Axborot tizimi loyihasining bajarilishi



Download 23,08 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2022
Hajmi23,08 Kb.
#580624
  1   2   3
Bog'liq
Axborot tizimi loyihasining bajarilishi monitoringi1


Axborot tizimi loyihasining bajarilishi monitoringi

Axborot tizimi loyihalarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda bajarish uning tashkilotchilariga juda katta muvaffaqiyatga erishishni ta’min- laydi, chunki bu xil usulda ish jarayonini tashkil qilish har bir bos- qichning shaffofligiga va tushunarli bo‘lishiga, tizim loyihasiga qiziqqan har bir insonni ushbu ishga jalb qilishga va masalalar ketma-ketligini diqqat bilan nazorat qilishga yordam beradi. Lekin bu bilan axborot tizimi loyihasini tuzish va uni boshqarish tamom bo‘ldi, deb xulosa chiqarish mumkin emas, chunki hali oldinda uning dastlabki bosqichlari singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan monitoring va baholov bosqichi turibdi. Bularsiz loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi va hayotga to‘g‘ri tatbiq qilinishi katta muammoga aylanishi mumkin. Loyiha- larning bajarilishini kuzatuv jarayoni yoki monitoring – ko‘zda tutil- magan va qo‘qqisdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun amalga oshiriladi hamda shunday hol yuz berganda, loyihaga kerakli bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritiladi va shu orqali uning maqsadga muvofiq ravishda amalga oshishi hamda rivojlanishi ta’min- lanadi. Qanday masalalar yoki ko‘rsatkichlarni kuzatish kerakligi, moni- toring jarayonining vaqti, qoidalari va uni kim hamda qanday amalga oshirilishi lozimligi, mas’ul shaxslar kimlar ekanligi monitoring rejasida oldindan aniqlab olinadi.


Monitoring quyidagilarni amalga oshirishga imkoniyat yaratib
beradi:



  • loyiha amalga oshirilishi jarayonida bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda tekshirishga imkon yaratadi;

  • muammolarni oldindan bilish va mavjud muammolarni aniq- lashga ko‘mak beradi;

  • muammolarni hal qilishga va tegishli yechimlar topishga yor- dam beradi;

  • loyiha ijodkorlaridan yoki undan foydalanuvchilardan qimmatli ma’lumotlar olishga imkon beradi;

  • loyihaning rivoji hamda muvaffaqiyatini ta’minlaydi va unga qiziqishni qo‘llab-quvvatlaydi;

  • monitoring axborot tizimi loyihasining ijodkorlari yoki donorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Monitoring loyihani nazorat qilishning samarali qurollaridan biri- dir. Uni loyiha bilan bog‘liq xatti-harakatlar va erishilgan muvaffaqi- yatlarni kuzatish deb ham ta’riflash mumkin. Monitoringning samarali bo‘lishi uchun u orqali loyihaga jalb qilingan shaxslarga va tashki- lotlarga uzluksiz ma’lumot berib turish lozim. Monitoring orqali kuzatib turiladigan ko‘rsatkichlar loyihalarning turlariga va ularning nima uchun mo‘ljallanganliklariga qarab xilma-xil bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pin- cha ular loyiha bajarilishi jarayonini, texnik ko‘rsatkichlarni va moliya- viy omillarni qamrab oladi.
Yaxshi ishlab chiqilgan monitoring rejasi quyidagi besh xil ma’- lumotlarni o‘z ichiga oladi:

  • vazifalar bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan loyiha tadbirlari va ularning rivojlanishini;

  • ma’lum bir muddatdagi loyiha sarf-xarajatlarini;

  • zaxiralarning mavjudligi va ularning ishlatilishini;

  • bajarilish muddatlari va undagi o‘zgarishlarni;

  • ma’muriy boshqaruv bilan bog‘liq xilma-xil muammolarni.

Monitoring baholashdan farqli o‘laroq, loyiha to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini ko‘rsatib va aniqlab berishga xizmat qiladi. Monitoring loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarga tegishli bo‘ladi va ko‘proq qisqa muddatli faoliyat turlarini hisobga oladi. Ya’ni, u loyiha- ning rivojlanishini kuzatishga imkon berib:

  • vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlaydi;

  • hozirda vujudga kelgan muammolarni bilish imkonini beradi;

  • muammolarni hal qilishga ko‘mak beradi yoki kerak bo‘lsa,

loyihani qayta tuzish imkonini beradi;

  • loyiha qatnashchilaridan va undan foydalanuvchilardan ma’lu- mot olishga yordam beradi;

  • loyihaning yanada rivojlanishiga imkon berib, unga qiziqishni va ijodiy yondashuvni kuchaytiradi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, qanday qilib maq- sadga muvofiq bo‘lgan monitoring jarayonini amalga oshirish ketma- ketligi haqida quyidagilarni aytish mumkin.

  1. Qanday masala yoki vazifaning kuzatiluvini ta’minlash nuqtai nazaridan nima kuzatilishi lozimligini aniqlab oling;

  2. Qachon (qaysi vaqt chegaralarida) va nima (qanday ko‘ri- nishda va usulda) kuzatilishi zarurligini belgilang;

  3. Kuzatuv jarayonini olib borish uchun qisqa, oddiy, to‘liq va aniq jadvallar ishlab chiqing;

  4. Ishlab chiqilgan rejaga binoan monitoringni amalga oshiring va natijalarni yozib boring. Agarda monitoring jarayonida biror bir muam- mo chiqib qolsa, uni beshinchi banddan boshlab davom ettiring;

  5. Hosil bo‘lgan barcha muammolarni aniqlab oling;

  6. Muammo katta ahamiyatga egami va uni darhol yechish kerak- mi yoki yo‘qmi – aniqlab oling. Muammo kattami yoki kichikmi, u boshqa muammolar bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi – buni ham yaxshilab tahlil qilib, aniqlab oling;

  7. Har bir muammoni diqqat bilan o‘rganing va fikrlang:

    • U qachon yuzaga kelgan?

    • Qanday yuzaga kelgan?

    • Qayerda yuzaga kelgan?

    • Kim yoki nima tufayli yuzaga kelgan?

    • Unga qanday ta’sir qila olamiz?

    • Kim yoki nima orqali muammoga ta’sir qilish mumkin?

  8. Muammo yuzaga kelishining tub sabablarini aniqlang (masa- lan, jihozlarning nobopligi tufayli, ishtirokchilarning bilimi yoki savi- yasi pastligi sababli, xizmatchilarda qiziqishning susayganligi tufayli, to‘lovlar kech amalga oshirilganligi tufayli, tadbirlarda chalkashliklar borligi uchun va hokazo);

  9. Muammolarni hal qilinish yo‘llarini toping va bunda shunga alohida ahamiyat beringki, biror-bir muammoni yechish ikkinchisini kel- tirib chiqarmasin (masalan, bir vazifani yechish bilan mashg‘ul xizmat- chilarni ikkinchi masalani hal qilishga jalb qilish oldingisining bajaril-

masligiga olib kelishi, mablag‘larni qayta taqsimlash ba’zi masalalarni yechish uchun mablag‘ topilmasligiga olib kelishi va shunga o‘xshash- lar);

  1. Topilgan yangi yechimlarning amalga oshirilishini diqqat bi- lan kuzatib turing;

  2. O‘zingiz bilan birgalikda ishlayotgan loyiha xizmatchilariga monitoring jarayoni haqida to‘liq ma’lumotlar berib turing, shunda ular keyinchalik loyiha rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘sha oladilar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish imko- niyatiga ega bo‘ladilar;

  3. Qilayotgan ishingizni tanqidiy nuqtai nazardan har tomonlama o‘ylab chiqing va yaxshi fikrlaringizni doimiy ravishda amalga oshi- rishga harakat qiling.

Quyida monitoring jarayonini tartibli ravishda amalga oshiri- lishini ta’minlab beruvchi jadval sifatidagi bir misol diqqatingizga havo- la etiladi.


Download 23,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish