Ayni o’zgarishlar nafaqat iste’mol sektoriga, balki mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga sabab bo’lmoqda. Xususan: 2018-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln so`mni tashkil etdi



Download 0,89 Mb.
bet1/21
Sana31.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#133875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ISTEMOLCHI TANLOVI NAZARIYASI Chiqariladigan


Kirish

O`zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo`jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo`jalik bosqichma- bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o`ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda. So’nggi yillarda qilinayotgan iqtisodiy o’zgarishlar va davlat mulkini xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish harakatlari mamlakat iqtisodiyotida iste’molchilarning ahamiyatini kuchaytirib, har bir ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxona-tashkilotlarni ko’proq iste’molchilarni jalb etishga undamoqda, bu esa iste’mol hajmini ortishi va mahsulotlar turlarini ortishiga sabab bo’lmoqda.

Ayni o’zgarishlar nafaqat iste’mol sektoriga, balki mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga sabab bo’lmoqda. Xususan: 2018-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln. so`mni tashkil etdi. Bu ko`rsatkichni 2017-yil bilan taqqoslaydigan bo`lsak 5,1%ga o`sganini ko`rishimiz mumkin. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi esa 12,3 mln. so`mni tashkil etgan va bu ko`rsatkich ham 2017-yilning mos davriga solishtirilganda 3,3%ga o`sganini ko`ramiz. 2018-yil yakunlari bo`yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eng katta ulushi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik va tamaki mahsulotlari (umumiy ishlab chiqarishning 17%i), to`qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar (16,1%), rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar (11,3%), kimyo mahsulotlari (9,2%), avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari (7,4%), elektr uskunalari (3,5%)ga to`g`ri kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko`ra, 2019-yilning yanvar-sentyabrida O`zbekiston respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 361858,4 mlrd. so`mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM esa 10805.0 mingni tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7% ga yuqoridir. O`tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YaIM tarmoqlari tarkibida qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligining ulushi 31,3% dan 28,0% ga hamda xizmatlar sohasi ulushi 36,8% dan 35,9% ga kamaygan bir vaqtda, sanoatning ulushi 25,4% dan 29,2% ga, qurilishning ulushi 6,5% dan 6,9% ga o`sdi. 1

Mazkur statistik ma’lumotlar asosida shuni ko`rishimiz mumkinki, yildan yilga YaIM hajmi ortib bormoqda. Buning natijasida esa iste’molchining tanlovi sohalari tobora kengayib borayotganini guvohi bo`lamiz.

Ishlab chiqarishning eng zarur, foydali yo`nalishlarini aniqlash uchun iste’molchilar xususiyatlarini bilish zarur bo`ladi, chunki ular bir vaqtning o`zida hamma narsaga erisha olmaydilar. Demak, asosiy iqtisodiy muammolardan biri bo`lgan – tanlov muammosidir. Iqtisodiy resurslarni cheklanganligi va insonlar ehtiyojlarining cheklanmaganligi fundamental iqtisodiy muammoni – tanlash muammosini keltirib chiqaradi.

Iste’molchi – bozor mexanizmining asosiy subyektlaridan biri bo`lib uning bozordagi iqtisodiy ahamiyati va roli juda muhim hisoblanadi. Aynan iste’molchilarning u yoki bu tovarni sotib olishiga bo`lgan talabi bozor talabini keltirib chiqaradi, narxlar muvozanatini, real sotuv hajmini belgilab beradi. Bozorga chiqishda iste’molchi o`z oldiga yagona bir maqsadni ya’ni, maksimal ravishda o`z ehtiyojlarini qondirish va bu iste’moldan yuqori naflilikka erishishni ko`zda tutadi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchi kabi o`z tanlovida absolyut erkin emas. U nafaqat o`z xohish istagiga, shuningdek daromadiga qarab xaridlarni amalga oshiradi.

Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, ya’ni alohida iste’molchining talabi, har bir shaxs o`zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun ma’lum miqdorda mablag`i bo`lishi kerak. Iste’molchining mablag`i chegaralangan. Iste’molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak. Iste’molchining qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o`z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligining darajasini oshirishga harakat qiladi.

Iste’molchi va korxona bozor munosabatlarining asosiy agentlari bo’lib hisoblanadi. Ular bozorda talab va taklifni vujudga keltiradilar, muvozanat narxining qaror topishida faol ishtirok etadilar. Ushbu holatda, zamonaviy iqtisodiyot iste’molchiga bozor iqtisodiyotining eng oliy bo’g`ini sifatida murojaat

etadi, chunki u o’z pul mablag’lari bilan, ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan

tovarlarga "ha" yoki "yo’q" deya ovoz beradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari YaMMning 3/4 qismini tashkil etadi. Bu esa iste’molchilar xatti- harakati iqtisodiy rivojlanishni ta’min etishda eng muhim omil

bo’lib hisoblanishidan darak beradi. Shu sababli iste’molchi xatti-harakatini o`rganish asosida iqtisodiyotni rivojlantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish