Axborot xavfsizligi fakulteti 714-20-guruh talabasi Sulaymonov Bobomurodning Chiziqli algebra fanidan tayyorlagan birinchi



Download 1,04 Mb.
Sana06.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#321903
Bog'liq
1-mustaqil ish


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Axborot xavfsizligi fakulteti 714-20-guruh talabasi

Sulaymonov Bobomurodning Chiziqli algebra

fanidan tayyorlagan birinchi

MUSTAQIL ISHI



Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash.

REJA:

1. Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish.

2. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash.

3. SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.

4. AND, OR, NOR mantiqiy standart so‘zlardan foydalanish.

5.Xulosa.

Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish.Mohiyat aloqa modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.

Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari to`rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.

Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:

1. Birga bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos kelsa.

2. Birga ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo`ladi.

3. Ko`pga bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa, unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi. V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta nusxasi mos keladi.

4. Ko`pga ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.


Viloyat nomi



Tuman nomi

Mahallalar nomi








Tuman masullari

Aholi soni

FISH

Lavozimi

Xodimlar

Masullar

Yashah manzili

FISH

Aholi

yashaydi

Tumandagi mahallalar

Bo`lingan

Tuman joylashgan Viloyat

joylashgan

Tuman



xodimlar





FISH



oyligi

Lavozimi


1-jadval. Ulman-Chen notasiyasining mohiyat-aloqa modeli elementlari.




Yordamida ob’ektlar belgilanadi.




Yordamida ob’ekt atributlari belgilanadi. Ular ob’ektlar bilan yo`nalishsiz chiziqlar yordamida birlashtiriladi




Yordamida ob’ektlar orasidagi aloqalarni belgilaymiz.




Bunda birga ko`p bog`langan A va V orasida V ga qaratib yo`nalgan yo`nalishli chiziq bilan ko`rsatiladi, ya’ni 1:N.

Agar A va V ob’ektlar o`rtasida N:1 bog`lanish bo`lsa, strelka A ga qarab yo`naltiriladi.






Ko`pga – ko`p bog`lanish N:M A va V ob’ektlar o`rtasida M: N bo`lsa, ularni ulovchi chiziq orqa li bog`lanadi.



A va V orasida 1:1 bog`lanish bo`lsa, yo`nalishsiz chiziq bilan bog`laymiz.

Ma`lumotlar  bazasini  lohiyalash  quyidagi  tashkil etuvchilarini  o`rganishni  taqazo  etadi.  Ob`yektlar,  ob`yekt  xususiyatlari, bog`lanishlar(ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar. Misol qilib, tuman malumotlar bazasini yaratishni olaylik. Tuman, mahallalardan tashkil topgan va har bir tuman uchun o`zining markazi sifatida qaysidir shaharcha olinadi.Bu yerda Tuman predmet sohasi sifatida olinadi. Mahallalar va shaharchalar obyekt sifatida olinadi. Obyektning atributlariga(xususiyatlari) esa mahallalar va shaharchalar nomi , aholisi va hakazolar kiradi.Bog`lanishlar esa malum bir obyektlarni birbiriga bo`lgan aloqalariga qarab bog`lovchi vazifasini bajaradi.

Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash.

Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari:

  • Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari;

  • Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi;

  • Atributlar – jadval ustunlar nomlari;

  • Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;

  • Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.

Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.

Ishni bajarish tartibi

Mohiyat - aloqa diagrammasi uchun relyatsion bog`lanish o`rnatamiz.

Tuman ma`lumotlar bazasini yaratishning relyatsion modeli jadvallarini tuzib chiqamiz.



ID

Tumanlar

1

Shayxontoxir tumani

2

Paxtachi tumani

3

Sardoba tumani

4

Navbahor tumani

Ma`lumotlar bazasining Mahallalar jadvali.



ID

Tuman_ID

Mahallalar

1

2

Bog`i eram

2

2

Tadbirkor

3

2

Yobu

4

1

Amir Temur

5

1

Chinor

6

3

Bahor

7

4

Umid

Ma`lumotlar bazasining Aholi jadvali.

ID

Tuman_ID

Mahalla_ID

FISH

Manzil

1

2

2

Toshtemirov Shuhrat

Jo`yimahmud ko`chasi

2

4

7

Pirnazarov Bahodir

Xalqlar do`stligi ko`chasi

3

1

4

Sayimov Farrux

Mahmud Tarobiy ko1chasi

4

2

3

Haqberdiyeva Sevinch

Hamza ko`chasi

5

1

5

Mingberdiyev Fozil

Shodlik ko`chasi

6

2

2

Somatov Dilshod

Jo`yimahmud ko`chasi

7

4

7

Mahkamova Oygul

Xalqlar do`stligi ko`chasi

Ma`lumotlar bazasining Viloyatlar jadvali.

ID

Tuman_ID

Viloyat

1

1

Toshkent

2

2

Samarqand

3

3

Sirdaryo

4

4

Navoiy

Malumotlarning  relyatsion  bazasi  -  bu  o‘zaro  bog‘langan  munosabatlar,yani jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat(jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi.

Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli kontseptsiyasi 1970 yilda Ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, Xodim obyekti olamiz.”Xodim” mazmunini saqlash uchun, XODIM munosabatidan foydalanamiz.

FISH

Lavozimi

Oyligi

Qodirov Boltaro`zi

Tuman hokimi

10000000

Sobirov Jamshid

Hokim o`rinbosari

7500000

Munosabat ustunlari atributlar deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat ro‘yxatini munosabatlar sxemasi deyiladi.

SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish.

SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

DDL ( lumоtlаrni Tаriflаsh Tili ) - ANSI dа malumotlar sxemаsini tаriflаsh tili, оbektrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsаvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to’plamidan ibоt.

DML (Mаlumоtlаrni Ozgаrtirish Tili) - bu tiyoriy dаqiqаdа jаdvаlrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmsidir.

DCL (Mаlumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоylаnuvchigа aniq оbektlаrga tаsir otkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt.

DDL tilining asosiy komandalari:

CREATE – yangi jadval hosil qilish uchun ishlatiladi. Quyidagi ko’rinishda yoziladi:

CREATE TABLE ( ustun_nomi va toifasi, … );

ALTER – jadvalga o’zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi ustunlar qo'shish, ustunlarni o'chirish, ustunlar kattaligini o'zgartirish, hamda cheklanishlarni qo'shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega. Misol uchun jadvalga ustun qo’shish buyrug’i sintaksisi quyidagicha:

ALTER TABLE ADD ;

DROP - jadvalni o’chirish buyrug’i. Jadvalni o'chirish imkoniga ega bo’lish uchun, jadval egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo’lshingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o'chirish mumkin. Qatorlarga ega bo’lgan, to’ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo’lshi kerak. Jadvalni o'chirish buyrug'i quyidagi ko‘rinishga ega:

DROP TABLE ;

Eski yaratilgan ma’lumotlar bazasini ko’ramiz uchun biz show databases; so`rovini kiritishimiz talab etiladi. Agar biz yangi malumotlar bazasini yaratmoqchi bo`lsak, masalan Tumanlar malumotlar bazasini yaratmoqchi bo`lsak:



CREATE databases Tumanlar; so`rovidan foydalanamiz.

Natija:

Biz o`zimiz yaratgan malumotlar bazasiga o`zgarishlar va yangi jadvallar kiritishimiz uchun biz use ; dan foydalanishimiz kerak.Masalan, o`zimiz yaratgan Tumanlar malumotlar bazasinga o`zgarishlar kiritish uchun use tumanlar; so`rovidan foydalanamiz va shu malumotlar bazasiga paxtachi_tumani nomli jadvalni:



Create table Paxtachi_tumani(id int, mahallalar varchar(20)); so`rovidan foydalanib kiritamiz. Bu yerdagi mahallalar va id esa Paxtachi_tumani atributlaridir.

Natija:



Malumotlar bazasidagi barcha jadvallarni ko`rish uchun show tables from so`rovidan foydalanamiz. Demak biz tumanlar malumotlar bazasidagi jadvallarni ko`rish uchun show tables from tumanlar; so`rovini kiritar ekanmiz.Kiritgan jadvalimiz atributlari turini ko`rish uchun esa desc Paxtachi_tumani; so`rovi ishlatiladi.



Natija:

Jadval yaratilgandan so`ng agar yana qo`shimcha ustun qo`shishga to`g`ri kelib qolsa alter table add varchar(20) dan va aksincha o`chirmoqchi bo`lsak add o`rniga drop kiritamiz va malumot turini kiritish kerak emas: alter table
add varchar(20); foydalanamiz.paxtachi_tumani jadvaliga aholi_soni nomli ustun qo`shamiz:



Alter table paxtachi_tumani add Aholi_soni varchar(10);

Natija:

Jadvalga yangi hududga_masul_xodim nomli satr qo’shamiz:



So`rov:Alter table paxtachi_tumani add Hududga_masul_xodim varchar(10);

Natija:



AND, OR, NOR mantiqiy standart so‘zlardan foydalanish. SQL tilida shart ifodalarini tuzish uchun solishtirish va mantiqiy operatorlardan tashqari yana bir qator maxsus operatorlar qo‘llaniladi. Bu operatorlar dasturlash tillarida mavjud emas. Bu operatolar:

Operator

Ta`rifi

=

Teng

>

Kata

<

kichik

>=

katta yoki teng

<=

kichik yoki teng

<>

teng emas

IN

biror qiymatlar to‘plamiga tegishliligini tekshirish

BETWEEN

biror qiymatlar diapozoniga tegishliligini tekshirish

LIKE

namuna bilan mosligini tekshirish

IS NULL

qiymat mavjudmasligini tekshirish

NOT

Mantiqiy inkor operatori

AND

VA mantiqiy operatori

OR

YOKI mantiqiy operatori

WHERE buyrug`i bilan ishlovchi operatorlar

Misol: Imtihonlarda kamida bitta 2 yoki 3 baho olgan talabalarni identifikatorini tanlab chiqarish so`rovi.

SELECT id_st, mark

FROM mark_st

WHERE mark IN (2,3)

BETWEEN amali maydon qiymatini berilgan intervalga kirganligini tekshirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi natijani BETWEEN operatoridan foydalanib olish mumkin:



SELECT id_st, mark

FROM mark_st

WHERE mark BETWEEN 2 AND 3

Birorta xam 2, 3 olmagan talaba haqidagi ma’lumotlar olish uchun NOT IN yoki NOT BETWEEN ishlatiladi.



Misol: Familiyalari A xarfi bilan boshlanuvchi talabalar ro‘yxatini tanlab olish.

Bunday xolatda LIKE operatoridan foydalanish qulay hisoblanadi. LIKE operatori faqat simvolli maydonlar uchun qo‘llaniladi va maydon qiymati operatorda ko‘rsatilgan namunaga mosligini tekshirish imkonini yaratadi. Namuna quyidagi maxsus simvollardan tashkil topadi:



  • _ (tagiga chizish belgisi) – bitta ixtiyoriy simvolni bildiradi;

  • % (foiz belgisi) – ixtiyoriy miqdordagi simvollar ketma – ketligini bildiradi.

SELECT id_st, surname

FROM student

WHERE surname LIKE 'A%'

Jadvaldagi malumotlarni ko`rishimiz uchun biz SELECT*FROM dan foydalanamiz. O`zimiz yaratgan jadvalni ko`ramiz:



SELECT * FROM Paxtachi_tumani; Bu yerda (*) belgisi shu jadvaldan barcha ustunlarini ko`rsatishi kerak ekanligi bildiradi.

Natija:

Endi biz o`zimiz yaratgan tablelar ustida bir nechta funksiyalarni ko`ramiz.



Aholi_soni 300 tadan ko`p bo`lgan mahallalarni kata harflar bilan chiqarishda

SELECT id, UPPER(mahallalar) FROM paxtachi_tumani WHERE aholi_soni>300; so`rovini kiritamiz va xuddi shu mahallalarni kichik harflar bilan chiqarish kerak bo`lsa upper o`rniga lower funksiyasidan foydalanamiz.

Natija:



length() funksiyasi xohlagan ustun uchun o`sha ustunga kiritilgan malumotlarni uzunligini chiqaradi:

So`rov: SELECT id,mahallalar, length(mahallalar), aholi_soni FROM paxtachi_tumani WHERE aholi_soni>300;

Natija:



So`rov: SELECT id, LOWER(mahallalar) FROM paxtachi_tumani

WHERE aholi_soni BETWEEN 400 AND 500;

Natija:



WHERE bilan ishlovchi operatorlarni ham ko`ramiz.

So`rov: SELECT id, LOWER(mahallalar) FROM paxtachi_tumani

WHERE NOT id BETWEEN 1 AND 4;

Natija:



So`rov: SELECT id,mahallalar, aholi_soni FROM paxtachi_tumani WHERE id IN(1,3,5) And aholi_soni>320;

Natija:



So`rov: SELECT id, mahallalar FROM paxtachi_tumani

WHERE mahallalar like’T%’;

Xulosa.



SQL (server query language) malumotlar bazasi bilan ishlash uchun qulay va malumotlar bazasida barcha ma`lumotlar jadval tarzda saqlanar ekan.Yangi malumotlar bazasi ustida ishlar ekanmiz Moyiyat-aloqa diagrammasini qurishdan boshlash ancha samarali va vaqtni tejaydi.

FOYDALANILGANADABIYOTLAR

  1. В.П. Базы данных. Книга 2 распределенные и удаленные базы данных: учебник.// Москва ИД «ФОРУМ» - ИНФРА-М. – 2018. – С 261.

  2. Голицына О.Л. Базы данных: учеб. Пособие // – 4-е изд., перераб. И доп. – М.: ФОРУМ: ИНФРА-М, 2018. – 400 с.

  3. Мартишин С.А. Базы данных. Практическое применение СУБД SQL –и NoSQL – типа для проектирования информационных систем: учеб. Пособие // - Москва: ИД «ФОРУМ» - ИНФРА-М, 2019, – 368 с.

  4. Rahul Batra. SQL Primer An Accelerated introduction to SQL Basics.// Gurgaon, India. 2019. –P 194.

  5. Поликов А.М. Безопасность Oracle глазами аудиториа: нападение и защита. –Москва. 2017. –336 с.

  6. Usmonov J.T., Xujaqulov T.A. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi// o`quv qo`llanma. - Т. : Aloqachi, 2018. – 96 b.

  7. Usmonov J. T., Xo'jaqulov T. A. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma - Т. : TATU, 2016. – 55 b.

  8. Eric Redmond, Jim R. Wilson. A Guide to Modern Databases and the NoSQL MovementAQSH, 2015. – 347 с.

  9. Elmasri, R., S. B. Navathe: Fundamentals of Database Systems (5th Ed.)// Addison Wesley, 2015. – 671 р.

  10. Fundamentals of database systems sixth edition. Ramez Elmasri. Department of Computer Science and Engineering The University of Texas at Arlington. 2011. – 261 с.

  11. Введение в Oracle 10g. Перри Джеймс, Пост Джеральд. 697 стр 2013

  12. Диго С.М. Базы данных Проектирование и использование. издательство "Финансы и статистика". 2005 г. – 592 с.

  13. Конноли Т., Брегк К. Базы данных, проектирование, реализация и сопровождения, теория и практика, Университет Пейсли, Шотландия, изд. М.- СПБ.- Киев. 2003. – 264 с.

  14. www.intiut.ru;

  15. www.oracle.com

  16. www.library.tuit.uz;

  17. www.intuit.ru;

  18. www.w3school.com;

  19. www.ziyonet.uz;

  20. www.fayllar.org.


Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish