Ayol alloh nuri



Download 26,73 Kb.
bet2/3
Sana03.04.2022
Hajmi26,73 Kb.
#526301
1   2   3
Bog'liq
Ayol – alloh nuri

Eng muhimi, oilada to‘kin-sochinlik va barakaning sababchisi bo‘ladi.
Ayolning ma’naviy go‘zalligi zohiriy go‘zalligidan juda ham muhim sanaladi. Hozirgi kunda ayollarimizdagi nafosat ortiqcha pardoz-andoz kasridan ayni yal-yal yonib turgan gullagan yoshlik paytidayoq xazon bo‘lmoqda. Aslida Siz azizlarim, pardozu zeb-ziynatlarsiz ham ayollik nazokatiga egasiz.
Alloh Taolo yana shunday marhamat qiladi: «Ey payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini o‘rasinlar! Mana shu ularning (cho‘ri emas, balki ozod ayollar ekanliklari) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin (vositadir). Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir». («Ahzob» surasi, 59-oyat). Sizlarni hamisha Alloh nazdidagi ozod va xurligingizni, Mo‘mina va Muslima bo‘lib yurishingizni istaymiz.
Nomus Odamzotning eng qimmatli boyligidir. Uni asrash ayolu erkakka barobardir. Nomussizlik eng katta kulfat. A. S. Makarenko aytgan edi: «Xotin-qizlarga hayosizlarcha munosabatda bo‘la oluvchi shaxs rahbar sifatida ham ishonchni oqlamaydi; u umum ishiga ham xuddi shunday sharmandalarcha munosabat qiladi va jamoatni parokanda qiladi».
Alloh Taolo marhamat qiladi: «Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklardan) quyi tutsinlar. Va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turadigan boshqa ziynatlarini ko‘rsatmasinlar* va ro‘mollarini ko‘kraklari uzra tushirib olsinlar!...» («Nur» surasi, 31-oyat).
«O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...» («Ahzob» surasi, 33-oyat).
«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo‘ldir» («Al-Isro» surasi, 32-oyat)
«...(Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir...» («Niso» surasi, 34-oyat).
«Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar taskin topishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir». («Rum» surasi, 21-oyat).
«Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi». («A’rof», 189)
Qur’oni majidda yana shunday deyiladi: «Ular (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo‘lgani kabi muhtojdirlar)». («Baqara», 187).
«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo’ydik…» («Hujurot», 13).
«(U) osmonlar va Yerning ilk yaratuvchisidir. U sizlar uchun o‘zlaringizdan bo‘lmish juftlarni yaratdi va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o‘shanday (juftlikda) ko‘paytirur» («Sho‘ro», 11).
Islom huquqida, hatto, urush vaqtida ayol va bolalarni o‘ldirish taqiqlangan. Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.): «Kimki ikkita qizni voyaga yetguncha boqsa, tarbiyalasa, ilm o‘rgatsa jannatga men bilan birga kiradi”, deb o‘rta va ishora barmoqlarini yonma-yon qilib ko‘rsatdilar».
Qaysi bir donishmandning gapi bor: «Agar qayerdadir bitta qiz aldanib, baxtsiz bo‘lib qolsa, o‘sha jamiyat a’zolari o‘zlarining insoniylik burchiga dog‘ tushirgan bo‘ladi».
Biz dunyoni ayollarsiz tasavvur qilolmaymiz. Ular har jabhada, har sohada, har yerda, har on biz uchun: jamiyat, davlat, tabiat uchun Alloh tarafidan in’om etilgan eng buyuk, eng ulug‘, eng ajoyib MO‘JIZA – ENG KATTA SOVG‘ADIR. Alloh bizlarga ayol sababli jon ato qildi, tug‘ildik; ayolning mehru-shafqati ila, jonsarakligi, g‘amxo‘rligi bilan ulg‘aydik, tarbiyalandik, bilim oldik, kamol topdik. Eng qizig‘i shundaki, ayol ortidan chopdik. Avval onamiz etagidan tortdik, endi-chi, uylandik, bari uy-ro‘zg‘or ishlarini: yuvib-tarash, bichish-tikish, pishir-kuydir, supir-sidir, eh-he, sanab, adashib ketasan kishi, bari-barini uning gardaniga ortdik. Ba’zan bozorga borib besh-o‘n kilo yuk bilan yuz-ikki yuz qadam yuramiz-u, qo‘limiz toliydi, charchaymiz, «uxx» deb yuboramiz, Ayol-chi?! Onamiz, opamiz, singlimiz, rafiqamiz, kelajakda qizlarimiz Allohning taqdirini faqat va faqat quvonch ila to‘qqiz oy biror yerga vaqtincha ham qo‘yib qo‘ymay, dam olmasdan: sabr bilan, itoat bilan, matonat bilan, adolat bilan, shafoat tilab, shifo tilab, g‘urur ila, omonat ila beminnat farzandlarini ko‘tarib yurganlarini ko‘rmadingizmi?!! Siz – erkakmiz deb mag‘rurlanishdan avval, ularga qanchalik yaxshilik qilganinggizni, yoki nimalar qilganinggizni bir o‘ylab ko‘ring. Sizdan Ularning bu dunyoda ham, G‘oyibda ham qarzdorlik hujjati aslo bo‘lmas, sababi, sizu bizga qilingan to‘lovning qiymati juda yuqori, ularning ko‘rsatgan xizmatlari bebaho, abadiyatga dahldordir. Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir, – deb aytgan edi N. A. Ostrovskiy.
Men sakkiz soat ishlab, charchadim, deya uyga borib dam olaman. Ayolim uyda bolam bilan intiq bo‘lib kutib o‘tiradi. Hamma yoq saranjon-sarishta, kechki taom ham tayyor, issiqqina non-choy ila dasturxon tuzab shirin so‘z ila ko‘nglimni oladi. Bolam biroz o‘yinqaroqilik qilib shovqin sols, «hoy, jim bo‘l, dadang charchagan» deya uni erkalab, tinchlantiradi, yomon tush ko‘ribmi kechasi alahsirasa, bag‘riga bosib mehr safosi ila ovutadi, allalaydi, belanchakni tebratadi, uxlaydi. Yana qachonki tobi qochib harorati ko‘tarilib behol bo‘lsa, dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘lib, huzur-halovatini yo‘qotib, shifoxonaga chopadi, yegani ichiga tushmaydi. O‘shanda ham erining ko‘nglini oladi, qaynona-qaynotasiga xizmat qiladi, qayinsinglisini mehmon qilib kuzatadi, yana boyagi ishlariga ko‘milib yashaydi. Qiziq, ularning aniq ish soatlari yo‘qligidan nolishmaydi, charchadim deb yotib-olmaydi, bolam deydi. Onaning ko‘ngli hamisha bolada. Donishmandlar aytganidek ularning go‘yoki qirqta joni bor. Balki, rostdir! Payg‘ambarimiz bejizga aytmaganlar: «Jannat Onalar oyog‘i ostidadir». Onalarmiz mo‘mina, muslima bo‘lib, Jannatning eng go‘zal bog‘larida kunu-tun sayr qilishlarini istardik. Bizlarga ham nasib etsa-yu, Ularning xizmatlarida bo‘lsak!
Aslida dunyodagi barcha ayollar: millatidan, irqidan, e’tiqodidan qat’iy nazar farzandlariga birdek Onalik mehri ila yashaydi. Ularning mehri Quyoshga o‘xshaydi, tafti issiq, mehri iliq, qalbi tiniq, yuzu yorug‘. Quyosh zamin uzra hayot nurlarini sochar ekan, Ona farzand uchun yashash sirlarini ochadi. Uning bag‘rida go‘dak halovat topadi, Ona uni cheksiz mehr nafasi ila o‘padi, boshini silaydi; bolasiga faqat yaxshiliklar tilaydi. Gohida yig‘laydi, xarxasha qiladi, sho‘xlik qiladi, lekin Ona uni qachondir ulg‘ayishini biladi va aqli to‘lib, iqboli kulib, iymonli inson bo‘lib, kamolga yetishiga umid qilib yashaydi. Barcha, «Erkakman» deya, kerilib yurganlarga aytadiganim, Onanggiz Umidini so‘ndirmang!
Biz adashamiz, yanglishamiz, lekin Allohdan mag‘firat so‘raymiz, bizlarni to‘g‘ri yo‘lga solgin, deb. Inshoalloh, hamjihatlik va totuvlik, ilm bilan, Ota-Onalarimizning samimiy, mo‘tabar duolari bilan Siz-u biz Saodatli chinakam baxtga erishajakmiz, omin!

Download 26,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish