Axolining jismoniy rivojlanishi,va uning o'rganish usullari



Download 22,48 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi22,48 Kb.
#246531
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axolining jismoniy rivojlanishi


Axolining jismoniy rivojlanishi,va uning o'rganish usullari.

Prezidentning “Respublika aholisi o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokama uchun .

Shunday tartib o‘rnatiladiki, mamlakatda ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, kamol toptirish yuzasidan aholining barcha qatlamlari o‘rtasida 2021 yildan boshlab har yili “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini tashkil etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilanadi:

yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, immunitetini mustahkamlash, salomatligini ta'minlash hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;

havaskor va professional darajada sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish orqali joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish hamda sport terma jamoalari tarkibini sifatli to‘ldirish, shuningdek ularning zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash tizimini tatbiq etish;

yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazish, yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan intellektual salohiyati yuqori bo‘lishini ta'minlash hamda Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlar tayyorlash;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda barcha vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlarining aholi salomatligini ta'minlash borasidagi mas'uliyati va rolini yanada oshirish hamda faoliyatini baholash tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining joylarda o‘tkazilishining respublika miqyosida nazoratini olib borish vakolati beriladi.

Bunda, Milliy kengashning asosiy vazifalariga qo‘shimcha ravishda, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlarining belgilanadigan davriylik asosida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari muntazam o‘tkazib borilishi va faol ishtirok etilishini ta'minlash, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish, sport sinovlarini o‘tkazish muddatlarini belgilash, aholi va yoshlar o‘rtasida bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini har chorakda muhokama etib borish belgilanadi.

Milliy kengash tomonidan barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansubligidan qat'iy nazar tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan aholining turli yosh guruhlari qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda sog‘lig‘ini mustahkamlash, faol harakatlanishini ta'minlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e'tibor qaratish va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik belgilanadi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” maxsus sport sinovlarining g‘olib va sovrindorlarini I, II, va III darajali ko‘krak nishonlari (guvohnomasi) bilan taqdirlanishi hamda ishtirokchilarning egallagan o‘rni va darajasiga qarab tegishli sport razryadlari va unvonlari berilishi, shuningdek, moddiy va boshqa sovg‘alar bilan rag‘batlantirilishi belgilab qo‘yiladi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” maxsus sport sinovlarining g‘oliblariga (I, II, va III o‘rin) yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, bir yil mobaynida quyidagilar:

g‘oliblar harbiy xizmatga chaqiruvga 27 yoshga to‘lmagan shaxslar, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovlari (50 %) hamda muddatli harbiy xizmatga yuborilishida alohida imtiyozga ega bo‘lishi (tibbiy ko‘rikdan tashqari);

maktab o‘quvchilarining o‘z xohishiga ko‘ra bir o‘quv yili uchun jismoniy tarbiya fanidan yillik imtihonidan ozod qilinishi;

respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarligi talab etiladigan barcha ijodiy imtihon (Oliy ta'lim muassasalari sport faoliyatidan tashqari), sinov, amaliy mashg‘ulotlarida ustunlikka (ijodiy imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashg‘ulotlardan ozod qilinishiga) ega bo‘lishi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmatining boshqa talablariga zid kelmaganda);

oliy ta'lim muassasalarining talabalari o‘z xohishiga ko‘ra bir o‘quv yili uchun semestr imtihonlarini topshirishda alohida imtiyozga (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) hamda ta'sis etilgan stipendiyalarga ega bo‘lishi (rektor va homiylar stipendiyalari);

davlat tashkilotlarida ishlovchilarni yiliga bir martalik imtiyozli ravishda dam olish maskanlari yoki sanatoriylarga yuborilishi belgilab qo‘yiladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:



Download 22,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish