Axborot tizimlari va ularning turlari Reja



Download 267,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.01.2022
Hajmi267,76 Kb.
#407784
  1   2
Bog'liq
Axborot tizimlari va ularning boshqarishdagi axamiyati



 

Axborot tizimlari  va  ularning turlari 

Reja: 

1.Axborot tizimlari 

2. Axborot texnologiyalari 

3. Axborot tizimlarining turlari 

  

Axborot  tizimi  tushunchasini  kiritishdan  oldin  tizim  (sistema)  deganda 



nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda,  yagona maqsad 

yulida  bir  vaktning  uzida  xam  yaxlit,  xam  o’zaro  bog’langan  tarzda  faoliyat 

kursatuvchi elementlar (ob'ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim 

biror-bir anik maqsad yulida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo’lgan shaxar 

telefon  tarmoklari  tizimi,  insondagi  yurag’  kon-tomir  tizimi,  asab  tizimi  va 

boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning xar biri 

tizimga  qo’yiladigan  barcha  shartlarga  javob  beradi,  ya'ni,  xar  biri  uziga  xos 

yagona maqsad yulida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan 

iborat. 

Kuyidagi  jadvalda  elementlari  va  asosiy  maqsadi  kursatilgan  xolda 

tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan. 

 

 Informatikada  «tizim»  tushunchasi  ko’prok  texnik  vositalar,  asosan, 



kompyuterlar va murag’kab ob'ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» 

tushunchasiga  «axborot»  so’zining  qo’shilishi  uning  belgilangan  funktsiyasini  va 

yaratilish maqsadini anik aks ettiradi. 

  



Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni 

yig’ish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  uzatish  uchun  qo’llaniladigan  usullar, 

vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir. 

Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, 

chunki  rivojlanishining  turli  bosqichida  jamiyat  uz  boshqaruvi  uchun 

tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab 

chiqarish  jarayonlari  —  moddiy  va  nomoddiy  ne'matlarni  ishlab  chiqarish  bilan 

bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy  muhim 

axamiyatga  ega.  Aynan  ishlab  chiqarish  jarayonlari  tezkor  takomillashadi. 

Ularning  rivojlanib  borishi  bilan  boshqarish  xam  murag’kablashadiki,  o’z 

navbatida, 

axborot 



tizimlarini 

takomillashtirish 

va 

rivojlantirishni 



rag’batlantiradi.  Shu  sababli,  avvalo,  boshqaruv  tizimi  nima  ekanligini  bilib 

olaylik. 

Kibernetik  yondashuvga  muvofik  boshqaruv  tizimi  boshqaruv  ob'ekti 

(masalan,  korxonalar,  tashkilotlar  va  xokazo)  va  boshqaruv  sub'ekti,  boshqaruv 

apparati  yig’indisini  uzida  namoyon  etadi.  Boshkaruv  apparati  deganda 

maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul kilingan qarorlarga 

talablarni  moslashtiruvchi,  shuningdek,  ularning  bajarilishini  nazorat  qiluvchi 

xodimlar  tushuniladi.  Boshkaruv  ob'ekti  vazifasiga  esa  boshqaruv  apparati  ishlab 

chiqqan  rejalarni  bajarish  kiradi,  ya'ni  boshqaruv  tizimining  uzi  aynan  mana  shu 

ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir. 

 

 



Boshkaruv  tizimining  ikkala  komponenti  to’g’ri  (T)  va  aks  (A)  aloqalar 

bilan  bog’langan.  TuKri  aloqa  boshqaruv  apparatidan  boshqaruv  ob'ektiga 

yunaltiriladigan    axborot  okimida  ifodalanadi.  Aks  aloqa  teskari  yunalishda 

yuboriluvchi  qabul  kilingan  qarorlarning  bajarilishi  haqidagi  xisobot  axboroti 

okimida uz aksini topadi. 

Axborot  okimlari  (T  va  A),  qayta  ishlash  vositalari,  ma'lumotlarni  uzatish 

va  saqlash,  shuningdek,  ma'lumotlarni  qayta  ishlash  bo’yicha  operatsiyalarni 

bajaruvchi  boshqaruv  apparati  xodimlarining  o’zaro  aloqasi  ob'ektning  axborot 

tizimini tashkil etadi. 

Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv 

ishlarini  avtomatlashtirish,  balki  qarorlarni  qabul  qilish  (sun'iy  intellekt  usullari, 

ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron 

pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal xisoblash tarmoklari va boshqaruvning 

yangi 


uslublaridan 

foydalanish 

xisobiga 

boshqaruv 

ob'ekti 

faoliyati 

samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi. 

Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum. 

Avtomatlashtirilgan  axborotlar  tizimida  boshqarish  yoki  ma'lumotlarni 

qayta  ishlash  funktsiyalarining  bir  qismi  avtomatik  ravishda,  qolgani  esa  inson 

tomonidan bajariladi. 

Avtomatik  axborotlar  tizimida    boshqarish  va  ma'lumotlarni  qayta 

ishlashning  barcha  funktsiyalari  texnik  vositalarda,  inson  ishtirokisiz  amalga 

oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). 

Qullanish  soxasiga  qarab  axborot  tizimlarini  quyidagi  sinflarga  ajratish 

mumkin: 


 

ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; 



 

loyixalashtirishni avtomatlashtirish; 



 

tashkiliy jarayonlarni boshqarish; 



 

texnologik jarayonlarni boshqarish. 




Ilmiy  tadkikotlarni  avtomatlashtirish  va  boshqarishda  axborot  tizimlari 

ilmiy  xodimlar  faoliyatini  avtomatlashtirish,  statistik  axborotni  taxlil  etish, 

tajribalarni boshqarish uchun muljallangan. 

Loyixalashtirishni  avtomatlashtirishda  axborot  tizimlari  yangi  texnika 

(texnologiya)  ishlab  chiqaruvchilar  va  muxandis  loyixachilar  mexnatini 

avtomatlashtirish uchun muljallangan. 

Tashkiliy  boshqaruvda  axborot  tizimlari  —  shaxslar  funktsiyalarini 

avtomatlashtirish  uchun  muljallangan.  Bu  sinfga  xam  sanoat  (korxonalar),  xam 

nosanoat  ob'ektlari  (bank,  birja,  suKurta  kompaniyalari,  mexmonxonalar  va 

xokazolar)  va  ayrim  ofislar  (ofis  tizimlari)ni  boshqarishning  axborot  tizimlari 

kiradi. 

Texnologik  jarayonlarni  boshqarishda  axborot  tizimi  turli  texnologik 

jarayonlarni  avtomatlashtirish  uchun  muljallangan  (moslashuvchan  ishlab 

chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar). 

Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo buldi. Bu yillarda ular maosh 

xisob-kitoblarini  qayta  ishlash  uchun  muljallangan  bo’lib,  elektromexanik 

buxgalterlik  xisoblash  mashinalarida  amalga  oshirilgan.  Bu  kog’oz  xujjatlarni 

tayyorlashda mexnat va vaktni bir kadar kiskartirishga olib kelgan. 

60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay uzgardi. Bu tizimlardan 

olingan  axborot  davriy  xisobot  uchun  ko’pgina  parametrlar  bo’yicha  kullana 

boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funktsiyalarga ega bo’lgan EHM 

lar talab etila boshlandi. 

70—80-yillarda  axborot  tizimlari  qarorlarni  kullab-kuvvatlovchi  va 

tezlashtiruvchi  jarayonga  ega  bo’lgan  nazorat  boshqaruvi  vositalari  sifatida  keng 

foydalanila boshlandi.  

80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi 

yanada uzgarib bormokda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va 

istalgan soxada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning 

axborot tizimlari axborotni o’z vaktida berib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga 

erishishga yordam bermokda. 




 

 


Download 267,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish