B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/143
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#681445
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI (1)

 
 
 
 
 
 


21 
III – bob: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI 
SAQLASHNI TASHKIL ETISH ASOSLARI 
 
3.1. Aholi salomatligini ximoyalashning asosiy tamoyillari
Aholi salomatligini muhofaza qilishning turli qirralarini 
yoritishdan avval “salomatlikni muhofazalash” tushunchasiga to‘xtalib 
o‘tish lozim, chunki o‘tgan asrning 50-yillarigacha turli 
mamlakatlarda ushbu tushunchaga turlicha ta’rif berilgan. 1952 yil 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining jamoat sog‘lig‘ini saqlashni
tashkillashtirish 
ekspertlari 
tomonidan 
aholi 
salomatligini 
muhofazalash tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. 
“Salomatlikni muhofazash” – bu kasalliklarni oldini olish, umrni 
uzaytirish, aqliy va jismoniy salomatlikni ta’minlash va odamlar 
faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, jamiyatning tashkiliy 
faoliyatlarini kuchaytirish orqali atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, 
yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, odamlarni shaxsiy gigiena 
qoidalariga o‘qitish, erta tashxislash va kasalliklar profilaktikasini 
amalga oshirish uchun tibbiyot va vrachlik yordamini tashkil etish, 
hamda har bir insonning turmush darajasini, salomatligini yaxshilash, 
qo‘llab quvvatlash maqsadida ijtimoiy mexanizmlarni taraqqiy ettirish 
haqidagi san’at va fandir. Bunday farovonliklar ta’minlanganda har bir 
fuqaro uzoq umr ko‘rishga, sog‘lom hayot kechirishga bo‘lgan 
o‘zining ajralmas huquqini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. 
Bugungi kunda aholi salomatligini muhofazalash faqat sog‘liqni 
saqlash tashkilotlarininggina vazifasi emasligi hammamizga ma’lum. 
Bu umuman davlat, jamiyat ishi, ammo bu jarayonni boshqarishda 
sog‘liqni 
saqlash 
tizimi, 
muhim 
birlashtiruvchi, 
koordinatsiyalashtiruvchi rolni o‘ynaydi. Jamoat sog‘lig‘ini saqlash, 
aniq aholi guruhining ehtiyojlaridan kelib chiqib keng qamrovli 
sog‘liqni saqlash xizmatini tashkil etishdan iborat. Shuning uchun ham 
aholi salomatligi holatidan kelib chiqqan holda, tegishli resurslarni 
aniqlash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi. Demak,
Jamoat sog‘lig‘ini saqlashning mohiyati aholi salomatligini 
mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash
hamda jismoniy, ijtimoiy va kasbiy jonlashtirish maqsadida kadrlarni, 
tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan turli tibbiyot apparatlari, 
asboblarini aniqlashdan iborat. 


22 
JSST tashkilotining ta’rificha Sog‘liqni saqlash tizimi - bu 
uyda, ta’lim muassasalarida, ish joyida, jamoada, jismoniy va ruhiy 
ijtimoiy doiralarda, hamda sog‘liqni saqlash va u bilan bog‘liq 
muassasalarda amalga oshiriladigan, salomatlikni mustahkamlashga 
yordam beruvchi bir – biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan chora- tadbirlar 
yig‘indisidir. 
Tibbiy yordam deganda – oliy va o’rta maxsus tibbiy bilimga 
ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tug‘ruqda, kasallanish, shikastlanish 
va zaharlanishda amalga oshiriladigan davolash profilaktik chora 
tadbirlar yig‘indisi tushiniladi. 
O’zbekistonda aholi salomatligini muhofazalash yillar 
davomida shakllangan kuchli sog‘liqni saqlash tizimi orqali amalga 
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash 
to‘g‘risidagi qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir 
huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash; fuqarolarning 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; davlat organlari, korxonalar, 
muassasalar, 
tashkilotlar, 
jamoat 
birlashmalarining 
fuqarolar 
sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga 
solish belgilab berilgan. 
Davlat va sog‘liqni saqlashnining boshqa tizimlarini “Jamoat 
sog‘lig‘ini saqlash” degan umumiy tushuncha birlashtiradi. Jamoat 
sog‘lig‘ini saqlash
 
(public health as a system) – bu aholi salomatligini 
saqlash 
va 
mustahkamlash, 
kasallanish 
va 
shikastlanishlarni 
profilaktikasi, mehnat faoliyati va O’rtacha umrni uzaytirishga 
qaratilgan, davlat, jamiyat, tibbiy va notibbiy tashkilotlar orqali amalga 
oshiriladigan ilmiy va amaliy chora – tadbirlar yig‘indisidir.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish