B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
 
 
 
Taqrizchilar:
  
                      pedagogika fanlari doktori, prof. 
M.B.Urazova
  
                             
pedagogika fanlari doktori, prof. v/b. 
N.Sh.Erkaboyeva  
 
 
 
Izohli  lug’at  Namangan  davlat  universiteti  Kengashining 
2020  yil  “20” 
fevraldagi 12-sonli
 qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© 
“Navro’z” nashriyoti,
 2020 yil  
 


 

 
SO’ZBOSHI 
 
Pedagogika  sohasi  mavjud  sharoitda  O’zbekiston  Respublikasining  uzluksiz 
ta’lim  tizimi,  yo’nalishlari,  o’quv  yurtlarida  amalga  oshirilayotgan  pedagogik 
jarayonni  qamrab  oladi.  Pedagogika  kollejlari  va  pedagogika  oliy  ta’lim 
muassasalarida  “Pedagogika”,  “Pedagogika  nazariyasi  va  tarixi”,  “Pedagogik 
texnologiya  va  pedagogik  mahorat”    fanlarining  o’qitilishi  yo’lga  qo’yilgan  bo’lib, 
ularda  sohaning  umumiy  asoslari,  metodologiyasi,  ustuvor  tamoyillari,  pedagogik 
jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish shartlari, samarali shakl, metod va vositalariga 
oid  bilimlar  yoritilib,  malakali  o’qituvchilarni  tayyorlashda  muhim  o’rin  tutadi. 
Fanning  umumiy  asoslari  yashash,  terib-termachlab  kun  kechirishga  asoslangan 
ibtidoiy  tuzumda  kattalar  tajribasini  yoshlarga  o’rgatishga  qaratilgan  amaliy 
harakatlardan boshlab, to bugungi kun – axborot asriga qadar bosib o’tilgan insoniyat 
tarixiy taraqqiyotini ifodalovchi ma’rifiy va tarbiyaviy g’oyalar negizida shakllangan. 
Shu  sababli  ularni  puxta  o’rganish  pedagogika  kollejlari  o’quvchilari,  oliy  ta’lim 
muassasalari  talabalari  tomonidan  bo’lajak  mutaxassis  sifatida  kelgusida  kasbiy 
faoliyatni  samarali  tashkil  etish,  ta’lim-tarbiya  sifatini  yaxshilash,  samaradorligini 
oshirish,  har  tomonlama  kamol  topgan  shaxsni  tarbiyalashga  erishish  imkoniyatini 
yaratadi.  
O’zbekiston  Respublikasining  mustaqil  rivojlanishi,  shuningdek,  global 
axborotlashuv  davrida  va  umuminsoniy  sivilizatsiyaning  in’ikosi  sifatida  jamiyatda 
kechayotgan  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  o’zgarishlar  pedagogika  sohasida  ham 
yangilanishlar  ro’y  berishiga  olib  keldiki,  endilikda  ularni  ifodalovchi  tushuncha, 
iboralar  bilan  “Pedagogika”  (pedagogika  kollejlarida),  “Pedagogika  nazariyasi  va 
tarixi”,  “Pedagogik  texnologiya  va  pedagogik  mahorat”  (pedagogika  oliy  ta’lim 
muassasalarida) fanlari asoslarini boyitish talab etilmoqda. Ma’lumki, har qanday fan 
asoslari darslik hamda o’quv qo’llanmalardagina o’z aksini topmay, ular to’g’risidagi 
ma’lumotlar yordamchi adabiyotlar – lug’at, metodik ko’rsatma, xrestomatiya, atlas, 
yo’l-yo’riq, diktant, mashqlar va test topshiriqlari to’plami kabilarda ham yoritiladi. 
O’zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish davrida mavjud ehtiyojni inobatga 
olgan  holda  o’zbek  tilida  “Pedagogika  fanidan  izohli  lug’at”  (J.Hasanboyev, 
X.To’raqulov,  M.Haydarov,  O.Hasanboyeva,  N.Usmonov.  –  Toshkent:  “Fan  va 
texnologiyalar”  nashriyoti,  2009)  tayyorlangan.  Biroq,  davrning  shiddatli  tezligi, 
axborotlar  almashinuvidagi  tezkorlik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  sohalarda  ro’y 
berayotgan keskin o’zgarishlar darslik, o’quv va metodik qo’llanma, o’quv dasturlari 
kabi lug’atlar  mazmunini ham  doimiy,  izchil boyitib borish  zarurligi  ko’rsatmoqda. 
Mazkur izohli lug’at  ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tayyorlandi.            
Izohli  lug’atni  tayyorlashda  pedagogika  (didaktika)  bo’yicha  o’zbek,  rus  va 
ingliz  tilidagi  tegishli  ilmiy  maqola,  risola,  qo’llanma  va  darsliklar  o’rganilib, 
X.Abdukarimov, 
Sh.A.Abdullayeva,
 
Yu.N.Abdullayev, 
M.A.Abdullajonov, 
O.A.Abdullina,  D.Abdurahimova,  N.N.Azizxodjayeva,  L.I.Aksenova,  K.Angelovskiy, 
V.I.Andreev, 
V.V.Anisimov, 
D.N.Arziqulova, 
E.Aronson, 
D.A.Axatova,
 
M.M.Axmedjanov,  Yu.K.Babanskiy,  G.A.Ball,  P.Baratov,  Sh.Baratov,  V.I.Berezina, 
V.I.Bespalko,  X.Bobomirzayev,  E.B.Bozorov,  G.M.Breslav,  G.V.Burmanskaya, 


 

V.Garbuzov,  L.V.Golish,  O.G.Groxolskaya,  T.G.Gubareva,    M.G.Davletshin, 
A.N.Djurinskiy,  I.V.Dubrovina,  Z.G.Fadeeva,  D.M.Fayzullayeva,  R.H.Hasanov, 
K.H.Hoshimov,  R.X.Djo’raev,  M.E.Zufarova,  X.I.Ibragimov,  A.Ibrohimov,  I.P.Ivanov, 
R.I.Ivanov,  M.Inomova,
 
U.I.Inoyatov,  I.F.Isaev,  O.A.Karabanova,  V.M.Karimova, 
I.Ya.Lerner, A.G.Liders, R.Mavlonova, K.Xoliqberdiyev, M.H.Mamatov,
 
U.I.Mahkamov, 
N.M.Mahmudov,  V.R.Meretukova,  A.I.Mishenko,  A.Munavvarov,  N.A.Muslimov, 
O.A.Musurmonova, 
A.Muxammadiyev, 
U.N.Nishonaliyev, 
S.Nishonova, 
N.V.Novotortseva,  G’.B.Shoumarov,    V.Okan,  M.O.Ochilov,  N.M.Ochilova, 
S.Ochilov,  P.I.Pidkasistiy,  I.P.Podlasiy,  I.Rasulov,  V.S.Raxmonova,  S.Rahimov, 
F.Rahmonov,  V.N.Rijkov,  O.Roziqov,  D.I.Ro’zieva,  A.Saidov,  N.S.Sayidaxmedov, 
S.S.Sayitov,  B.B.Sobirov,  X.Sultonov,
 
E.Sariqov,  V.A.Slastenin,  U.T.Tadjixanov, 
Yu.S.Tatur,  M.N.Aminov.,  O’.Q.Tolipov,  M.Tohirov,  I.Tursunov,  O.To’rayeva, 
A.To’xtayev, O.N.Usanova, S.A.Usmonov, G.Ya.Vavilova, B.Z.Vulfov, A.Xamidov, 
A.R.Xodjabaev, 
O’.Xudoybergenova, 
J.G’.Yo’ldoshev, 
U.A.Yo’ldoshev,
 
F.R.Yuzlikaev,  E.Yusupov,  Ye.M.Shiyanov,  E.G’.G’oziev  va  b.  tomonidan  olib 
borilgan  tadqiqotlarning  g’oyalariga  tayanildi.  Shuningdek,  tushunchalarning 
etimologik  nuqtai  nazardan  to’g’ri  ifodalanishini  ta’minlash  uchun  O’zbekiston 
Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (Barkamol avlod – O’zbekiston 
taraqqiyotining  poydevori.  –  Toshkent:  “Sharq”  nashriyot-matbaa  kontserni.  1997), 
O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  (1997  yil  29  avgust)  Qonuni 
(Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent:  O’zbekiston, 
1997),  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  (Toshkent: 
O’zbekiston,  2000),  “Большая  психологическая  энциклопедия.  Самое  полное 
современное  издание”  (Москва:  Эксмо,  2007),  “Мустақиллик.  Изоҳли  илмий-
оммабоп  луғат”  (Муаллифлар:  М.Абдуллаев,  М.Абдуллаева,  Ф.Абдуллаева, 
Г.Абдураззоқова  ва  б.  Р.Рўзиев  ва  Қ.Хоназаров  умумий  таҳририда. 
Тўлдирилган учинчи нашр. – Тошкент:  “Шарқ” НМ акционерлик компанияси, 
2006),  “Синфдан  ва  мактабдан  ташқари  тарбиявий  ишлар  Концепцияси” 
(Ўқувчи  маънавиятини  шакллантириш.  –  Тошкент:  “Маърифат-Мададкор”, 
2000).  “Фалсафа.  Қисқача  изоҳли  луғат”  (Тошкент:  “Шарқ”  нашриёт-матбаа 
акциядорлик компанияси, 2004), “Авесто” (Қадимги Шарқ адабиёти. – Москва:  
МДНМ,  1984),  “Pedagogika”  (Bakalavriat  yo’nalishi  uchun  darslik.  Prof. 
M.X.Taxtaxodjayevaning  umumiy  tahriri  ostida.  –  Toshkent:  “O’zbekiston 
faylasuflari  milliy  jamiyati”  nashriyoti,  2010),  “Pedagogika”  (S.R.Rajabovning 
umumiy  tahriri  ostida.  –  Toshkent:  “Pedagoga”,  1981),  “Pedagogika  fanidan  izohli 
lug’at”  (Tuzuvchilar:  J.Hasanboyev  va  b.  –  Toshkent:  “Fan  va  texnologiyalar” 
nashriyoti, 2009), “Педагогика” (Учеб.для ВУЗов. Под ред. П.И.Подкасистого. – 
Москва:  педагогическое  общество  России,  2002),  “Psixologiya.  Qisqacha  izohli 
lug’at” (Tuzuvchilar: M.G.Davletshin va b. Mas’ul muharrir: M.G.Davletshin. – T.: 
Nizomiy  nomidagi  TDPU,  1998),  “Психолого-педагогическое  сопровождение 
реализации 
инновационних 
образователных 
программ” 
(Под 
ред. 
Ю.П.Зинченко, И.А.Володарской. – Москва: Изд-во МГУ, 2007), Современные 
образовательные технологии (Учеб. пособ. Под ред. Н.В.Бордовской. – 2-е изд., 
стер. – Москва: КНОРУС, 2011), “O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi” (12-jildli. – 
Toshkent: “O’zbekistan milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2006-


 

yillar)  va  “O’zbek  tilining  izohli  lug’ati”  (5  jildli.  A.Madvaliyev  tah.ostida.  Tahrir 
hay’ati: E.Begmatov va b. – Toshkent: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat 
ilmiy  nashriyoti,  2006-2008-yillar)  kabi  manbalar  hamda  Imom  Ismoil  Al-Buxoriy, 
Muhammad  Muso  Al-Xorazmiy,  Imom  Iso  At-Termiziy,  Abul  Qosim  Mahmud  ibn 
Umar Az-Zamaxshariy, Aristotel, Abdula Avloniy, Abu Rayhon Beruniy, Demosfen, 
Disterveg  Fridrix  Vilgelm  Adolf,  Fitrat,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  Ibn  Sino, 
Unsurul  Maoliy  Kaykovus,  Yan  Amos  Komenskiy,  Mark  Fabiy  Kvintilian, 
Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Platon, Mark Tulliy Sitseron, 
Yusuf  Xos  Hojib  kabi  Sharq  va  G’arb  mutafakkirlarining  asarlari  ham  metodologik 
asos bo’lib xizmat qildi.  
Pedagogikaning  umumiy  asoslarini  yorituvchi  tushuncha,  iboralarga  turli 
manbalarda  berilgan  ta’riflar,  sharhlar  qiyosiy  o’rganilib,  imkon  qadar  pedagogik 
voqelik,  hodisa,  jarayon  va  obyektlarning  umumiy  mohiyatini  to’la  ochib  bera 
oluvchi  ta’riflar  shakllantirildi.  Lug’at  Nizomiy  nomidagi  Toshkent  davlat 
pedagogika  hamda  Namangan  davlat  universitetlarining  “Pedagogika-psixologiya” 
kafedrasi  a’zolari,  shuningdek,  ta’lim  tizimining  turli  bosqichlarida  faoliyat 
yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.  
Izohli  lug’at  mualliflari  yuqorida  nomlari  ko’rsatilgan  barcha  tadqiqotchilar, 
manbalarni  tayyorlagan  jamoalarga,  shuningdek, 
google.com  (wikipediya)
  sayti 
yaratuvchilariga o’zlarining alohida minnatdorchiligini izhor qiladi.   
Mualliflar  jamoasi  mazkur  izohli  lug’at  ta’lim  sohasi  xodimlari,  talabalar, 
pedagogik  kollejlarning  o’quvchilari,  katta  ilmiy  xodim-izlanuvchilarning  mavjud 
ehtiyojlarini qondiradi, degan umidda. 
Izohli  lug’at  yuzasidan  fikr,  mulohaza,  taklif  va  istaklarni  maktub  orqali 
quyidagi elektron manzilga yuborish mumkin: pedagogika2012@mail.ru.       
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 


Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish