi axborot tizimlar va davlat harbiy ob'ektlari, sanoat, transport, aloqa, energetika, banklar va boshqa tashkilotlar boshqaruv organlari faoliyatini ta'minlovchi tarmoqlar.
Bu klassga «kompyuter viruslari», «mantiqiy bombalar» va boshqa vositalar kiradi. Ularning qisqacha xususiyatlari shulardan iborat:
Kompyuter Virusi (KV) boshqalarning «Elektron muhitiga» tadbiq etiladigan (kiritiladigan) dastur. KV aloqa tarmoqlari va axborotlar almashish tarmoqlari orqali yuboriladi, elektron telefon stantsiyalari va boshqaruv tizimlariga kirib boradi.
Ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtda yoki KV signallari bo‘yicha EHM xotirasida saqlanadigan axborotlarni o‘chirib yuboradi yoki o‘zgartiradi, shu bilan birga o‘zgartirish ixtiyoriy yoki aniq maqsadli bo‘lishi mumkin.
Misol uchun, bank kompyuteriga kiritilgan KV o‘z muallifi foydasiga mablag‘ hisobini o‘zgartirishi yoki bir hisobdan ikkinchi hisobga pul o‘tkazishi mumkin. Bunday KV o‘lja kompyuterning butun xotirasini boshqa ma'lumotlar bilan to‘ldirishi va oxir oqibat uni buzib qo‘yishi mumkin.

Download 19,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish